|
Mavzu:Xalqaro baholash dasturlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
|
bet | 64/66 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 195,02 Kb. | | #148933 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniMavzu:Xalqaro baholash dasturlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Mavzu rejasi:
Xalqaro baholash dasturlari haqida umumiy tushunchalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Xalqaro baholash dasturlari metodologiyasi.
PISA – o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi.
PIRLS – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot.
TIMSS – maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring.
ISILS – kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha xalqaro tadqiqot. Xalqaro baholash dasturi talablari asosida ta’lim shakl, metod va vositalari yordamida o‘quvchilar kompetentsiyalarini shakllantirish.
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga
erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim- tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalarchiqarishimkoninibеradi.
Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.
Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifatidarajasidaishlabchiqishimkoninibеradi.
Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud?
PISA–o‘quvchilarni ta’limiy yutuqlarini baholash xalqaro dasturi
PIRLS–matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot
TIMSS–maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring
TALIS –o’qitish va o’rganish xalqaro tadqiqoti
Kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.
|
| |