|
- jadval Suyultirilgan gazlarga qo'yilgan asosiy talablar
|
bet | 6/48 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 388,07 Kb. | | #148167 |
Bog'liq 1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod1.9- jadval Suyultirilgan gazlarga qo'yilgan asosiy talablar
KO’RSATKICHLAR
|
Markalar uchun me’yor
|
SPBTZ
|
SPBTL
|
Komponent tarkibi, massasi bo'yicha foiz metan, etan va etilen (jami), ko'pi bilan
|
4
|
6
|
propan va propilen (jami), ko'pi bilan
|
75
|
100 gacha
|
butan va butilenlar (jami), ko'pi bilan Suyuq qoldiq (shu jumladan,S5 va undan yuqori uglevodorodlar) +20 0Sda (hajm
|
100 gacha
|
60
|
bo'yicha foiz), ko'pi bilan
|
1
|
2
|
To'yingan bug'lar bosimi (ortiqcha), MPa, ko'pi bilan
+ 45°Сda
|
1,6
|
1,6
|
- 20°Сda
|
0,16
|
—
|
Ishlab chiqariladigan barcha suyultirilgan gazlar foydali yonish issiqligi 44800-47000 kJ/kg bo'lgan yuqori kaloriyali yonilg'Iqatoriga kiradi. Suyultirilgan gazning normal ish aralashmasining yonish issiqligi benzinnikiga qaraganda birmuncha yuqori, shuning uchun dvigatelning quvvati kamayadi. Suyultirilgan gazlarning detonatsiyaga turg'unligi yuqori (propanning oktan soni 96,butanniki esa 90 birlikka teng) bo'lganidan ularni siqish darajasi yuqori bo'lgan dvigatellarda qo'llaniladi.Suyultirilgan gazlar gaz to'ldirish stantsiyalarida to'ldiriladigan maxsus temir yo'l yoki avtomobil sisternalari va ballonlarda tashiladi. Gazning korrozion yemirish xossasini kamaytirish uchun gaz to'ldirish shaxobchalarida u vodorod sulfiddan tozalanadi, yilning sovuq vaqtida suv bug'laridan quritiladi. Gaz har qanday idishga hajmining ko'pi bilan 90 foizga qadar to'ldiriladi, shunda suyuqlik tepasida gaz to'planishi uchun bo'shliq qoladi.Suyultirilgan gazda turli markadagi gaz ballonli avtomobillar ishlaydi. Avtomobil kuzovi ostida (yuk avtomobillarida), te¬pasida (avtobuslarda), bagajida (yengil avtomobillarda) 80 l.dan 250 l.gacha sig'imli qo'shimcha gaz balloni o'rnatiladi.
Gazsimon yonilg'ilar afzalliklarga qaramasdan, gaz ballonli avtomobillarning soni hozircha ko'p emas. Bunga asosiy sabablardan biri propan-butan fraksiyalari neft-kimyo sanoati uchun qimmatli xom ashyo xisoblanadi. Bundan tashkari, mamlakatimizda hozirgi paytda gaz to'ldirish stantsiyalarining soni yetarli darajada emas.
|
| |