|
Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari
|
bet | 18/21 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 78,76 Kb. | | #264436 |
Bog'liq 1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal7.2.Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o`ziga xosdir.
Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy
munosabatlar tizimida shakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda “qush uyasida ko`rganini
qiladi” degan maqol bor. Ya`ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip
jamiyatdagi boshqa guruhlar ta`sirida sayqal topib,takomillashib boradi. Bizning o`zbekchilik
sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi – ijtimoiylashtiruvchi rol`
o`ynaydi. Shuning uchun bo`lsa kerak, ba`zan odamning qaysi mahalladan ekanligini surishtirib,
keyin xulosa chiqarishadi, ya`ni mahalla bilan mahallaning ham farqi bo`lib, bu farq odamlar
psixologiyasida o`z aksini topadi. Masalan, bitta mahalladan yaxshi kelin chiqsa, aynan shu
mahalladan qiz qidirip qolishadi. Ya`ni, shu mahalladagi ijtimoiy muhit qizlarning iboli, aqlli,
sarishtali bo`lib etishishlariga ko`maklashgan. Masalan, ayrim mahallalarda sahar turib ko`cha-
eshiklarni supurish odatga aylangan va barcha oilalar shu udumni buzmaydilar. Shunga o`xshash
normalar tizimi har bir ko`cha – mahallaning bir-biridan farqi, afzallik va kamchilik tomonlarini
belgilaydi, oxirgilar esa shu mahallaga katta bo`layotgan yoshlar ijtimoiylashuvida bevosita
ta`sirini ko`rsatadi.
7.3.Konfliktni hal etishning universal vositalari
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o`choqlariga maktab va boshqa ta`lim maskanlari kiradi.
Aynan shu erda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus tarzda uyquklashtiriladi. Bizning
ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz ta`lim oladigan, bola bilimlar tizimini
o`zlashtiradigan maskan sifatida qabul qilamiz. Lekin aslida bu er ijtimoiylashuv tarbiyaviy
21
vasitalarda yuz beradigan maskandir. Bu erda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy
etilgan “Ma`naviyat darslari”, “Etika va psixologiya” kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart – sharoitlar, umumiy muhitning
tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o`qituvchi butun diqqati bilan yangi darsni
tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars, mavzuning mazmuni va undan
ko`zlangan maqsad asosiyday. Lekin aslida ana shu jarayondagt o`qituvchining o`zini qanday
tutayotganligi, kiyim-boshi, mavzuga sub`ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi
o`quvchilarga munosabati hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga
ega bo`lgan omildir.Shu nuqtai nazardan o`quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob bergan
o`qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o`qituvchining ta`siri faqat salbiy
rezonans beradi. Xuddi shunday har bir sinfda shakllangan muhit ham katta rol` o`ynaydi. Ba`zi
sinflarda o`zaro hamkorlik, o`rtoqchilik munosabatlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, guruhda ijodiy
munozaralar va bahslar uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o`z a`zolari ijtimoiy xulqini
faqat ijobiy tomonga yo`naltirib turadi.
|
| |