1 mavzu: O‘qituvchi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar




Download 188.67 Kb.
bet5/8
Sana13.12.2022
Hajmi188.67 Kb.
#34556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Q06uu163WKjOV7CNPGCvbVWNpRv5SJpU0pDfjJrn (1)
Презентация (15), Charieva Bahor, 1713450843 (1)
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
- pedagog shaxsining insonparvarlik yo`naliShiga ega bo`liShi, uning
qiziqiShlari, qadriyat yo`nalishlarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab etiShtiriShga yo`naltirilganligi; - mutaxassislik fanlari, o`qitiSh metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo`liShi;
- pedagogik qobiliyatga ega bo`lishi (muloqotga moyillik, iShchanlik, kelajakni tasavvur qila oliSh, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglaSh);
- pedagogik texnikani egallaShi, ya`ni o`z-o`zini boshqara olihi, o`zaro ta`sir etiSh va hamkorlikda iShlaShni uddalaShi.
Pedagog Shaxsining insonparvarlik yo`naliShga ega bo`liShi-ta`lim
oluvchi Shaxsini hurmat qiliShi, ayrim masalalarni o`zini ta`lim oluvchi o`rnida sezib hal etiShi, adolatli bo`liShi, pedagogik faoliyatni pirovard maqsadga – barkamol avlod tarbiyalaShga yo`naltiriShda ifodalanadi. Buyuk mutafakkirimiz Ibn Sino ham o`qituvchi Shaxsida halollik, adolat, poklik, mehnatsevarlik, fidoiylik, odamgarchilik kabi xislatlarni qadrlagan.
Insonparvar bo`lish mahoratli pedagog faoliyatining bircha
jihatlarini qamrab oladi va uning aniq vazifalarini ham belgilab beradi. Insonparvarlik deganimizda, ta`lim oluvchilarning dini, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqiShidan qat`iy nazar, ularning barchasiga bir xil munosabatda bo`liShni tuShunamiz. Har bir ta`lim oluvchiga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondoShiShimiz darkor. Bolalarni seva oliSh, ularga o`z ota-onalaridek mehribonlik ko`rsata biliSh mohir pedagogning muhim insonparvarlik fazilatlaridan biridir. Pedagog har doim, hamma vaqt ta`lim oluvchilarga mehribonlik ko`rsata oliShi lozim. O`z ta`lim oluvchisi to`g‘risida ShoShma-ShoSharlik bilan xulosa chiqarmaslik, ular haqida salbiy yoki ijobiy fikrga kelmaslik kerak. Ta`lim oluvchilar orasida uning “sevimli” yoki “yomon” ko`radigan tarbiyalanuvchilarni bo`liShi ta`lim oluvchida pedagogga bo`lgan hurmatni so`ndiradi. Har qanday bo`Sh va past o`zlaShtiradigan, “tarbiyasi qiyin”ta`lim oluvchi bilan iShlaganda pedagogning vazifasi Shundan iboratki, ta`lim oluvchidagi ana Shu bilinar bilinmas lekin eng muhim ijobiy fazilatni topa oliSh va Shu fazilatga tayanib ta`lim oluvchi mulkidagi, o`tmiShidagi salbiy xususiyatlarni tugatiShga intilmog‘i lozim. Pedagog Shaxsiy fazilatlari tizimida pedagoglik faoliyatga bo`lgan ehtiyoj nomli muhim kasbiy yo`naliSh mavjudki, u pedagogik mahoratni egallaSh uchun katta rol` o`ynaydi. Bunday professional xususiyatlarni olimlarimiz S.Baranov va boShqalar Shunday izohlaydilar: pedagogik faoliyatga bo`lgan ehtiyoj professional mahoratdagi pedagog Shaxsiy fazilatlarini belgilovchi qimmatli bahodir, u o`zida: “...bolalarga qiziqiSh va muhabbatni; pedagogni iShga havasni; psixologik-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanligini mujassamlaShtiradi”.
Pedagogning ta`lim oluvchilarga nisbatan mehribonligi, hayrixohligi bolalarni seviShi insoniy talabchanlik asosida ko`rilmog‘i lozim, insonparvarlikka asoslangan talabchanlik ta`lim oluvchilarni intizomga chaqiradi, o`z hulq-atvori to`g‘risida o`ylaShni, o`ziga boshqalar ko`zi bilan qaraShni, salbiy xususiyatlarini qayta tarbiyalaShni, ijobiy fazilatlarini takomillaShtiriShni yo`lga qo`yiShga da`vat etiSh muddaosiga erishadi. Buning uchun pedagog talabning me`yorini biliShi lozim. Talab istiqbolli bo`lib, bolaning kelajak hayoti, faoliyatini rivojlantiriShga qaratilgan, bolalarni quvonchga qiziqiShlarini takomillaShtiruvchi yo`naltirilgan bo`lsagina, maqsadga muvofiq bo`ladi.
SHu bilan birga,pedagogning o`zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglaShi, ularga hurmat e`tiqodi bo`la oliShi darkor. Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tuShuniSh, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglaSh ta`lim oluvchilarda bobolar avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqaraSh asoslarini tarbiyalaSh uchun muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib, pedagog Shaxsiy fazilatining muhim omili o`tmiSh merosini mukammal biliSh, qadriyatlar, urf-odatlar mazmunini anglaSh ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini tuShuniSh orqali ilmiy dunyoqaraShni o`zida tarbiyalangan bo`liShi kerak.
Kasbiy bilimlar pedagogik mahoratning tub asosini taShqil qiladi.
Pedagog bilimi, bir tomondan u dars berayotgan fan to`g‘risidagi bilimiga, ikkinchi tomondan esa, uni o`zlaShtirayotgan ta`lim oluvchilarga qaratilgan bo`ladi. O`zi dars berayotgan fanni, o`ni o`qitiSh metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlaridan puxta bilimga ega bo`liShi, pedagog professional bilimlari mazmunini taShqil etadi. SHu bilan birga, O`zbekistonning o`z taraqqiyot yo`li mohiyati, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglaSh, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o`z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini mukammal biliShi, pedagogik bilimlarni takomillaShtiriShga intiliSh, mamlakatimiz Prezidentining ichki va taShqi siyosatidan xabardorlik, o`zbek xalqining an`analari, qadriyatlari, urf – odatlarini yaxShi anglaShi, siyosat, tarix, madaniyat, ma`naviyat, adabiyot va san`at, axloqShunoslik, dinShunoslik, huquqShunoslik, o`lkaShunoslik, texnikaga oid ma`lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo`liSh va hokazo.
Kasbiy bilimlar negizida pedagog hatti-harakati va xulqining
asosini taShqil etuvchi pedagogik printsiplar va qoidalar vujudga keladi. Bu printsip va qoidalarni har bir pedagog o`z tajribasiga tayangan holda yaratadi. Bu bilimlar doimo takomillaShib boriShi zarur.



Download 188.67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 188.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 mavzu: O‘qituvchi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar

Download 188.67 Kb.