-jadvalGazsimon yonilg'ilar va benzin qo'llanilganda ishlatilgan gazlar tarkibi




Download 388,07 Kb.
bet4/48
Sana29.01.2024
Hajmi388,07 Kb.
#148167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod

1.8-jadvalGazsimon yonilg'ilar va benzin qo'llanilganda ishlatilgan gazlar tarkibi, g/100 km

Ishlatilgan gazlar tarkibi

Benzinda

Siqilgan gazda

Suyultirilgan gazda

Yonmagan uglevodorodlar
Uglerod oksidi
Azot oksidi

187,5
1250
250

131,3
468,8
118,8

55,0
256,3
118,8

Shu bilan bir qatorda gazsimon yonilg'ilarni qo'llashda motor moyining eskirish jarayoni sekinlashadi va alamashtirish muddati suyuq yonilg'ilar qo'llanganga nisba¬tan 2-4 martagacha uzayadi. Bunga asosiy sabab shuki, gazsimon yonilg'ida silindr devorida yonilg'i bo'rlari kondensatsiyalanmaydi, bu o'z navbatida motor moyining chala yoki yonmagan yonilg'i bilan suyuli-shining oldini oladi.Dvigatelning ta'mirlashgacha ish muddati ham gazsimon yonilg'i qo'llanganda 1,5—2 martaga oshadi, chunki bunda suyuq yonilg'ilar kabi yonmay qolgan yonilg'i silindr va porshen yuzalaridan moy qatlamini sidirib ketmaydi, porshen guruxi va yonish kamerasi devorlarida qurum va boshqa cho'kindilar miqdori nisbatan kam bo'lib, silindrporshen guruxining yeyilishini kamaytiradi. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, suyultirilgan gazlarning baxosi benzinga nisbatan 2 marta arzondir.Gazsimon yonilg'ilar qo'llanilganda silindrlarni to'ldirish koeffitsienti kamligi suyuq yonilg'ilarga nisbatan dvigatel quvvatining kamayishiga olib keladi. Masalan, benzin o'rniga suyultirilgan gaz qo'llanilganda dvigatel quvvati 6...8 foizga, siqilgan gaz ishlatilganda 18—20 foizga kamayadi.
Barcha gazsimon yonilg'ilar yonish issiqligiga ko'ra uch guruxga bo'linadi: past kaloriyali, ya'ni yonish issiqligi 10000 kJ/m3 gacha bo'lgan (domna, generator, aralashma, ruda va boshqa) gazlari; yonish issiqligi 10000...20000 kJ/m3 bo'lgan o'rta kaloriyali; yuqori kolloriyali — yonish issiqligi 20000 kJ/m3 dan yuqori bo'lgan gazlar.
Tabiiy, yo'ldosh, suyultirilgan va kreking gazlari yuqori kaloriyali gazlar xisoblanadi.Gaz yonilg'ilarining kelib chiqishi tabiiy va sun'iy gazlarga bo'linadi. Yo'ldosh gazlar neftni qazib olish jarayonida ajratib olinsa, tabiiy gazlar gaz konlaridan olinadigan yengil gazsimon uglevodorodlar xisoblanadi.Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini (92-99 %) metan CH4 tashkil etadi va qolgan qismini uglerod (II) oksidi, yonuvchi vo¬dorod, azot, is gazi, suv bug'lari, oltingugurtli vodorod, ammiak va boshqalarni tashkil kiladi.Sun'iy gazlar qattiq va suyuq yonilg'ilarni qayta ishlash ja¬rayonida olinadi, jumladan, sanoat gazi (domna, koks, yorituvchi, kanalizatsiya gazlari), generator gazi (qattiq yonilg'ilarni gazga aylantirishda) va boshqalar. Ularning tarkibi va xossalari, shu jum¬ladan, yonish issiqligi keng ko'lamda o'zgaradi. Odatda, ular turli xiddagi yonuvchi va inert gazlarning aralashmasidan iborat. Ularning tarkibiga yonuvchi gazlar: metan, propan, butan CnHm formulali boshqa uglevodorodlar, vodorod, is gazi va shuningdek, inert gazlar va ifloslantiruvchi moddalar (karbonat angidrid, azot, namlik, smola holidagi moddalar, mexanik zarralar, oltingugurtli birikmalar va boshqalar) kiradi.

Download 388,07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 388,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadvalGazsimon yonilg'ilar va benzin qo'llanilganda ishlatilgan gazlar tarkibi

Download 388,07 Kb.