|
O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari
|
bet | 61/66 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 195,02 Kb. | | #148933 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rniO’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi muvaqqat Nizom”iga oid nazorat turlari quyidagicha:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning har bir o'quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o'rganilgan mavzularni o'zlashtirish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini tekshirishni o'z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o'qituvchini har bir o'quvchining o'quv faoliyati bo'yicha tezkor ma'lumotlarbilan ta'minlaydi, o'qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o'zlashtirmagan o'quvchilarni o'z vaqtida aniqlaydi, o'zlashtirmaslikni bartaraf etish bo'yicha choralar belgilaydi.
Oraliq nazorat — bu o'quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo'limlarining o'zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o'qituvchi dars jadvali asosida darsda o'quv materialining o'ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o'tkazadi. Oraliq nazorat o'tkazishdan oldin o'quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo'linadi. Yakuniy nazorat og'zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o'tkaziladi.
Nazoratning shakli o'quv ishini tashkil etish shakliga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
- nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o'qituvchi o'quvchilarga materialning ma'lum bir hajmi bo'yicha savol beradi, o'quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so'rash ko'pchilik o'quvchini nazorat qilishni ta'minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o'quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo'llab bo'lmaydi;
- nazoratning guruhli shaklida o'quvchilarning ma'lum bir qismi nazorat qilinadi. O'qituvchi tomonidan o'quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o'quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o'quvchilar bo'sh qolmaydi, ular o'rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o'z ustilarida ishlab o'tiradi;
|
| |