1-mavzu: «Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari




Download 160.87 Kb.
bet14/29
Sana26.04.2023
Hajmi160.87 Kb.
#54064
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Pedagogik maxorat
K2SO4
tarbiya va ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo„lishi

kerak... bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo„lgan shaxsni

tarbiyalash masalasi nafaqat ma‟naviy, kerak bo„lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb

etadi». Bu vazifalarning bajarilishiga, ta‟lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning

asosiy amalga oshiruvchisi bo„lgan o„qituvchining o„quvchilar bilan o„zaro

muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi. O„quvchi ma‟naviy muhitining

shakllanishi o„qituvchining yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo„ladi. Bu

o„rinda o„qituvchining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati

zamirida shakllanib, takomillashadi.

Pedagogik muloqotda o„qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari

o„quvchining ideali sifatida namoyon bo„ladi. O„quvchining o„qituvchi shaxsi

haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati ma‟naviy

madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish

ham ijobiy natijalar bermaydi. O„qituvchi sub‟ekti bilan, o„quvchi ob‟ekti

o„rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o„zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta‟sir

etadi, natijada o„quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari

rivojlanmaydi.


Pedagogik muloqot madaniyati o„qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga

yo„naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o„qituvchining muhim fazilati, uning

muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va

psixologik fanlarda o„ziga xos ta‟rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi

sifatida muomala o„quvchilar qalbiga yo„ltopa olish, ularga yondashish uchun

mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta‟lim-tarbiya jarayonida o„quvchilar

bilan o„zaro aloqa bog„lashga qaratilgan o„qituvchining pedagogik qobiliyatidir.

O„qituvchi o„quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:

1. O„z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.

2. YOsh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.

3. SHarqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.

4. O„zining ta‟lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir

o„quvchi qalbiga yo„l topadi.

Muomala o„qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo„lib, o„zida ulkan

pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o„qituvchi

quyidagilarga qat‟iy amal qilishi lozim:

- o„qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy

jarayonga oid so„z va ohangni tanlay bilishi va ta‟sir o„tkaza olishi;

- muomala ob‟ekti bo„lmish o„quvchi diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat,

imo-ishoralarni o„z o„rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta‟sirni bilishi;

- o„quvchining ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga

jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o„quvchilarni ta‟lim va tarbiyaviy muloqotga

tayyorlashi;


- o„quvchiga og„zaki, o„zaro ta‟sir ko„rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi.

O„qituvchining nutqi ravon, o„quvchi ongiga ijobiy ta‟sir qiladigan bo„lishi.

Nihoyat, o„qituvchining o„quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib

keladiki, u o„quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma‟no va haqiqiy

sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning

o„zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o„quvchilarning xulq-atvop usullaridan

foydalanadi. O„qituvchining o„quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish

vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o„rnini to„ldiruvchi vazifasini

bajaradi. Muomala o„zaro munosabatlar doirasida sodir bo„ladi. Boshqarish

vositasi bo„lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo„ladi.

Pedagogik muloqot o„qituvchining pedagogik faoliyatida o„zaro axborot almashish

jarayoni vazifasini bajaradi. O„qituvchi o„quvchilar bilan muloqot jarayonida

bevosita o„z tarbiyalanuvchilari, umuman o„quvchilar jamoasi haqida, unda ro„y

berayotgan turli ichki hodisalar haqida g„oyat xilma-xil axborotlarga ega bo„ladi va

o„zining kelgusi ta‟lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini

belgilaydi. SHu bilan birga, o„qituvchi muloqot asosida o„z tarbiyalanuvchilariga

ma‟lum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini ma‟lum qiladi. Bunda

o„qituvchi tomonidan yo„l qo„yiladigan arzimas bir xatolik, adolatsizlik, qo„pollik

o„quvchilar bilan o„zaro muloqot madaniyatining buzilishiga sabab bo„ladi va

tuzatib bo„lmaydigan og„ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. O„qituvchining

o„quvchilar bilan o„zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi

holatlar paydo bo„ladi:


pedagogik muloqot orqali o„qituvchi tarbiyalanuvchi ob‟ekt bilan o„ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o„qituvchi o„zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san‟ati, ta‟sir o„tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;

o„qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo„lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
 o„quvchilar jamoasi bilan muomalada o„qituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi ta‟lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;

o„qituvchi o„quvchilar jamoasi bilan o„zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo„ladi.

Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob‟ekt va

sub‟ektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg„unlashuvi sodir bo„ladi.

Ushbu o„zaro uyg„unlashuvni yuzaga keltiradigan muloqotning asosiy bog„lovchisi

so„zdir. So„z – mazmunan o„qituvchining nutqida, ma‟ruzasida, dialog, monolog

va deklamatsiyalarida o„z ifodasini topadi.

Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o„qituvchi har qanday axborotni qarab

chiqar ekan, o„quvchining shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi axborotlarning

muhimligini alohida e‟tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot madaniyati,

o„qituvchini g„oyat xilma-xil sharoit va ko„rinishlarga moslashishiga imkoniyat

yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo„lmasada, o„quvchi ichki

dunyosida sodir bo„layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo„lgan zarur ichki

jarayonlar ko„rinishlarining alomatlarini bilib, ta‟lim-tarbiyaviy faoliyat olib

boradi.


O„qituvchi o„quvchining ichki dunyosini tushunib, muloqotga kirishishi lozim.

O„qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir so„zi, fikri, turli

hodisa va jarayonlar o„quvchilar tomonidan har xil ko„rinishda tushuniladi, bu

o„quvchining fikr-mulohazasiga, ichki dunyosining teranligiga, tafakkuri va

dunyoqarashining kengligi bilan izohlanadi, bunda o„qituvchi mahoratining uchta

jihatiga alohida e‟tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida

egallagan ko„nikma va malakasi; muayyan o„quvchilar jamoasi bilan muomalada

bo„lish tajribasi.



  1. Download 160.87 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Download 160.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: «Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari

Download 160.87 Kb.