Mavzu Elektr o’tkazgichlarning markalari, ishlatilish sohalari




Download 6,42 Mb.
bet28/85
Sana08.02.2024
Hajmi6,42 Mb.
#153069
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Bog'liq
1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja

27 Mavzu Elektr o’tkazgichlarning markalari, ishlatilish sohalari
Reja;
1 Elektr o’tkazgichlar
2 Elektrotexnik materiallar
Zamonaviy ilm-fan va texnikaning ilg‘or yutuqlaridan foydalanib kimyoviy usulda tayyorlanayotgan materiallar sun’iy o‘tkazgich, 5 yarim o‘tkazgich yoki muhofazalovchi (dielektrik) materallar bo‘lib, tarkibida elektronlar, erkin elektronlar, manfiy ionlar va dipol molekulalar aksariyatni tashkil etsa, bunday materiallar sun’iy o‘tkazgich materiallar deyiladi.
Agarda tarkibida proton, neytron, va musbat ionlar soni o‘tkazgich materiallardagi elektr o‘tkazuvchan zarrachalar soniga teng bo‘lsa yarim o‘tkazgich, agarda ulardan ortiq bo‘lsa yomon o‘tkazgich yoki dielektrik materiallar deyiladi. Elektrotexnika sohasida ishlatiladigan mavjud materiallarni asosan 4 turga bo‘lish mumkin.
Bularga o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar izolyatsiya va nihoyat magnitlanuvchi materiallar kiradi. O‘tkazgich materiallar-qattiq metall yoki nometall materiallar bo‘lib, solishtirma o‘tkazuvchanligi juda yuqori va solishtirma qarshiligi juda kichkina bo‘lgan materiallardir.
Bularga davriy sistemasidagi aksariyat rangli metallar: oltin, kumush, mis, alyumin va ularning aralashmalari, temir, po‘lat kabi o‘ta o‘tkazgich materiallar misol bo‘la oladi. Elektr izolyatsiyalovchi materiallar ikki turga tabiiy-muhofaza va sun’iy-dielektrik materiallarga bo‘linadi.
Tabiiy izolyatsiya (muhofaza)lovchi materiallariga – yog‘och, rezina, kauchuk, qog‘oz tabiiy mum-saqichlar, paxta mato, o‘simlik moylari, havo va h.k. shunga o‘xshash tabiiy materiallar kiradi. Dielektrik materiallarga sun’iy usulda olingan – sun’iy rezina, kapron, polietilen, polixlorvinilid, viniplast, tekstolit, transformator moyi, sovol, sovtol va h.k. kimyoviy sintez usulida olingan materiallar kiradi.
Yarim o‘tkazgich materiallarda elektr o‘tkazuvchanlik jarayonida elektronlar (n) bilan birga aksariyat teshikli va nuqsonli elektronlar (p) hisobiga ro‘y beradi. Shu sababli elektronli n-p elektr o‘tkazuvchanlik yoki teshikli, nuqsonli yoki p-n o‘tkazuvchanlik iborasi ishlatiladi. Magnit materiallar elektrotexnika uskunalarida magnit oqimini hosil qilish uchun ishlatiladi. Magnit materiallar temir va uning nikel, kobalt va shunga o‘xshash materiallar bilan birikishi natijasida vujudga kelib, qattiq yoki yumshoq magnitlar hosil qilishda ishlatiladi.
Elektrotexnik materiallar, shu jumladan dielektriklar texnikada muhim o‘rinni egallaydi. Ma’lumki har qanday oddiy yoki murakkab elektrotexnik qurilma yoki radiotexnik asbob-uskuna, uning tarkibiy qismi bo‘lgan o‘tkazgich, yarim o‘tkazgich yoki dielektrik materialsiz to‘g‘ri faoliyat ko‘rsata olmaydi. Tabiiy izolyatsiya materiallaridan farqli o‘laroq, dielektrik materiallar elektrotexnik materiallarning alohida turiga mansub bo‘lib, elektromagnit maydoni bilan ta’sirlashganda ma’lum xususiyatlarni namoyon etadi.
Bu xususiyatga ko‘ra ular elektrotexnika sanoatida asosiy o‘rinni egallaydi. Odatda dielektrik materiallar elektr qurilmalarda elektr muhofazalovchi vosita sifatida ishlatilib, ularning vazifasi oqib o‘tuvchi toklarni elektr sxemasida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatini chegaralashga qaratilgan. Ayrim hollarda dielektriklar elektromagnit to‘lqinlarini tarqatuvchi muhitni vujudga keltiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Har qanday holatda ham dielektriklar passiv pozitsiyani egallaydi, undan muhofazalovchi vosita sifatida foydalanilganda tashqi muhit shartlari, elektromagnit tebranish to‘lqinlari ta’sirida dielektrik materiallarda vujudga keluvchi o‘zgarishlar va hodisalar inobatga olinmaydi. Elektr kondensatorlarda dielektriklar ayni olingan aniq holatda talab etilgan sig‘imni hosil qiladi. Ammo, oddiy (chiziqli) kondensatorlarda dielektrikka passiv muhofaza qiluvchi sifatida qaraladi.
So‘nggi paytlarda elektrotexnika va radiotexnikada aktiv boshqariladigan dielektriklar atamasi bilan dielektrik materiallarga keng o‘rin berilgan. Ulardan faqat passiv elektr muhofazalovchi material sifatida emas, balki har xil texnik qurilmalarda sun’iy boshqariladigan va xususiyatini tashqi muhit ta’sirida o‘zgartiradigan material sifatida ishlatiladi. Aktiv dielektriklarga segnetoelektriklar, pezoelektriklar, electretlar va suyuq kristallar mansubdir. Segnetoelektriklarning dielektrik singdiruvchanligi elektr maydonning kuchlanganligiga va haroratga bog‘liq bo‘lsa, pezoelektriklarda mexanik kuchlanish ta’sirida elektr zaryadini qabul qilish hodisasi ro‘y beradi, tashqi elektr maydon ta’sir etganda esa deformatsiyalanadi (buziladi, sinadi).
Elektret materiallarda o‘rab turgan tashqi maydon ta’sirida kuchli elektro-statik maydonning vujudga kelishi natijasida elektr 7 zaryadini uzoq muddatgacha saqlash qobiliyatini e’tiborga olgan holda doimiy magnitlarning ayniyligi sifatida qarash mumkin. Shu sababli, “Dielektrik materiallar” tushunchasi “Elektr muhofazalovchi” tushunchasidan birmuncha kengroq ma’noga ega.


Download 6,42 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Download 6,42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu Elektr o’tkazgichlarning markalari, ishlatilish sohalari

Download 6,42 Mb.