|
1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
|
bet | 24/48 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 388,07 Kb. | | #148167 |
Bog'liq 1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod1. Qovushqoqlik xossalari.
Qovushqoqlik moylarning èng muxim tariflaridan biridir. Turli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog’liq bo’ladi. Moy qatlamining mustaxkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlarning o’zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgalanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa, moy pardasining ishonchliligi shuncha yuqori bo’ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko’proq sarflanadi, ichki ishqalanish koèffitsienti ortadi, quvvat èsa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka èga bo’lishi kerak.
Ishqalanish rejmlari moy pardasining mustaxkamligiga qarab 3 xil bo’ladi:
- Suyuqlikli ishqalanish rejmi -bunda detallar eyilmaydi.
-Chegaraviy rejim -bunda ishqalanuvchi qismlar orasida moy pardasi bulmaydi. Moy faqat qismlarning yuzasidagi mikronotekisliklar orasini to’ldirgan xolatda mavjud buladi. Bu ishkalanuvchi rejim beqaror bo’lib, detallarni emirilishiga olib keladi.
-quruq ishqalanish rejimi bunda kismlar orasida umuman moy bulmaydi, detallar emiriladi.
2.Moylarning harorat ta’siriga chidamlik xossalari.
Normal sharoitlarida mineral moylar uzoq muddat oksidlanmaydi. Lekin 50-60 0S haroratda èsa oksidlanish jarayoni juda keskin kechadi. Dvigatelning yuqori haroratli zonalarida oksidlanish va termik parchalanish natijasida moylar tarkibida avval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari hosil buladi.
Bunda moyning tashqi ko’rinishi xiralashibgina qolmasdan, uning fizik-kimyoviy xosslari xam o’zgaradi, natijada porshen va xalqalarida lak-qurum hosil bo’lishiga olib keladi.
Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda èrigan holatdagi birikmalar (smolalar, kislotalar) hosil bo’ladi. Keyinchalik ular èrimaydigan moddalarga aylanadi. Moyning oksidlanish maxsullari va iflosliklarini èrimagan holatda tutib, dvigatel detallarining kerakli tozaligini ta’minlash qobiliyati uning yuvish xosslari deb ataladi.
Moy ko’p fraktsiyali suyuqlik bo’lganligi sababli muayyan haroratda suv kabi muzlamaydi, balki sekin-asta quyuqlashadi. Moyning harakatlanish qobiliyati yukolishiga olib keladigan harorat qotish temperaturasi deyiladi. Qotish harorati moyning sifatini bildiruvchi muxim ko’rsatkich hisoblanib moy yurgizib yuborish xosslarini baholaydi.
Zararli omillarning moyga ko’rsatadigan ta’siriga qarab 2 xil rejim farq qiladi:
-yuqori haroratli (130 - 150 0C);
-past haroratli (30 -40 0C).
Moy baland haroratli ish rejimida ishlatilganda ŝilindlar guruxiga mansub qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq zarralar) va lak pardasi qoplaydi, lak pardasi yupqa va juda pishiq bo’lib, porshen xalqari zonasi va porshenning yo’naltiruvchi yuzasini qoplab, porshen xalqalarining kuyib-qorayishiga sabab bo’ladi.
Moy past haroratli rejimda xam yomon ishlaydi, chunki sovuq dvigatelda yonilg’ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala yonish maxsullari(yonilg’ining og’ir fraktsiyalari) miqdori ko’payadi. Suv bug’i, kristalli birikmalar paydo bo’ladi. Natijada moyning ifloslanishi tezlashadi, moyga aralashgan suv moydagi iflosliklarni quyulib, quyqa xolida cho’kishiga imkon yaratadi.
3. Moylarning eyilishga va korrozion eyilishga qarshi xossalari. Ishqalanuvchi sirtlarni eyilishdan saqlash har qanday moylash materiallarning asosiy vazifalardan biridir. Moylarning bu xossalari uning bir nechta sifat ko’rsatgichlari: moy pardasi, mustahkamligi, qovushqoqligi, qovushqoqlik indeksi, obraziv mexanik aralashmalarning yo’qligi bilan baholanadi. Eyilishni kamaytiruvchi prisadkalar sifatida: fosfor, oltingugurt, xlorli organik birikmalardan foydalaniladi. Ular 1500S haroratgacha ishqalanish sirtida èlektr kuchlari hisobiga mustahkam parda xosil qiladi. Bu parda qism sirtini eyilish, tarnalish, qirilish va emirilishdan saqlaydi. Korrozion eyilish tezligiga kislotalar va suv katta ta’sir ko’rsatadi.
Sun’iy moylar.
Sun’iy motor moylari amalda keng qo’llanib kelinmoqda. Sun’iy motor moylarining èkspluatatsion xossalari neft moylariga qaraganda yaxshirokdir. Sun’iy motor moylari ishlab chiqarish va ularni èkspluatatsiya qilish uchun kun sayin ortib bormoqda (4 jadval).
Sun’iy motor moylarini ishlab chiqarish hajmi o’sib bormoqda. Su’niy moylar jami ishlatiladigan moylarning 1980 yilda 1% ni 1985 yil 8% ni va 1997 yil 40% ni tashkil kilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
|