Mavzu Masofali himoyalarni va defferensial himoyalar ishlab chiqarishda qo’llash




Download 6,42 Mb.
bet7/85
Sana08.02.2024
Hajmi6,42 Mb.
#153069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja

6 Mavzu Masofali himoyalarni va defferensial himoyalar ishlab chiqarishda qo’llash
Reja;
1 Elektr ta’minoti sxemalari
2 Masofali himoyalar
Maqsadi, ishlash tamoili va himoyaning asosiy organlari.
Elektr ta’minoti sxemalarida ish holatlari hamda qisqa tutashuvning turiga bog‘liq ravishda shikastlanish toklari o‘zgarib turadi. Shuning uchun tokli hamda yo‘naltirilgan tokli himoyalarda sezgirligi doimo o‘zgarishsiz qolmaydi. Tizimning minimal ish holatlarida himoyaning sezgirligi yetarlicha bo‘lmasligi mumkin. Murakkab sxemalarda yo‘naltirilgan maksimal tokli himoyalar tanlovchanlik hamda tezkorlik bo‘yicha talabni doimo qanoatlantirmasligi mumkin. Shunga bog‘liq ravishda, himoyaning xarakterli kattaligi tizimning ish holatiga bog‘liq bo‘lmagan, ishlash vaqti esa qisqa tutashuv nuqtasigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq bo‘lgan himoyani qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday himoya masofali himoya hisoblanadi. Ushbu himoya himoya o‘rnatilgan joydagi kuchlanishni tokka munosobati orqali ta’sir javob beradi. Ushbu munosobat himoya relesining qisqichlaridagi qarshilik deb nomlanadi. Ushbu releni mos holda o‘langanda ushbu qarshilik qisqa tutashuv nuqtasidan himoya o‘rnatilgan joygacha mutanosib bo‘lib tizimning ish holatiga bog‘liq bo‘lmaydi.

4.28-rasm. Masofali himoyaning sabr vaqtlarini pog‘onali tavsifi:


pog‘onali usul; b) qarama-qarshi pog‘onali usul.
Masofali himoya, tokli himoyaga o‘xshab odatda 3 pog‘onali qilib qo‘llaniladi. Har bir pog‘onaning parametri sifatida himoyalanayotgan hududning uzunligi va ishlash vaqti olinadi. Sabr vaqtning tavsifi bo‘yicha pog‘onali tokli himoyaning sabr vaqtlariga o‘xshash qilib tanlanadi. Buni qo‘yidagi rasmda ham ko‘rishimiz mumkin.
Bunda, A1 himoya 1-tavsifni, A2 himoya 2-tavsifni, A3 himoya 3-tavsifni ifodalaydi. K1 nuqtadagi qisqa tutashuvda A1 hamda A2 himoya ishga tushadi, lekin qisqa tutashuvga yaqin bulgan A2 himoya shikastlanishni o‘zadi. Chunki A2 himoyaning sabr vaqti kichikroq qiymatga ega.Agar shikastlanish K2 nuqtada sodir bo‘lsa, shikastlanishga yakin bo‘lgan A3 himoya ishga tushadi.
Ikki tomonlama ta’minlanuvchi liniyalarda masofali himoya yo‘naltirilgan qilib tayyorlanadi. Mos pog‘onalarning sabr vaqtlari yo‘naltirilgan tokli himoyalarnikidek tanlanadi (4.28, b-rasm).
Himoyaning asosiy qismlari. Masofali yo‘naltirilgan uch pog‘onali himoyaning funksional sxemasi 4.29,a - rasmda ko‘rsatilgan. Xar bir himoya pog‘onasi o‘lchov qismga ega. Birinchi va ikkinchi pog‘ona –bu yo‘naltirilgan yoki yo‘naltirilmagan qo‘vvat rele KZ1I va KZ2II masofali qismlar hisoblanadi. Uchinchi pog‘onanin o‘lchov qismi KAIII (KZIII) relesi bir vaqtning o‘zida butun himoyaning ishga tushiruvchi qismi hisoblanadi. Ushbu rele liniyaning istalgan xududidagi shikastlanishdi ishga tushib, himoyani ishga tushiradi. Masofali himoyaning ishga tushiruvchi qismi sifatida maksimal tok relesi (KAIII) yoki minimal qarshilik relesi (KZIII) o‘tashi mumkin. Ushbu relelar yuqori sezgirlikka ega bo‘lishi, maksimal yuklamada ishga tushmasligi hamda imkoli boricha tizimning tebranishlarida ishga tushmasligi lozim.
Faza tokiga ulaganda ishga tushiruvchi qism shikastlanish tokiga ishga tushgandek yuklama tokiga hamda tebranishlarga ham ishga tushadi. Shuning uchun ham ba’zida ishga tushiruvchi qismni teskari ketma-ketlik tokiga ulanadi. Bunda himoyaning sezgirligi oshadi.


Download 6,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Download 6,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu Masofali himoyalarni va defferensial himoyalar ishlab chiqarishda qo’llash

Download 6,42 Mb.