Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
9.4. Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari hamma vaqt 
bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Shu bois u turli adabiyotlarda turlicha 
yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, 
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari 
har bir fanning maqsad va vazifalari, shuningdek, sinf (guruh)dagi 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. 
Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning 
og’zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida 
yondashiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 
2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’iga asosan “Oliy ta'lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi 
to‘g’risidagi” Nizom
1
ishlab chiqildi. Talabalar bilimini baholashda 
malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, 
bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-
tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi 
bo‘yicha 
mazkur 
Nizomda 
belgilangan 
baholash 
mezonlari 
qo‘llaniladi. 
Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq 
va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli 
bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini 
baholash maqsadida o‘quv mashg’ulotlari davomida o‘tkaziladi. Oraliq 
1
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 26.09.2018 й., 10/18/3069/1965-сон 


171 
nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan 
holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin. 
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati 
va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan 
belgilanadi. 
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan 
fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi. 
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va 
mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu 
mashg’ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. 
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv 
mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. 
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida tegishli fan bo‘yicha 
talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish 
darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat turini 
o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi. 
Yakuniy nazorat turi oliy ta'lim muassasasining tegishli fakultet 
dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda 
o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy 
nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. 
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: 
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, 
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 
fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib 
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 
5 (a'lo) baho; 
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay 
oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, 
aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda 
— 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan 
(mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; 


172 
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) 
mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega 
emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish