|
-mavzu: Dizel yoqilg‘ilarining ekspluatatsion xossalari
|
bet | 11/48 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 388,07 Kb. | | #148167 |
Bog'liq 1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod6-mavzu: Dizel yoqilg‘ilarining ekspluatatsion xossalari.Yuqori harorat va siqilgan havo bosimi ta'sirida, eng avval, normal parafin uglevodorodlar parchalanadi va oksidlanadi. Ular jumlasiga СН3—СН2—СН2...СН2—СН2 tuzilishga ega bo'lgan setan С16Н34kiradi. Bunday uglevodorodlar alangalanishining kechikish davri juda qisqa bo'ladi va dvigatelning yumshoq ishlashini ta'minlaydi.
Setan etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri sifatida qabul qilingan, uning o'z-o'zidan alangalanishga moyilligi 100 birlik bilan baholanadi. α — metil naftalin (С10Н7СН3) etalon aralashmaning ikkinchi tashkil etuvchisi sifatida qabul qilingan. Uning o'z-o'zidan alangalanishga moyilli¬gi 0 birlik bilan baholanadi.
Dizel yonilg'isining setan soni deb, setan va α — metilnaftalindan tashkil topgan, yonish (o'z-o'zidan alangalanish) tavsifi sinalayotgan yonilg'inikiga o'xshash bo'lgan sun'iy tayyorlangan aralashmadagi foizda xisoblangan setan miqdoriga (hajm bo'yicha) aytiladi.Setan soni yonilg'ining yonish jarayonidagina emas, balki uni yurg'azib yuborish sifatlariga ham katga ta'sir ko'rsatadi. Agar setan soni 40 birlikdan kichik bo'lsa, sovuq dvigatelni qishdagina emas, hatto yilning issiq vaqtlarida ham yurg'azib yuborish juda qiyin bo'ladi. Yozda setan soni taxminan 45 birlikka, qishda esa 50 birlikka teng bo'lgan yonilg'i ishlatilganda dvigatelni normal yurg'a¬zib yuborish va bosimni asta-sekin oshirish (dvigatel yumshoq ishlashi) mumkin. Mavjud dvigatel konstruktsiyalari uchun bundan yuqori qiymatlar hozircha kerak emas, chunki bu yonish jarayonining yaxshilanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatmaydi.
Yonilg'ilarning boshqa xossalari. Yonilg'ining detallarni korroziya-lamaslik xususiyati eng muhim ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Dvigatel ishidagi ko'pgina nuqsonlar forsunka to'zitkichlarining teshiklari kokslanib qolishi sababli paydo bo'ladi; yonilg'i yomon to'zitiladi, yonilg'i berilishi kamayadi, ba'zan butunlay to'xtab qoladi. Qurumlar va lak o'tirindilar yonish kamerasi, klapanlarida, so'ndirgichlar va boshqa detallarda to'planadi. Bu esa dvigatelning qizib ketishiga, quvvati va tejamkorligining kamayishiga olib keladi. Odatda, qovushoqligi yuqori, fraktsion tarkibi og'ir, yuqori molekulyar birikmalar (smolali-asfalt birikmalari) ko'p bo'lgan yonilg'i chala yonadi.
|
| |