• Oktan soni.
  • -rasm. Yuqori oktanli benzin olishning texnologik sxemasi




    Download 388,07 Kb.
    bet10/48
    Sana29.01.2024
    Hajmi388,07 Kb.
    #148167
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
    Bog'liq
    1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod

    2-rasm. Yuqori oktanli benzin olishning texnologik sxemasi
    Tovar yoqilg'i tayyorlashda 28-2000S (neftdan to'g'ri haydalgan benzin) bazaviy benzin fraksiyasining oktan soni 41 ga teng; 28-1800S fraksiyaning oktan soni 46; 28-1200S fraksiyaning oktan soni 58; 28-62 fraksiyaniki esa 75 ga teng. Termik kreking benzinlarida tuyinmagan uglevodorodlarning normal parafin uglevodorodlariga nisbatan miqdori yuqori, shuning uchun termik kreking benzinlarning oktan soni yuqori bo'ladi. Chunki, ularning tarkibida aromatik uglevodorodlar va izoparafinlarning miqdori yuqoridir. Katalitik riforming jarayoni to'g'ri haydab olingan benzinlarni detonatsiyaga barqarorligini oshirishga mo'ljallangan.
    Katalitik riforming benzinlarida 70% gacha aromatik uglevodorodlar bo'ladi. Tovar benzin komponenti sifatida platforming benzini to'laligicha olinishi mumkin yoki uning aloxida komponentlari ishlatilishi mumkin. Tovar benzinlarini detonatsiya xususiyatini oshirish uchun maxsus tayyorlangan yuqori oktanli komponentlar qo'llaniladi.
    Benzinlar quyidagi sifatga ega bo'lishi kerak:

    1. Ma'lum fraksiya tarkibiga.

    2. Tuyingan bug' bosimiga.

    3. Detonatsiya va kimyoviy barqaror.

    4. Qurilmalarga nisbatan korrozion agressivligi past bo'lishi kerak.

    Fraksiya

    Аi

    А

    Butan

    94

    89

    Izobutan

    101

    97

    Izopentan

    93

    90

    Pentamilinovaya

    90

    87

    Gazoviy benzin (fr. 33-1030С)

    89

    86

    Diizobutelin

    100

    88

    Polimer benzin

    100

    85

    Alkillat

    92

    90

    Alkilbenzin

    70-94

    88-92

    Toluol

    115

    103

    Pirobenzol

    102

    88

    Alkilbenzol

    107

    100

    Texnik izooktan

    100

    100

    Fr. С56 ning izo- maxsulotlari

    881-87

    79-85

    Avtomobil` benzinlarining kislotali xususiyati 0,1-0,3 mg KOH/180 mldan yuqori bo'lmasligi kerak. Benzinlarni saqlash muddatini uzaytirish uchun ularga antioksidlovchilar (0,05 % - 0,1 %) qo'shiladi. Benzinlarda oltingugurtning umumiy miqdori 0,1-0,15 % dan oshmasligi kerak.
    Oktan soni. Yonilg'ining detonatsiyaga qarshilik ko'rsatish qobiliyati (detonatsiyaga turg'inligi) oktan soni bilan baholanadi. Oktan soni motor va tadqiqot (tekshirish) usullarida aiqlanadi. Motor usuli ancha keng tarqalgan. Bu usulda oktan soni bir silindrli IT9-2M qurilmasida aniqlanadi. Bu qurilma tekshirilayotgan benzin bilan etalon yonilg'ining detonatsiyaga turg'unligi solishtirilib baholanadi.Izooktanning detonatsiyaga turg'unligi yuqori bo'lib, uning oktan soni 100 birlik sifatida qabul qilingan. Izooktan siqish darajasi juda yuqori (9,0 gacha) bo'lgan dvigatellardagin detonatsiyalana boshlaydi.
    Geptan С7Н16ham parafin qatoridagi uglevodorod bo'lib, zanjirsimon me'yoriy tuzilishga ega, uning tuzilma formulasi quyidagicha: СН3-СН2-СН2-
    СН2-СН2-СН2-СН3. Geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning detonatsiyaga turg'unligi 0 ga teng.
    Yonilg'ining oktan soni deb izooktan va geptanlardan sun'iy tayyorlangan, detonatsiyaga turg'unligi sinalayotgan yonilg'inikiga teng bo'lgan aralashmadagi foizda beriladigan (hajmi bo'yicha) izooktan miqdoriga aytiladi. Izooktan va geptanlarni ma'lum nisbatlarida aralashtirib, oktan soni 0 dan 100 gacha bo'lgan etalon yonilg'i olish mumkin. Demak, oktan soni benzinlarning detonatsiyaga turg'unligini bildiruvchi shartli o'lchov birligidir. Barcha benzin markalarida oktan soni ko'rsatiladi. Masalan: A-80 motor usuli bilan aniqlangan oktan soni kamida 80 ga teng bo'lgan avtomobil benzinidir.
    Benzin yo'qolishi va ular sifatining yomonlashishiga qarshi choratadbirlar. Benzin saqlash, tashish va quyish jarayonlarining buzilishi o'z navbatida yonishning yo'qolishiga, uning sifat ko'rsatkichlarining yomonlashishiga olib keladi. Avtomobil benzinini uzoq muddat saqlanishi maqsadga muvofiq emas, chunki bunda idishning nozichliklaridan yengil fraksiyalari uchib ketish ehtimoli bo'lib, natijada unda og'ir fraksiyalarning miqdori ortib ketadi.
    Avia benzinlar – hozirgi vaqtda juda oz miqdorda ishlab chiqariladi, chunki porshenli dvigatellar kam ishlatilmokda. Benzin B-70 platforming benzinlardan aromatik uglevodorodlari ajratib olingandan sung, unga tug'ri haydab olingan benzin fraksiyasi qo'shiladi. TES ning miqdori aviabenzinlarda avtobenzinlarga nisbatan ko'p bo'ladi. To'yingan bug'larining bosimi 29,3 KPa dan past bo'lmasligi va 47,9 KPa dan yuqori bo'lmasligikerak (bug' tiqini hosil bo'lmasligi uchun).
    Reaktiv dvigatellar uchun yokilgilar. Bu yoqilgilar odatda 2 ga bo'linadi. 1.Tovush tezligigacha bo'lgan aviatsiya uchun va 2.Tovush tezligidan yuqori bo'lgan aviatsiya uchun yokilgi. Yoqilg'ilarni bunday ajratilishi ularning ishlash sharoitidagi haroratining har-xilligidir. Tovush tezligidan yuqori tezlikda ishlatiladigan yoqilg'i samolyot kosntruktsiyasini aerodinamik qiziishi natijasida isitiladi. Tovush tezligi 2 m/s bo'lganda yoqilg'i 150-1800C gacha isiydi. Hozirgi vaktda reaktiv yokilgilarni 3 markasi T-1, TS-1, RT tovush tezligigacha bo'lgan samolyotlar uchun va 2 markasi tovushdan tez uchadigan samolyotlar uchun (T8 va T-6) ishlab chiqariladi.
    T-1 – yoqilg'isi kerosin fraksiyasi 150-2800C bo'lib, kam oltingugurtli neftlardan to'g'ri haydab olinadi. Bunday neftlardan kristallanish harorati – 600C dan past bo'lgan yoqilg'i olinadi.
    TS-1 – yoqilg'isi oltingugurtli neftlardan to'g'ri qaydab olinadi. T-1 dan farqi fraksiya tarkibining yengilligidir, 150-2500C.
    Bu yoqilg'ilar eng ko'p ishlab chiqarilayotgan yoqilg'i bo'lib, lekin ba'zi bir talablarga javob berolmay qolmokda. Shuning uchun tovush tezligigacha bo'lgan dvigatellar uchun RT markali yoqilg'i ishlab chiqariladi.
    RT barcha neftlarni to'g'ri haydab olinadi va gidrotozalanib, tarkibiga ko'p funktsiyali prisadka qo'shiladi.
    T-8 kerosin fraksiyasi TU-144 samolyoti uchun maxsus tayyorlangan.
    T-6 gazoyl` fraksiyasidan olinib, gidrotozalanib, gidrirlanib barqarorlantirilgan.

    Download 388,07 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




    Download 388,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yuqori oktanli benzin olishning texnologik sxemasi

    Download 388,07 Kb.