25 Mavzu Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan havo linyalarini elektr jihozlarining releli himoyasi
Reja;
1 Elektr montaj ishlari
2 Elektr qurilmalaridagi elektr toki xavfli omili
Elektr montaj ishlarida ko‘pincha ishlarni balandlikda olib borishga to‘g‘ri keladi va baxtsiz hodisalar ham ko‘pincha balandlikdan odamning tushib ketishi yoki odamlarning ustiga tepadan biror narsalarning tushib ketishi oqibatida yuz beradi. Shu sababli elektr-montajchilar o‘quv xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega . Balandlikka chiqish uchun narvonlar, havozalar, so‘rilar qo‘llanadi. Ularning balandligi bajariladigan ish xarakteriga mos bo‘lishi kerak. Tirab qo‘yiladigan narvonlarning va ikki oyoqli narvonlarning tepadagi ikki pog‘onasida turib ishlash man’ qilinadi. Narvonning balandligi 5 m dan oshmasligi kerak. Narvonlarni vaqt-vaqti bilan sinovdan o‘tkazib turish lozim. Buning uchun narvonni tirab (gorizont bilan 60 -70 gradusli burchak hosil qilib ) bitta pog‘onasining o‘rtasiga yuk 2 minut osiladi ( 6 oyda 1 marta ). Agar yuk olinganda shu joyda deformatsiya bo‘lsa, demak narvonlarni ishlatish man’ etiladi. Agar ishlar 4 m dan ortiq, ammo 7 m dan past balandlikda olib borilsa, bunda ko‘chma havozalarda (piramida yoki platformalardan) foydalaniladi. Bular kamida ikki kishiga mo‘ljallangan, maydonchasi panjarali bo‘lgan, roliklarda g‘ildiratib yuriladigan vishkalardir. Ishlash vaqtida piramidalarning roliklari qotiriladi, surishda esa ularning ustida odamlar ham, asboblar ham yuk bo‘lishi kerak. Agar 7 m dan yuqori bo‘lgan balandlikda ishlar olib borilsa, bunda qo‘zg‘almas havozalardan foydalaniladi. Bularning eni kamida 1 m bo‘lishi lozim. Ular panjara bilan ihotalangan bo‘lishi kerak. Panjara balandligi 1 m.dan kam bo‘lishi mumkin emas va maydonchalarga mahkamlangan bo‘lishi shart. Ular inventar bo‘lishi lozim, ya’ni vaqtincha ish joyida tayyorlangan emas, zavodda tayyorlanib, sinovlardan o‘tkazilib va pasportda belgilangan bo‘lishi kerak. Balandlikda ishlashga faqat instruktaj o‘tilgan, 5 m dan ortiq balandlikda esa tibbiyot ko‘rigidan ham o‘tgan shaxslargina qo‘yiladi.
Tirab qo‘yiladigan narvonlarda ishlash man’ qilinadi: a) aylanib turgan transmissiyalar, tasmalar, ishlab turgan mashinalar yonida yoki ular ustida; b) tasodifan tegib ketishdan himoya qilinmagan, kuchlanish ta’sirida turgan qismlar yaqinida; v) 2, 5 m dan yuqori balandlikda elektrlashtirilgan yoki pnevmatik asboblardan foydalanilganda; g) kesimi 4 kv. mm dan katta simlarni tortishda. Suv xo‘jaligida elektr energiyasining hamda elektr uskuna va qurilmalarining keng miqyosda ishlatilishi bajariladigan ishlar unumdorligini va sifatini oshirishga olib keladi. Shu bilan birgalikda ba’zi bir holatlarda, mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan, elektr toki ishlovchilar sog‘ligi va hayoti uchun katta xavf tug‘diradi. Ishlab chiqarishda yuz bergan jarohatlanishlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, elektr toki bilan jarohatlanish ishlab chiqarishdagi umumiy jarohatlanishning o‘rtacha 1- - 1, 5 foizini tashkil qiladi, lekin o‘lim bilan tugagan umumiy baxtsiz hodisalarning esa 30-- 40 foizi elektr toki ta’siri natijasida yuz berganligi aniqlangan. Bu ma’lumotlar elektr tokining ishlab chiqarishdagi o‘ta xavfli omillardan bittasi ekanligini ko‘rsatadi. Bundan elektr qurilmalarida ishlashda texnika xavfsizligining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati qanchalik katta ekanligi ko‘rinib turibdi.
Demak, elektr qurilmalaridagi elektr toki xavfli omil hisoblanadi. Ishlayotganlarga ishlab chiqarish xavfli omillari ta’sirining oldini oluvchi tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar tizimi texnika xavfsizligi deyiladi. Ishlovchilarga elektr toki, statik elektrlanish, atmosfera elektri va elektromagnit maydonining xavfli omillari ta’sirining oldini oluvchi tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar tizimi elektr xavfsizligi deyiladi. Elektr qurilmalaridagi texnika xavfsizligi, avvalo elektr tokidan shikastlanish hollarining oldini olishga qaratilgan. Elektr tokidan shikastlanish oqibatida ro‘y beradigan baxtsiz hodisalarning ko‘p qismi kuchlanishi 1000 V gacha (380/220/127 V) bo‘lgan elektr qurilmalarida sodir bo‘lishi aniqlangan. Binobarin, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlovchilar, elektr texnikaga doir bilimlaridan qat’iy nazar, ko‘pchilikni tashkil etadi. Odam sezgi organlarining elektr toki xavfini oldindan sezmasligi kuchlanish ta’siriga tushish ehtimolligini oshiradi. Elektr qurilmalarida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilar: kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish yoki ularga xavfli masofada yaqinlashish; tokning yerga yoki elektr jihozning korpusiga tutashishi va normal sharoitda kuchlanish ostida bo‘lmaydigan metall qismlarda kuchlanishning vujudga kelishi; ishchining yanglish harakati, shuningdek, kommutatsion apparatlar bilan noto‘g‘ri ishlashi natijasida ishchilar ishlayotgan uzib qo‘yilgan qismlarda kuchlanish paydo bo‘lishi va h. k.
Texnik va tashkiliy himoya choralari tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqin kelmaslikni va ularga tasodifan tegib ketmaslikni ta’minlashi, tokning korpusga yoki yerga tutashganida shikastlanish xavfini bartaraf qilishi, shaxsning elektr ustanovkalardagi yanglish harakatining oldini olishi kerak. Elektr ustanovkalarda ishlovchi shaxs muntazam o‘qitib turilishi, texnika xavfsizligi bo‘yicha uning bilim va mashqlari tekshirilishi kerak, u doim shaxsiy himoya vositalaridan foydalanib ishlashi shart. Shunday qilib, xavfsizlik talablari faqat jihozgagina emas, balki xizmatchilarning malakasi va xulqiga ham qo‘yiladi. Elektr qurilmalaridagi texnika xavfsizligi mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST), elektr qurilmalarining o‘rnatilishi, texnika xavfsizligi va texnik foydalanish qoidalari, (GOSTlar: 12. 1. 009—76, 12. 1. 006—76, 12. 2. 007. 0—75—12. 2. 007. 14—75, 12. 1. 019—79, 12. 1. 018—79, 12. 2. 020— bilan reglamentlangan. Elektr xavfsizligi bo‘limining maqsadi — talabalarni suv xo‘jaligida qo‘llaniladigan elektr uskunalarida yuzaga keladigan xavf bilan, elektr toki ta’siridan himoyalanish usullari va vositalari bilan, elektr uskunalarida ishlarni xavfsiz bajarish qoidalari, shuningdek, baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatish qoidalari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Elektr toki ishlab chiqarishdagi o‘ta xavfli omillardan bittasidir. Elektr tokining xavfli omil sifatida 5 ta o‘ziga xos xususiyati mavjud: elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi tashqi belgilarining yo‘qligi, ya’ni inson elektr toki xavfini oldindan ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi, qulog‘i bilan eshitmaydi va na hid bilish organlari bilan seza oladi; elektr toki bilan jarohatlanish oqibatining og‘irligi: elektr tokidan jarohatlanish natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotishning uzoq muddatli bo‘lishi, jarohatlanishlarda o‘lim hodisasi chastotasining nisbatan yuqoriligi, jarohatlanish sodir bo‘lgan birinchi kunlardagi ishchining o‘zini yaxshi sezishiga qaramasdan, tok ta’sirida uning organizmida boshlangan qaytarib bo‘lmas patologik buzilishlar asta-sekin rivolanishi natijasida uning bir necha oydan keyin ham ish qobiliyatini yo‘qotishi yoki umuman halok bo‘lishi; insonning o‘tkazgichga tok ta’sirida “yopishib qolish” holatining yuzaga kelishi: sanoat chastotasidagi, kuchi 15. . . 25 ma bo‘lgan tok ta’sirida inson muskullarida jadal titrash va tortilib qolish holati sodir bo‘ladi, buning natijasida u o‘zini mustaqil ravishda tok ta’siridan qutqara olmaydi;tok ta’siri oqibatida inson tomonidan mexanik jarohat olish ehtimolining mavjudligi: tok ta’sirida inson tanasi muskullarining beixtiyor talvasali ravishda qisqarishi natijasida mexanik jarohatlanishlar yuz beradi. Bunda terida yorilishlar, qon tomirlarida va nerv tolalarida uzilishlar, suyak chiqishlari va sinishlari sodir bo‘ladi. Undan tashqari ishchi balandlikda ishlayotganda tok ta’siriga tushsa, hushini yo‘qotadi va yiqilib tushishi natijasida mexanik jarohat ham olishi mumkin; elektroftalmiya: elektr yoyida hosil bo‘ladigan kuchli ultrabinafsha nurlarining ta’sirida inson ko‘zi to‘qimalarining shikastlanishi. Elektr tokining xavfli omil sifatida tirik to‘qimalarga (organizmga) ta’sir qilishining ham, boshqa xavfli omillarga o‘xshamagan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
|