|
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
|
bet | 15/21 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 78,76 Kb. | | #264436 |
Bog'liq 1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalMavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.
17
6-ma`ruza
6-Mavzu: Konfliktning oldini olish
Reja:
1 .Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat
2. Shaxsiy konfliktlar muommasi
3.Hozirgi zamon menejmenti
Tayanch tushunchalar:
Konfliktning oldini olish usullari, profilaktik faoliyat, shaxsiy konfliktlar muommasi, hozirgi
zamon menejmentida konfliktlar muammosi.
6.1.Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat
Konfliktning oldini olishda boshqaruvchining faoliyati muhim rol o`ynaydi, u har doim
paydo bo`lgan konfliktlarning echimini izlashga tushadi. Albatta bularning ko`pchiligi o`z
vaqtida kelishmovchiliklarning oldini olishga qodir. Aynan boshqarish madaniyati ham anna
shunda, ya`ni konfliktlarni oldindan ko`ra bilish, ularni paydo bo`lmasdan oldin yo`q qilish.
Konfliktlarga munosabat.
Konfliktlarga boshqaruvchining munosabati birdek bo`lishi mumkin bo`lmasligi kerak.
Konfliktsiz echimini topib bo`lmaydigan masalarga duch kelganda boshqaruvchi qochib
qolmasligi kerak.
Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.
Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini
ma`lum ma`noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi,
uning ahloq – ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o`ziga ham bog`liqdir.
Odamning o`z – o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita
o`ziga, o`z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi.
Ya`ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o`rab turgan odamlar, ularning xulq – atvorlari
e`tibor berishdan tashqari, o`zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda
tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Shaxsning o`zi, o`z xulq – atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan
hosil bo`lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka
yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi.
“Men” – obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va
tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda,
tarbiya shaxsning o`zi va o`z sifatlari to`g`risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb
ta`rif berish mumkin. Demak, har bir inson o`zini, o`zligini qanchalik aniq va to`g`ri bilsa,
tasavvur qilolsa,uning jamiyat normalariga zidharakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam
buladi, ya`ni u tarbiyalangan bo`ladi.
6.2. Shaxsiy konfliktlar muommasi
6.3.Hozirgi zamon menejmenti
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
7.2.Konfliktning oldini olishning yo`nalishlari
7.3.Konfliktni hal etishning universal vositalari
8.1.Muzokaraga umumiy tavsifnoma, muzokaraga kirishish strategiyalari
8.2.Muzokara dinamikasi, muzokaraga kirishishning asosiy usullari
8.3.Muzokara jarayonida vositachilik
|
| |