|
Motor moylarining SÁE bo‘yicha tasnif
|
bet | 14/48 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 388,07 Kb. | | #148167 |
Bog'liq 1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorodMotor moylarining SÁE bo‘yicha tasnif: Amerika, Osiyo va Afrikadagi mamlakatlarning ko‘pchiligida motor moylarining SAE J 300 bo‘yicha qovushqoqlik tasnifida motor moylari uch guruhga bo‘lingan: — «qishki moylar»; ulaming qovushqoqligi —5 va —30°C oralighdagi haroratlar diapazonida tavsiflanadi va «W» (Winter — qish) indeksi bilan belgilanadi, qishki moylarning 6 klassi (0W, 5W, 10W, 15W, 20W, 25W) mavjud; — «yozgi moylar»; ulaming qovushqoqligi 100°C haroratda tavsiflanadi; yozgi moylarning 5 klassi (20, 30, 40, 50 va 60) mavjud; — «hamma mavsumbop moylar»; SAE ning «qishki» va «yozgi» talablarini qoniqtiradi. Hamma mavsumbop moylar ikkilangan nomer bilan belgilanadi (5W—30, 10W—40, 15W— 40, 20W—50 va hokazo). Bu moylar yuqori qovushqoqlik indeksi (koeffitsiyenti)ga ega. Masalan, SAE 10W—50 moy ko‘p komponentli ekanligini bildiradi. Birinchi raqam qishki moy sifatiga mos; bu moy tavsifï 100°C haroratda aniqlanadi. Qishki moylar uchun past haroratlarda dinamik qovushqoqlikning maksimal qiymatlari hamda 100°C da kinematik qovushqoqlikning minimal qiymatlari belgilangan. Yozgi moylar uchun 100°C da kinematik qovushqoqlikning chegaralari va 150°C da hamda 106 s-1 surilish tezligida dinamik qovushqoqlikning minimal qiymatlari o‘matilgan. Qishki va hamma mavsumbop moylarning har bir klassi 10°C ga farqlanadigan haroratlardagi dinamik qovushqoqlikning ikki qiymati bilan tavsiflanadi. Ulardan birinchisi tirsakli valni startyor bilan burash mumkin bo'lgan moyning chegaraviy harorati, ikkinchisi esa — sovuq o‘t oldirish jarayonida moy nasosi moyni bosim ostida hayday oladigan chegaraviy harorat haqida ma’lumot beradi. Sovuq o‘t oldirganda bosim ostida moylanadigan uzellarda quruq, ishqalanishning oldini olish uchun moy haydalishining chegaraviy harorati albatta past bo‘ladi. Qovushqoqliklari 5W—50 va 20W—50 bilan belgilangan moylami taqqoslab, shunday deyish mumkin: —30°C haroratda 5W—50 moyi qoMlanganda dvigatel osonroq o‘t oldiriladi; 20W—50 moyida esa dvigatelni o‘t oldirish qiyinroq bo'ladi. Lekin dvigateldagi harorat 90... 100°C gacha ko‘tarilganda, bu moylarning «issiq» parametlari deyarli bir xil bo'ladi. Dvigatel ekspluatatsiyasida ikkinchi parametrning ham ahamiyati katta, chunki dvigatel tez qiziydi. Shu sababli ishqalanayotgan yuzalarda yetarli qalinlikdagi moy plyonkasini va moyning yetarli darajadagi katta qovushqoqligini kafolatlash kerak. Katta yuk ostida ishlaydigan dvigatellar ekspluatatsiya qilinganda, ikkinchi parametri katta bo‘lgan moy tanlangani ma’qul. Ammo qovushqoqlik diapazoni katta bo‘lgan ko‘p komponentli moyni tayyorlash qiyin va u qimmatga tushadi. Shu sababli qovushqoqligi 5W—50 va 10W—50 bo'lgan moylar qovushqoqligi 10W—40 yoki 15W—50 bo‘lgan moylarga nisbatan qimmatroq bo'ladi.
|
| |