|
Mavzu Rele himoyasi sxemalarda tok transformatorlar
|
bet | 10/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja9 Mavzu Rele himoyasi sxemalarda tok transformatorlar
Reja;
1 Releli himoya qurilmalarining liniya toki
2 Har bir sxema uchun reledagi tok
Releli himoya qurilmalarining liniya toki bilan ta’minlanishi quyida keltirilgan tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini ulashning tipik ulanish sxemalari asosida amalga oshiriladi. Har bir keltirilgan sxemadagi relening ishlashi
va xatti-harakati normal va nonormal holatlarida ikkilamchi zanjirdagi tokning tarqalish harakteriga bog‘liq. Sxemalarda tokni tarqalishini aniqlash uchun avvalambor ko‘rilayotgan qisqa tutshuvda birlamchi toklarning haqiqiy qiymatlarining musbat yo‘nalishlari ko‘rsatiladi, keyin esa har bir tok transformatorlaridagi toklarning yo‘nalishini ko‘rsatgichlari (strelkalari) chiziladi, bu yo‘nalish ko‘rsatgichlari birlamchi tokning o‘tishiga bog‘liq. Eng oxirida tok transformatorining ikkilamchi tokini o‘tish yo‘li ko‘rsatiladi. Agar sxemaning biror elementida (o‘tkazgich va rele chulg‘amida) har xil fazalarning ikkilamchi toklari qo‘shilayotgan yoki ayrilayotgan bo‘lsa, bunda natijaviy elementdagi tok fazaviy siljishlarini hisobga olgan holda mos keluvchi faza toklarining vektorlarini geometrik qo‘shish yoki ayirish natajasida topiladi.
Har bir sxema uchun reledagi tok Ir ning fazadagi tok If ga nisbatini topish mumkin. Bu nisbat sxema koeffitsiyenti deyiladi:
Bu koeffitsiyent himoyani sezgirligini baholashda va ustavka toklarini Hisoblashda ishlatiladi.
Quyida asosiy tipik sxemalardagi toklarning tarqalishi va ularning ishlatilish joylariga doir ma’lumotlar keltirilgan.
10 Mavzu Rele himoyasining boshqaruv avtomatikasinig vazifasi
Reja;
1 Har qanday avtomatik boshqarish sistemasi
|
| |