• 7.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarining o‘zaro integratsiyasi va istiqbollari.
  • Pedagog xodimlarning majburiyatlari




    Download 65.68 Kb.
    bet9/10
    Sana12.11.2023
    Hajmi65.68 Kb.
    #97507
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1 ma\'ruza
    Shermatov Elyorbek 202-shqx, Nanotexnologiya tushunchasiga , J, Abdumutalibova, Melziyayev X, Toxtasinova Y, Mavzu Mulkiy sug’urta-fayllar.org (1), 2023, ffff, 1-Mustaqil ta’lim 10. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari-fayllar.org, Umarova Dinara, individual proekt
    Pedagog xodimlarning majburiyatlari
    Pedagog xodimlar:
    ta’limtarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadrqimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
    o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
    axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
    ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shartsharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
    voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’limtarbiya ishlarini ularning otaonasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
    ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
    o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
    tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
    Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
    Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
    Pedagog xodimlarning kiyimboshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

    7.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarining o‘zaro integratsiyasi va istiqbollari.

    Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:


    ta’lim muammolari yuzasidan ilmiytexnik hamkorlikni rivojlantirish;
    qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
    xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiytadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;
    hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiytadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
    ilmiyamaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;
    talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;
    ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
    qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar.
    Ta’lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
    Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
    Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:
    xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
    O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;
    pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;
    rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
    o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo‘llabquvvatlaydi.
    Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda xorijda ta’lim olish huquqiga ega.



    Download 65.68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 65.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagog xodimlarning majburiyatlari

    Download 65.68 Kb.