1 mavzu: O‘qituvchi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar




Download 188.67 Kb.
bet7/8
Sana13.12.2022
Hajmi188.67 Kb.
#34556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Q06uu163WKjOV7CNPGCvbVWNpRv5SJpU0pDfjJrn (1)
Презентация (15), Charieva Bahor, 1713450843 (1)
1. Didaktik qobiliyat.
2. Akademik qobiliyat.
3. Pertseptiv qobiliyat.
4. Nutqiy qobiliyat.
5. TaShkilotchilik qobiliyati.
6. Obro`ga egalik qobiliyatlari.
7. Komunikativ qobiliyat.
8. Diqqatni taqsimlaSh qobiliyati.
9. Kelajakni ko`ra biliSh qobiliyati.
10.Konstruktiv qobiliyat.





6-rasm. Pedagogik qobiliyat turlari
1. Didaktik qobiliyat - bu oson yo`l bilan murakkab bilimlarni tarbiyalanuvchilarga tushuntira olishdir. Bunda ta`lim beruvchining o`quv materialini tarbiyalanuvchilarga tuShunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi va namoyish qilishi, tarbiyalanuvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlaShga qiziqiSh uyg‘ota oliShi ko`zda tutiladi. Ta`lim beruvchi zarurat tug‘ilgan hollarda o`quv materialini o`zgartira, soddalaShtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tuShunarsiz narsani tuShunarli qila oladi.
2. Akademik qobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo`liShlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo`lgan ta`lim beruvchi o`z mutaxassisligi bo`yicha bilimlar hajmidagina emas, balki ancha keng va chukurroq biladi, o`z sport turi sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqiShlari bilan ko`p narsalarni o`rganib boradi. Tarbiyalanuvchilarda ma`lum fan bo`yicha bilim va ko`nikmalar ShakllantiriSh jarayonida ma`lumotlarni boShqa fanlar (fizika, anatomiya, fiziologiya, geometriya va h.k) bilan bog‘lay oladi.
3. Pertseptiv qobiliyat - qisqa daqiqalarda tarbiyalanuvchilar holatini idrok qila oliSh fazilati, bu tarbiyalanuvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira oliSh qobiliyati, tarbiyalanuvchi Shaxsini va uning vaqtinchalik psixologik holatlarini juda yaxShi tuShuna biliSh bilan bog‘liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday ta`lim beruvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo`lmagan taShqi belgilar asosida tarbiyalanuvchi ruhiyatdagi ko`z ilg‘amas o`zgariShlarni ham fahmlab oladi.
4. Nutqiy qobiliyat - ixcham, ma`noli, oxangdor, muayyan ritm, temp,
chastotaga ega bo`lgan nutq. SHuningdek, ta`lim beruvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg‘uga rioya qiliShi. Qobiliyatli ta`lim beruvchining nutqi maShg‘ulotda hamiSha tarbiyalanuvchilarga qaratilgan bo`ladi. Ta`lim beruvchi yangi materialni tuShuntirayotgan, tarbiyalanuvchining javobini tahlil qilayotgan, ma`qullayotgan yoki qoralayotgan bo`lsa ham uning nutqi hamiSha o`zining ichki kuchi, iShonchi, o`zi gapirayotgan narsaga karatilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi tarbiyalanuvchi uchun aniq, sodda, tuShunarli bo`ladi.
5. TaShkilotchilik qobiliyati - o`quv guruhi yoki jamoani uyuShtiriSh va uni boShqariSh iste`dodi. TaShkilotchilik tarbiyalanuvchilarni xilma- xil faoliyat turiga jalb qiliSh uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan tarbiyalanuvchilar jamoasini uyuShtiriSh, muhim vazifalarni hal etiShga ruhlantiriSh bo`lsa, ikkinchidan, o`z faoliyatini to`g‘ri uyuShtiriSh qobiliyatidir.
6. Obro`ga ega bo`liShlik qobiliyati - o`zining Shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql- farosatli, mustahkam irodasi bilan obro` orttiriSh uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi- avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Hurmatga ega bo`liSh ta`lim beruvchi Shaxsiy sifatlarning butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga ( dadilliligi, chidamliligi, qat`iyligi, talabchanligi va h.k) Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga ta`lim hamda tarbiya beriSh ma`suliyatini his etiShga, bu iShonchni tarbiyalanuvchilarga ham etkaza oliShiga bog‘liq bo`ladi.
7. Kommunikativ qobiliyat - muomala va muloqot o`rnata oliSh, bolalarga kiriShib ketiSh qobiliyati, tarbiyalanuvchilarga to`g‘ri yondoShiSh
yo`lini topa oliSh, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o`zaro munosabatlar o`rnata biliSh, pedagogik nazokatning mavjudligi.
8. Diqqatni taqsimlaSh qobiliyati - bir necha ob`ektlarga bir davrning o`zida o`z munosabatini bildiriSh. Ta`lim beruvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari- hajmi, uning kuchi, ko`chuvchanligi, idora qilina oliShi va iShga soliniShning taraqqiy etganligi muhimdir. Qobiliyatli, tajribali ta`lim beruvchi o`z fikrini (yoki tarbiyalanuvchi fikrini) bayon qiliShda diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha tarbiyalanuvchilarni o`z diqqat-e`tiborida tutadi, toliqiSh, e`tiborsizlik, tuShunmaslik alomatlarini huShyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buziliSh hollarini e`tibordan qochirmaydi, nihoyat o`z Shaxsiy xatti-haraktlarini (mimikasi, pantomimikasi, yuriSh- turiShni) ham kuzatib boradi.
9. Kelajakni ko`ra biliSh qobiliyati - insonning kelajagini
oqilona tasavvur qiliShdan iborat baShorati. Bu o`z harakatlarning oqibatlarini oldindan ko`riShda, tarbiyalanuvchining kelgusida qanday odam bo`liShi hakidagi tasavvur bilan bog‘liq bo`lgan Shaxsni tarbiyalab etiShtiriShda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarning taraqqiy etiShini oldindan aytib bera oliShda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga iShoniSh bilan bog‘liq bo`ladi.

Download 188.67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 188.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 mavzu: O‘qituvchi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar

Download 188.67 Kb.