• O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanini o‘qitishdan maqsad
  • O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining vazifasi
  • 1-mavzu. ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi'' fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari




    Download 20,51 Kb.
    bet1/4
    Sana02.12.2023
    Hajmi20,51 Kb.
    #109946
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-mavzu (3)


    1-mavzu. ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi'' fanini
    o‘qitishning maqsad va vazifalari
    Reja:
    1. ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi'' fanini o‘qitishdan maqsad.
    2. ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi'' fanining vazifasi .
    3. Tilning jamiyatdagi vazifalari.
    ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi'' fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarning o‘zbek tilida soha bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og‘zaki va yozma nutqida sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan bilimlarni yozma va og‘zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish; sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash, nutq uslublari, xususan, sohada ilmiy va rasmiy uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va savodxonlikni oshirish.
    ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi'' fanining vazifasi
    mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta’minlash; egallanayotgan soha bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqi me’yor va qoidalari asosida mukammal o‘zlashtirishga va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy normalari ga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta’minlashdir.
    O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Hujjatdan maqsad o‘zbek tilining xalq ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash hisoblanadi.
    Farmon bilan Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.
    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etish va uning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan bo‘ldi.



    Download 20,51 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. ''O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi'' fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

    Download 20,51 Kb.