1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari




Download 388,07 Kb.
bet21/48
Sana29.01.2024
Hajmi388,07 Kb.
#148167
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
Bog'liq
1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod

Tormoz suyuqliklari: Yuk va yengil avtomobillarning tormoz tizimlarida asosan gidravlik yuritmalardan foydalaniladi. Ularda ish suyuqligi sifatida gidrotormoz suyuqliklari ishlatiladi. Tormoz tizimi uzoq vaqt ishonchli ishlashi uchun tormoz suyuqliklariga qo‘yidagi ekspluatatsion talablar qo‘yiladi: 1. Tormoz suyuqligining qaynash harorati yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, aks xolda suyuqlik qaynab, tormoz pedali polgacha tushib ketadi. Tormoz silindrlarining harorati 190-200°C gacha yetishi mumkin. 2. Tormoz suyuqligi sovuqqa chidamli bo‘lishi, ya’ni - 40°C va undan ham past haroratda uzoq vaqt ushlab turilganda ham cho‘kindi hosil qilmasligi va qatlamlarga ajralmasligi kerak. Bundan tashqari, uning qovushqoqligi 40°C da tormoz pedalini bosishni qiyinlashtiradigan darajada bo‘lmasligi kerak. 3. Tormoz suyuqligi rezina qismlarga shikast yetkazmasligi, shishirib yubormasligi yoki kichraytirmasligi va tormoz tizimi qismlarining korroziyasiga sabab bo‘lmasligi kerak. Bunga GTJ-22, GTJ-22M' suyuqliklari etilenglikollarga korroziyaga qarshi qo‘shilmalar va yashil rang bo‘yovchi moddalar qo‘shib erishiladi. Ular past haroratdagi xossalarining yaxshiligi, kam bug‘lanishi, - 60 °C haroratdagi ish qobiliyatini saqlab turishi bilan boshqa suyuqliklardan farq qiladi. Tormoz tizimiga suv tushganda bu suyuqliklar qatlamlanmaydi, chunki glikollar suv bilan yaxshi aralashadi. Ulaming kuchli zaxarliligi asosiy kamchiligidir. GTJ-22, GTJ-22M gidrotormoz suyuqliklari keng ishlatiladi. Bu suyuqliklar etilenglikollarga korroziyaga qarshi qo‘shilmalar va yengil yoki yengil jigarrang qo‘shib tayyorlanadi. Jiguli, Moskvich, Volga yengil avtomobillarning gidrotormoz tizimlarida barcha mavsumlarda «Neva» tormoz suyuqligi ishlatiladi. Rangi och sariq. Qotish harorati - 60°C ga, qaynash harorati 190°C ga teng. Ekspluatatsion xossalari GTJ-22, GTJ-22M dan yuqoriroq. Undan yuk avtomobillari tormozlarining yuritmalarida ham foydalanish mumkin. BSK suyuqligi 50% шоу va 50% butil spirti, kanakunjut moyi va izobutil spirtidan teng miqdorda tayyorlanadi. Unga qizil bo‘yovchi modda qo‘shiladi. Uni yuk va yengil avtomobillarning (Jigulidan boshqa) tormoz gidroyuritmalarida ishlatiladi. Bu tormoz suyuqligi 118 °C da qaynay boshlaydi, 20 °C da kanakunjut moyi kristallana boshlaydi, shuning uchun BSK shu haroratgacha ishlashi mumkin. Texnik xizmat qoidalariga asosan suyuqlik almashtirilib turadi. Kanakunjut asosidagi suyuqlik kanakunjut moyini turli spirtlar bilan aralashtirib tayyorlanadi: qizil suyuqlik BSK: 50% moy 50% butil spirti asosida tayyorlanadi; sariq suyuqlik ESK: 60% moy 40% etil spirti asosida tayyorlanadi; Bu suyuqliklar -25°C dan +70°C gacha optimal qovushqoqlikga ega. ESK suyuqligi 78°C da u qaynaydi. Shuning uchun xozirgi vaqtda ESK ishlab chiqarilmaydi. BSK suyuqlikligi: butil spirti bilan tozalangan kanakunjut moyining aralashmasidan(l:l nisbatda) iborat tormoz suyuqligi yaxshi moylash xususiyatlariga ega. Minus 20°C haroratgacha ishga layoqatli. Ancha past haroratlarda ham tormoz tizimlarining ishga layoqatligini saqlash uchun suyuqlikka etil yoki butil spirti ( 1:1 nisbatda) qo‘shiladi. Qaynash harorati uncha yuqori (+115°C) bo‘lmaganligidan BSK suyuqligini disk tormozli avtomobillarda ishlatib bo‘lmaydi. Suv qo‘shganda qatlamlanadi. «Neva» va GTJ22M tormoz suyuqliklari bilan aralashmaydi. Yong‘in jihatdan havfli. Unga qizil rang berilgan (qo‘shilgan). Yengil avtomobilllarda «Neva» tormoz suyuqligi ishlatilishi mumkin. Masalan, yengil avtomobillarrida gidrotormoz tizimlarida barcha mavsumlarda «Neva» tormoz suyuqligi ishlatiladi. Bunday nomdagi tormoz suyuqligi qator sun’iy kimyoviy birikmalaming murakkab kompozitsiyasidan iborat. Uni plyus 50°C dan minus 50 °C gacha bo‘lgan harorat intervalida ishlatish mumkin. Plyus 190 °C da qaynaydi, qotish harorat - 60 °C. Zaxarli va yong‘in jihatidan havfli. Issiq suvda eriydi. Och sariq rang berilgan. Asosan disk tormozli yengil avtomobillarda (VAZ,»Moskvich», GAZ-3102 «Volga») ishlatiladi. Glikolli suyuqliklar asosida ishlab chiqarilgan suyuqliklar suvga chidamsiz. Ular suvni hatto germetik joylardan ham so‘rib oladilar. Shuning uchun vaqt o‘tishi bilan ulaming qaynash harorati pasayadi. (130°C -150°C gacha yetadi). Hozirgi vaqtda qaynash harorati 205 °C bo‘lgan «Тот» va 260°C bo‘lgan «Rosa» tormoz suyuqligi ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy avtomobillarda «DOT-3» va «DOT-4 «tormoz suyuqliklari keng qollaniladi. «Neva», «Tom», «Rosa» tormoz suyuqliklari xorij texnikalarida qollaniladigan DOT-3 (qaynash harorati 205°C) va DOT-4 ( qaynash harorati 230°C dan yuqori) halqaro tasniflariga mos keladi. Bu tormoz suyuqliklari «Neksiya», «Damas» va «Tiko» avtomobillarida keng qollaniladi. Neftdan olingan GTN markali gidrotormoz suyuqligining harorat xossalari yaxshi: qotish harorati - 63°C, 50°C dagi qovushqoqligi 10 sSg ga teng. Bu suyuqlik zichlama va shlanglari moy-benzinga chidamli rezinadan tayyorlangan sistemalar uchungina tavsiya etiladi.


Download 388,07 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Download 388,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari

Download 388,07 Kb.