|
Mavzu Butlangan tarqatish qurilmalarini montaj qilish. Transformatorning ta’rif va belgilanishi. Transformatorni releli himoyasi
|
bet | 47/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja46 Mavzu Butlangan tarqatish qurilmalarini montaj qilish. Transformatorning ta’rif va belgilanishi. Transformatorni releli himoyasi
Reja;
1 Transformatorlarni ishlatish jarayoni
2 Havo va moyni majburiy aylanishi
Transformatorlarni ishlatish jarayonida ularni ishonchli ishlashi ta’minlanishi lozim. Yuklamalar, kuchlanish me’yori, transformatorlarning alohida qismlarining harorati, moyning harakteristikalari va izolyasiya parametrlari o‘rnatilgan me’yorlari chegarisida bulishi kerak. Sovutish tizimi, kuchlanishni rostlash va boshqa tarkibiy qismlari shuningdek, doimiy vositalari bo‘lmish yong‘in o‘chirish, moy qabul qilgich, moy chiqqishlar va moy to‘plagichlar soz bo‘lishi kerak.
Yong‘in o‘chirish tizimi avtomatikasi bir yilda bir marotaba sinovdan o‘tishi kerak.
Ochiq taqsimlash qurilmalaridagi transformatorlar baklarida stansiya yoki podstansiya tomonidan belgilangan tartib raqamlari, hamda ushbu raqamlar eshiklarda va kameralarda shuningdek transformator punktlarining ichida bo‘lishi kerak.
Ochiq taqsimlash qurilmalarida joylashgan transformatorlar tabiat hamda moy
ta’sirlariga chidamli och rangli bo‘yoqda bo‘yalmog‘i lozim.
Transformatorlarni sovutish tizimlari ikkita manbadan ta’minlanishi, moyni majburiy aylanishi tizimli transformatorlarda esa zahirani qayta o‘lash tizimi orqali ulanishi kerak.
Kuchlanishni yuklama ostida rostlash qurilmasi avtomatik holatda ishga shay holatda bo‘lishi kerak. Transformator kuchlanish ostida bo‘lganda kuchlanishni yuklama ostida rostlash qurilmasini qulda uzib ulash man etiladi.
Havo va moyni majburiy aylanishi (DS) hamda suv va moyni majburiy aylanishli (S) tizimlari transformatorlarda ishga tushganda (o‘chirilganda) tranformator bilan bir vaqtning o‘zida ishga tushishi (o‘chirilishi) kerak. Moyni majburiy aylanishi yuklamadan qatiy nazar uzluksiz bo‘lishi, sovutish tizimini ishga tushirish (o‘chirish) tartibi ishlab chiqaruvchi yo‘riqnomasi bo‘yicha aniqlanishi kerak.
3.1 – rasm. TЦ-630000/330 tipli kuch transformatori zovodning tajriba zalida.
Transformatorlarning havoni majburiy aylanishli va moyni tabiiy aylanish (Д) tizimlaridagi ventilyatorlarning motorlari moy harorati 55 0C etganda yoki nominal yuklamada ishga tushmog‘i hamda moy harorati 50 0C tushganda yuklama toki nominal tokdan kichik bo‘lsa avtomatik tarzda o‘chirilishi kerak.
Moy-suvli sovutish tizimli transformatorlarning kengaytirgichlaridagi moy sathini eng kam miqdorida moy sovutgichlaridagi moy bosimi quvurlardan aylanayotgan suv bosimidan 10 kPa dan kam bo‘lmasligi kerak.
Elektr stansiya va nimstansiyalariga o‘rnatilgan uch fazali transformatorlar eng ko‘p tarqalgan, chunki ularda jami quvvati xuddi shuncha bo‘lgan uchta bir fazali transformatorlarga qaraganda isroflar 12—15%, aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20—25% kam.
3 .2-rasm. Transformatorlarning prinsipial sxemalari: a)ikki chulg‘amli; b)-uch chulg‘amli;
v)-past kuchlanishli ajratilgan chulg‘amli.
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 MVA gacha, 330 kV kuchlanishli, quvvati 1000
MVA li uch fazali transformatorlarni va
500/110 kV li, birlik quvvati
250 kVA li avtotransformatorlarni ishlab chiqarish imkoniyatini berdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu Butlangan tarqatish qurilmalarini montaj qilish. Transformatorning ta’rif va belgilanishi. Transformatorni releli himoyasi
|