|
-topshiriq.Matnni o‘qing. Tilning ijtimoiy–ma’rifiy vazifalari ifodalangan gaplarni sharhlang
|
bet | 3/4 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 20,51 Kb. | | #109946 |
Bog'liq 1-mavzu (3)1-topshiriq.Matnni o‘qing. Tilning ijtimoiy–ma’rifiy vazifalari ifodalangan gaplarni sharhlang.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib etishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak.U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib va o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay , har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy, ma’naviy taraqqiѐtga erishmagan bo‘lardi.Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug’iladi. Shuningdek, uni davom ettiradi.
Til ilm olishda zamon va makon qovini o‘rtadan ko‘taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz, hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz.
Tilning o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z ѐrdamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyattug’diradi.
(A.Rustamov. «So‘z xususida so‘z» kitobidan)
2 -topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering.
Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rintutadi?
3-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Millat, til, ona tili to‘g‘risidagi gaplarning mazmunini izohlang.
1. Nechunki har bir insonning jonidan aziz narsa din va millatidir. Ul din va millatning muhofazati ham har afrod insonga vojibdur. Oni (millatni) muhofazati ona tilining muhofazati bilan bo‘lur. Qachonki bir millat tilini yo‘qotsa, u muqaddas dinini va millatini ham yo‘qotur (Ashurali Zohiriy). 2. Har bir millatning dunѐda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiѐtidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur (Abdulla Avloniy). 3. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinai bebaho (Mirtemir). 4.Til millatning birinchi haqidir. Shu haq o‘ksitilgan bo‘lsa, demak, millat o‘zini o‘zi o‘ksitib kelgandir (I.G’ofurov).5. O’z vataningga bo‘lgan chinakammuhabbatingni o‘z tilingga bo‘lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas.
|
| |