|
Mavzu Ajratgichlarni, Yuklama uzgichlarni. Moyli uzgichlarni releli himoyasi. O’lchov tok transformatotlarni montaj qilish
|
bet | 46/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja45 Mavzu Ajratgichlarni, Yuklama uzgichlarni. Moyli uzgichlarni releli himoyasi. O’lchov tok transformatotlarni montaj qilish
Reja;
1 Ajratgichlar
2 Ajratgichlar elektr qurilmalari
Ajratkich kontaktli kommutatsion apparat bo‘lib, u toksiz va kichik tokli elektr zanjirlarni ulash yoki uzish uchun xizmat qiladi. Ajratkich xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uzilgan holatda kontaktlar o‘rtasida izolyatsiya oralig‘iga ega bo‘ladi. Ta’mirlash ishlari paytida ta’mirga chiqarilgan apparatning tok o‘tkazuvchisi va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlar orasida ajratgich yordamida ko‘rinadigan uzilish hosil qilinadi. Ajratgichlar yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki ajratgichlarning kontakt tizimi yoy so‘ndiruvchi qurilmaga ega emas, shuning uchun yuklama toklarini noto‘g‘ri uzish hollarida turg‘un yoy hosil bo‘lib, bu hol fazalararo qisqa tutashuvga va ishchilarning hayoti uchun xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Ajratkichni ishlatishdan oldin zanjir uzgich yordamida uzilgan bo‘lishi kerak. Shuning bilan bir qatorda elektr qurilmalarining sxemalarini soddalashtirish uchun quyidagi amallarni bajarishda ajratgichlarni ishlatishga ruxsat etiladi:elektr tarmog‘ida yerga tutashish bo‘lmasa, transformatorlarning neytrali va yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarni uzish va ulash,shinalarning zaryad tokini va hamma kuchlanishlardagi asbob uskunalarni (kondensatorlarning batareyalaridan tashqari) uzish va ulash;10 kV va undan past kuchlanishlarda 15 A gacha bo‘lgan yuklama tokini ochiq joyga o‘rnatilgan uch qutbli ajratkich yordamida uzish va ulash; agar ajratkich kichik qarshilikli parallel zanjir (shina ulagich yoki aylanib o‘tuvchi uzgich bilan) bilan ishonchli shnurlangan bo‘lsa, u yordamida uzish va ulash; ajratkich va uzgichlar yordamida kuch transformatorlarining kichik magnitlovchi toklarini hamda havo va kabel liniyalarining zaryadlovchi tokini uzish va ulash. Ajratkich uzadigan tok uning konstruksiyasi (pichoqlarining gorizontal, vertical joylashuvi) ga, qutblari orasidagi oraliqqa, qurilmaning nominal kuchlanishiga bog‘liq bo‘lganligi uchun bunday amallarni bajarishga maxsus yo‘riqnomalar va direktiv ko‘rsatmalar asosida ruxsat beriladi. Agar zanjirda ajratkich va uzgich bo‘lsa, u holda magnitlovchi tok va zaryad toklarini uzish va ulashda bunday amallarni tez bajaradigan prujinali yuritmaga ega bo‘lgan uzgichdan foydalanish lozim. Ajratgichlar elektr qurilmalarning sxemalarida muhim ahamiyatga ega. Butun elektr qurilmasining ishonchli ishlashi ajratgichlarning ham ishonchli ishlashiga bog‘liq . Shu sababli ularga quyidagi talablar qo‘yiladi: havoda ko‘rinadigan uzilish hosil qilish (bunday holatda elektr mustahkamligi maksimal impuls kuchlanishiga mos kelishi kerak); qisqa tutashuv toklari o‘tganida elektrodinamik va termik turg‘un bo‘lish; o‘z-o‘zidan uzilib (o‘chib) qolmaslik; eng noqulay ish sharoitlarida (muzlash, qor, shamol va shu kabilarda) ham aniq uzish va ulash imkonini berish. Ajratgichlar qutblarining soniga qarab bir va uch qutbli, qurilma turiga qarab ichki va tashqi qurilmalar uchun, konstruksiyasi bo‘yicha - kesuvchi, aylanma, g‘ildirovchi va osma tiplarda bo‘linadi. O‘rnatilish usuliga qarab pichoqlar vertikal va gorizontal joylashgan ajratgichlarga bo‘linadi. Ichki qurilmalar uchun ajratgichlar. Ichki qurilmalar uchun bir qutbli (RVO) yoki uch qutbli (RV, RVK, RVRZ va shu kabi) ajratgichlar qo‘llaniladi. Uch qutbli ajratgichlar umumiy ramada yoki har bir qutb uchun alohida ramada tayyorlanishi mumkin. Har bir qutb ajratkichning yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A gacha bo‘lgan toklarga ajratkichning pichog‘i ikkita mis qatordan, katta toklar uchun esa uch-to‘rt qatordan iborat bo‘ladi. Shina konstruksiyalaridagi kabi, katta toklarda materialdan yaxshi foydalanish uchun, qo‘zg‘almas kontaktlar qutisimon kesimda, ajratkich pichog‘i esa tog‘ora shaklda tayyorlanadi. Kesuvchi tipdagi ajratgichlarda pichoq qo‘zg‘almas kontaktlardan birining atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi. Kontaktlarda kerakli bosim prujinalar orqali hosil qilinadi. Kesuvchi tipdagi ajratgichlar kontakt tizimining tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Izolyator 1 da to‘g‘ri burchak ostida bukilgan mis shina mahkamlangan bo‘lib, u qo‘zg‘almas kontakt 2 hisoblanadi. Kontakt 2 ning yon tomonlari silindrik sirt ko‘rinishida ishlangan, shuning uchun pichoq 6 plastinalari bilan chiziqli kontakt hosil qiladi. Sterjen 5 ga o‘rnatilgan prujinalar 4 po‘lat plastinalar Z ni bosadi, plastinalar chiqqan joylari bilan pichoqlarni qo‘zg‘almas kontaktga siqadi. Kontaktda bosim qancha katta bo‘lsa, o‘tish qarshiligi shunga kichik bo‘ladi, lekin uzishlar va ulashlardagi ishqalanish hisobiga kontaktlar yeyilishi va amallarni bajarish paytida ajratkichning harakatlanuvchi qismlarini yurgizish uchun katta kuch talab etiladi. Qisqa tutashuv toklarining o‘tishi paytida tokning pichoq plastinalaridan kontaktlarga o‘tish joylarida elektrodinamik kuchlar hosil bo‘ladi. Ular kontaktdan pichoqlarni itarishga harakat qiladi. Boshqa tomondan, pichoq plastinalari bir tomonga yo‘nalgan toklarning o‘zaro ta’siri sababli bir-biriga tortiladi. Qisqa tutashuv toklari katta bo‘lganda itarish kuchlari plastinalar pichoqlarining tortish kuchidan katta bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida plastinalar pichoqlarini kontaktdan otilib chiqishiga, yoyning paydo bo‘lishiga, ya’ni avariya sodir bo‘lishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun, ajratgichlarda magnit qulf qurilmasi ko‘zda tutiladi. U pichoq tashqarisiga joylashgan ikkita po‘lat plastinalar 3 dan iborat bo‘lib, birinchidan, prujinalar bosimini uzatish uchun xizmat qilsa, ikkinchidan, qisqa tutashuv toklaridan magnitlanib bir-biriga tortiladi va kontaktda qo‘shimcha bosim hosil qiladi. Ikkinchi izolyatordagi ajratkichning kontakt tizimi ham shunday konstruksiyaga ega, faqat kontaktlar sirpanuvchi, sharnirli, lekin ajralmaydigan bo‘ladi, chunki pichoq o‘q 7 atrofida aylanadi. Yerga tutashtiruvchi pichoqlar bo‘lsa, ular sharnirli yoki ajrovchi kontaktlar tomonida yoki ikkala tomonda joylashishi mumkin. Uch qutbli qurilmalarda, ular umumiy mis shinalar bilan qisqa tutashtiriladi.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1. Ajratgich nima?
2. Ajratgichlarning turlarini ayting?
3. Ajratgichlarni qanday tanlanadi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu Ajratgichlarni, Yuklama uzgichlarni. Moyli uzgichlarni releli himoyasi. O’lchov tok transformatotlarni montaj qilish
|