4 Mavzu Rele himoyasi, avtomatikasi va signalizatsiyasining vazifalari va ishlash prinsplari
Reja;
1 Rele himoyasi avtomatikasi
2 Rele himoyasi signalizatsiyasi
Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi mustaxkam va aniq elektr avtamatika bilan ta’minlangan.
Elektr avtamatikaning qurilmalariga qayta ulash avtamatika (AQU), chastota asosida signallash avtamatika (ACHT) va zaxiradagi manbani ulash avtamatika (ZAU) kiradi.
Ko‘rsatkich relelari tegishli himoyalarni ishlaganlari to‘g‘risida xabar berish uchun mo‘jallangan. Bu relelar boshqa rele va apparatlarning zanjirlariga kema-ket (3.10 b-rasm va parallel (3.10 a-rasm) ulanadi.
a) b)
3.10-rasm. Ko‘rsatkich relesining ulanish sxemalari: a) parallel; b) kema-ket.
3.10-rasmda ko‘rsatgich rele KH uzgichning himoya ishlashi natijasida o‘chishi xaqida signal beradi. Ko‘rsatgich relelarining ishini ko‘rsatuvchi signal bayroqchasi (blinker) va kontaktlari xizmat ko‘rsatuvchi shaxs orqaga qaytarmagunicha ish holatida bo‘ladi. Ketma-ket ulanuvchi ko‘rsatkich relelar qulay va shuning uchun ko‘p ishlatiladi.
RU-21 turdagi ko‘rsatkich relelar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ham ishlatilishi mumkin.
3.11 – rasm. RU-21 turidagi ko‘rsatkich relesi tuzilishi: a) tashqi ko‘rinishi; 1-sokol; 2-cho‘lg‘am; 3-Yakor; 4 – zub zaщelki; 5 – kontakt ko‘prik; 6-yuk;
7 – old podshipnik; 8 – skobani old devori; 9 – qo‘zg‘almas kontakt; 10 – plankalar; 11 – skoba; 12-prujina (qarshilik qiluvchi); 13 – skoba; 14 – qaytaruvchi prujina; b) ichki ulanish sxemasi
3.7 Vaqt relelari
Vaqt relelari releli himoya qurilmalari va avtomatik uskunalarini ulash va uzish harakatlarini sun’iy sekinlatish uchun xizmat qiladilar.
4.12-rasmda himoyalarda vaqt relelarini ulash sxemasi berilgan.
3.12-rasm. Vaqt relesining ulanish sxemasi.
Vaqt relesining cho‘lg‘amiga kuchlanish berilgandan keyin to u o‘z kontaktlarini ulaguncha ketgan vaqt relening sabr vaqti deyiladi.
Releli himoya sxemalarida ishlovchi vaqt relelariga bo‘ladigan asosiy talablardan biri bu ularning aniqligidir. Vaqt relelarining ishlash vaqtlaridagi xatolik 0,25 sek, ayrim holatlarda 0,06 sek.dan oshmasligi kerak. Ayrim xabar va avtomatika qurilmalarida vaqt relelaridagi xatolik kattaroq ham bo‘lishi mumkin.
Vaqt relelari nominal kuchlanishining 80% qiymati berilganda ishonchli ishlashlari kerak.
KT relelari qayta ulashga tezda tayyor bo‘lishlari uchun o‘zlarida operativ tok manbasi o‘chganda ishlaydigan va bir zumda qaytaradigan qismga ega bo‘lishi zarur.
|