|
-mavzu: Plastik surkov va maxsus suyuqliklar
|
bet | 18/48 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 388,07 Kb. | | #148167 |
Bog'liq 1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod9-mavzu: Plastik surkov va maxsus suyuqliklar: Plastik surkov moylari suyuqlikdagi qattiq quyultirgichlarni
yuqori strukturali tiksotrop dispersiyalaridir. Ular texnikaning
turli sohalarida keng qo‘llaniladigan surkov materiallari sinfiga
kiradi. Yurtimizda surkov moylarini sanoatda ishlab chiqarish 70
yil oldin boshlangan edi. Birinchi surkov moyi neft qoldiqlarini
smola kislotalarining kalsiyli sovunlari bilan kuyultirilgan
g‘ildirak moyidir. Surkov moylarining struktura va xossalari
bo‘yicha sistematik izlanishlar 30-yillardan boshlanadi. Plastik
surkov moylarini birinchi tadqiqotchilari va ularning ishlab
chiqarish va qo‘llashga da’vat etuvchilar O.S. Velikovskiy va
V.P. Verensovlardir. Surkov moylarini har tomonlama tadqiq
etish ularning kolloil tabiatini oshkor qildi va ulami ishlab
chiqarish va qo'llashga ilmiy asosli yondashishga imkon berdi.
Ishlab chiqarish hajmi nisbatan kamligiga qaramasdan qo'llash
sohalarini turli tumanliligi bo‘yicha boshqa surkov
materiallaridan ustun turadi.
Odatda surkov moylari uch muhitdan tashkil topadi: 70—90
% dispers muhit, 10—13 % dispers faza va 1 — 15 %
qo‘shimchalar. Dispers muhit sifatida ko‘proq neft moylari,
ayrim hollarda sintetik moylar va ularning neft moylari bilan
aralashmalari qo'llaniladi. Sintetik moylarni odatda keng
harorat diapazonida ishlovchi yuqori tezlikli podshipniklarda
foydalaniladigan surkov moylarini tayyorlashda qo‘llaniladi.
Sintetik moylarning narxini yuqoriligi, shuningdek, ularni
alohida ekpluatatsiya xossalarini yaxshilash maqsadida sintetik
va neft moylari aralashmalari ishlatiladi.
Quyuqlashtiruvchilarga metalli sovunlar (yuqori molekulyar
moyli kislotalar tuzlari), qattiq neft uglevodorodlari va ayrim
organiq va noorganiq mahsulotlar kiradi. Kengroq tarqalgan
quyuqlashtiruvchilarga sovunlar va qattiq uglevodorodlar kiradi. Quyuqlashtiruvchilarning turiga qarab ulaming surkov
moylaridagi miqdori 8 % dan 25 % gacha boiadi.
Strukturasini rostlash va funksional xossalaiini yaxshilash
uchun surkov moylariga qo‘shimchalar-to‘ldiruvchilar va
qo‘ndirmalar qo‘shiladi. Qo'shimchalar—qattiq yuqori dispers
moddalar boiib, amalda dispers muhitda erimaydilar va har
doim surkov moylarida sovun tolalaridan sezilarli katta
o'lchamda bo‘lgan mustaqil faza hosil qiladilar. Yuqori surkov
xossasini ta’minlovchi kristal strukturali qatlamli to‘ldiruvchilar
qo‘proq tarqalgan. Qo‘ndirmalarning to‘ldiruvchilardan farqi
deyarli hamma vaqt dispers muhitda eriydilar va surkov
moylarining strukturasi va reologik xossasiga ta’sir o‘tkazib,
qo‘llanilishini moylarnikiga qaraganda qiyinlashtiradi. Surkov
moylarining xossalarini yaxshilash uchun asosan neft moylari
ishlab chiqarishdagi qo‘ndirmalar ishlatiladi. Ularning
asosiylariga antioksid, tirnalish, yemirilishga qarshi, korroziya
ingibitorlari kiradi.
Plastik surkov moylari qattiq faza tuzilishining yuqori
darajasi va ahamiyatli konsentratsiyasi bilan farqlanuvchi kolloid
sistemalarni hosil qiladi. Surkov moylari strukturasi ruxsat
etilgan 4E gacha usul bo'yicha 100 ming marta kattalashtirish
imkonini beruvchi elektron mikroskop yordamida o‘rganildi.
Elektron mikroskopiya usulini qo‘llash bilan surkov moylarini
o‘rganish, aksariyat sovunli surkov moylar dispers fazasi
lentasimon yoki slizometrik shakldagi ignasimon qismlardan
tashkil topganligini aniqlash imkonini berdi. Bir yoki ikki
o‘lchamdagi bu qismlar o'lchamlari kolloid—1 moldan kam.
Komponent aralashmalarini sovutishdan hosil bo'ladigan
quyultirgich qismlarining barcha ko‘p turli shakllari va struktura
karkasini vujudga keltirish usuli umumiy sanaladi. Kolloid yoki
haqiqiy aralashmani sovutish jarayonida kristallami baravariga
o‘sishi va bir-biri bilan bogianishdan va kristallik hosil
bo'lishidan quyultirgich kristalizatsiyasi ro‘y beradi. Oddiy
kolloid sistemalaiga dispers faza qismlari bir-biri bilan
koagulatsiyalanadi va cho'kmaga tushadi. Surkov moylaridagi
dispers fazalarning yuqori konsentratsiyasi koagulatsiyasini
yengib o‘tadi, ular fazoviy struktura karkasini hosil qiladi.
Quyuqlashtirgich qismlarining anizometrikligi qancha yuqori
bo‘lsa, shunchalik mustahkam strukturani hosil qilishadi.
Dispers fazalarni yuqori strukturalash darajasi surkov
moylariga ulami suyuq va qattiq surkov moylaridan farq qiluvchi
plastik va qattiqsimon holat beradi. Kuchlanish yo‘qligida surkov
moylari qattiq holatda bo'ladi: o‘z og‘irligi ta’sirida erishmaydi,
vertikal yuzalarda turadi, harakatlanayotgan detaliardan inersion
kuchlar ta’sirida itqitilmaydi. Biroq surkov moyining mustakillik
darajasini oshiruvchi ozgina kuchlanish ostida ham strukturali
karkas buziladi, surkov moyi deformatsiyalanadi va yopishqoq
oquvchi harakatlanuvchi holat kasb etadi. Muhimi o‘ziga xoslik
sifatida strukturali karkasni buzilish jarayonini ortga qaytarishi
sanaladi; kuchlanish olinishi bilan oqim to'xtaydi va surkov moyi
qaytadan qattiqsimon holat kasb etadi. Surkov moyini plastik
holatdan yopishqoq oquvchi holatga va yana ortga qaytishini
osonligi ularning afzalliklaridan biri sanaladi. Suyuq va qattiq surkov materiallariga qaraganda ko'prok qo‘llanilishini ta’minlaydi.
Surkov moylari tarkibi va ishlatilishiga qarab sinflanadi.
Surkov moylarining tarkibi va strukturasiga quyultirgichlami hal
qiluvchi ta’sir ko'rsatuvini inobatga oladigan boMsak, unda
quyuqlashtirgich tipi surkov moylarning tarkib bo'yicha
sinflanishining asosiga qo‘yilgan. Quyuqlashtirgich tipiga qarab
surkov moylari sovunli, uglevodorodli va noorganiq quyuqlashtirgichli surkov moylariga bo‘linadi!ar. Sovunli surkov moylari o‘z
navbatida quyuqlashtirgich tarkibidan' qat’i nazar oddiy sovunli
surkov moylari va aralash sovunli surkov moylariga bo'linadi.
Kation soniga ko‘ra surkov moylari sovun molekulalari kalsiyli,
natriyli, litiyli, bariyli, alyuminiyli va hokazolarga boiinadilar.
Moy tarkibidan qat’i nazar surkov moylari sintetik va tabiiy
moylarda, shuningdek, texnik, moyli kislotalarda ajratiladi.
Ishlatilishiga qarab surkov moylari mashina va mexanizm
detallarini tirnalishini va emirilishini pasaytirish uchun—
antifriksion; metall buyumlarni korroziyadan himoya qilish
uchun— korservatsion, ishqorlanuvchi yuza, oraliq va
tirkishlarni germetizatsiyasi uchun—zichlagichli; friksion;
ishqalanib moslanish; muz qoplashdan saqlanish uchun-maxsus
va hokazo turlarga bo'linadi. Surkov moylarining katta qismi
birinchi ikki guruhga tegishli. Antifriksion surkov moylarini
tayyorlash uchun asosan sovunli quyultirgichlar, konservatsion
uchun — uglevodorodlilar qo‘llaniladi. Plastik surkov moylarini
qo'llash nuqtayi nazaridan yuqori harorat va kontaktkuchlanishlarda, xususiy harakat yo‘nalish o‘zgarishli yoki
davriy ishlovchi ishqalanish tugunlarida natijaliroq hisoblanadi.
Surkov moylari ishqalanish tugunlarini yaxshi zichlaydi, ulami
qoilaganda surkov materiallariga va mexanizmlarga xizmat
ko‘rsatishga xarajatlar kamayadi.
Hamma surkovlar ham surkov moylari tayyorlashda
qo'llanavermaydi. Surkov moylarining strukturasini vujudga
kelishi va xossalarida ishlatilayotgan sovunning kationi xossasi
va valentligi, anioni qo‘shilishi va tarkibi hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Boshqa teng sharoitlarda eng yirik tolalar natriyli
surkov moylari uchun (80 mkm gacha), qisqalari litiyli (2—5
mkm) va kalsiyli (1—3 mkm) surkov moylari uchun to‘g‘ri
keladi. Surkov moylari dispers fazolarining strukturaviy hosil
bo‘lishining muhim shartlaridan biri bu haroratdir. Surkov
moylari ishlab chiqarishda kolloid-kimyoviy jarayonlar uzluksiz
o‘zgaruvchan haroratlarda boradi va hatto ularni tayyorlanishi
tugagandan keyin ham shuningdek, 30—40°C gacha
sovutilganda ham butunlay to‘xtamaydi. Shuning uchun 1—2
kun teng holatda va xona haroratida boradigan surkov
moylarining «yetilishi» ni amalga oshirish kerak. Biroq ko'pgina
surkov moylari uchun holat muvozanatiga erishib boMmaydi. Bu
ularning xossalarini o‘zgarishida mustaqil ravishda dispers muhit
ajralishi; harorat, mexanik kuchlanish, havo namligi va kislorod
ta’siri ostida birdaniga mustahkamlanishi yoki birdaniga
suyuqlanishidan dalolat beradi. Surkov moylarining hajmiy-mexanik xossalari bir necha xil
uslublar bilan bayon qilinadi. Shuningdek, siljish tezlanishdan
hosil bo‘lgan reologik egri chizik bilan siljishning me’yordan
yuqori kuchlanishlarida surkav moylarining struktura karkasi
tarangligi juda sekin eruvchi qaytmas deformatsiya oqimlarini
o‘tkazadi. Biroq deformatsiya karkasining o'zida ro‘y bergani
sababli, surkov moylarining yaxlitligini saqlab qoladi.
|
| |