-reja. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya fanining maqsadi, vazifasi




Download 160.87 Kb.
bet2/29
Sana26.04.2023
Hajmi160.87 Kb.
#54064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Pedagogik maxorat
K2SO4
2-reja. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya fanining maqsadi, vazifasi.
Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya fanining maqsadi - talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari - pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish; ilg‘or tajribalarni tatbiq qilish, har bir mavzu yuzasidan oydinlashtirilgan rejalarni tuzish; maxsus fanlarini o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari bilan tanishtirish; talabalarda texnologik loyiha va texnologik xaritalarni tuzish, pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantirish.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish o‘qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o‘quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o‘qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la o‘quv jarayoniga tadbiq etish g‘oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o‘qituvchiga» bog‘liq bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o‘quv jarayoni to'la takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, o‘qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan iborat bo'lib qoladi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi– ommaviy ta‘lim sharoitida ta‘lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta‘minlash va talabalar tomonidan o‗qishning ko‗zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta‘lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o‘qitishning yetarli samarasiga erishishni ta‘minlovchi, o‗quv jarayonini yaratishh hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti – o‗quv jarayoining o‗zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob‘yekti –o‗quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Download 160.87 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 160.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-reja. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya fanining maqsadi, vazifasi

Download 160.87 Kb.