• 68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
  • -BOB. TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK




    Download 265 Kb.
    bet30/32
    Sana24.05.2024
    Hajmi265 Kb.
    #252290
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
    Bog'liq
    1-Mavzu

    10-BOB. TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
    67-modda. Ta’lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
    Ta’lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:

    • ta’lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;

    • qo‘shma fakultetlar, o‘quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;

    • xalqaro darajadagi birgalikdagi ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;

    • hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;

    • ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish;

    • talabalar, magistrlar, doktorantlar, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;

    • ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlar.

    Ta’lim tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.


    68-modda. Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
    Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari:

    • xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

    • O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuboradi;

    • pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshiradi;

    • rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

    • o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarni ham amalga oshirishi mumkin.

    Download 265 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




    Download 265 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. TA’LIM SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK

    Download 265 Kb.