|
1-Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni. (ма`ruza) Mavzu rejasi
|
bet | 35/66 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 195,02 Kb. | | #148933 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniDavlat ta'lim standart. Ta'lim mazmunining rivojlanishida ko'zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o'rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) Turli ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o'rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta'minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O'zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta'lim amaliyotida umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta'lim standard:
1) ta'lim olish shaklidan qat'iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo'lgan ta'lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2)o'quv fani bo'yicha yakuniy ta'limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta'lim dasturlari mazmunining minimumi, o'quvchilar tomonidan bajariladigan o'quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo'yiluvchi talablarni belgilaydi.
Didaktika - pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmuni. Davlat ta’lim standarti.
Reja:
Didaktika tushunchasi, mazmuni va uning mohiyati.
O‘qitish jarayoni. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
O‘qitish jarayoni bosqichlari va uning vazifalari.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi. Insonning faoliyatida o'qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ta'lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo’lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo'lganda ham shunday bo'lgan; keyinchalik ham, ta'lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo'lganida ham shunday bo'lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta'limni nazariy tahlil qilish va o'rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o'z nazariyasiga ega bo'lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o'zgarishlar olib keldi: aynan o'sha paytda ta'lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» «o'rgatuvchi», «didasko» esa - «o'rganuvchi» ma'nosini bildiradi) ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati mazmuni, ta'lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolar)ni o'rganuvchi fan.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592— 1670-yillar) «Buyuk didaktika» (1657-yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy «didaktika bu faqat ta'limgina emas, balki tarbiyalash ham», deb ta'kidlaydi. Mazkur asarda olim ta'lim nazariyasining muhim masalalari: ta'lim mazmuni, ta'limning ko'rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so'z yuritadi.
|
| |