• 2 Moyli bakli uzgichlar
  • Mavzu bo‘yicha savollar
  • 1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja




    Download 6,42 Mb.
    bet45/85
    Sana08.02.2024
    Hajmi6,42 Mb.
    #153069
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
    Bog'liq
    1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja

    Mavzu bo‘yicha savollar:
    1. Saqlagich turlarini ayting?
    2. Saqlagich nima uchun kerak?
    3. Saqlagichlar qanday tanlanadi?
    Mustaqil ishlar:
    1. Saqlagichlarni o‘rnatishga tayyorlash.
    2. Saqlagichlarni montaj qilish .

    44 Mavzu Podstansiyalarning konstruktiv tuzilishi haqida umimiy ma’lumot
    Reja;
    1 Uzgichlar elektr qurilmalarida asosiy kommutatsion apparati
    2 Moyli bakli uzgichlar
    Uzgichlar elektr qurilmalarida asosiy kommutatsion apparat hisoblanib, istalgan holatlarda: uzoq muddatli yuklamada, o‘ta yuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuvga ulash eng og‘ir mas’uliyatli amal hisoblanadi. Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: - o‘rnatilgan zanjirida istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish; - tez ishlash, ya’ni uzish vaqtining kichik bo‘lishi; - avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni uzgichlar uzilgan zahoti tez qayta ulash; - 110 kV va undan yuqori kuchlanish uzgichlari uchun faza (qutb) bo‘yicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi; - kontaktlarini kuzatish va nazorat qilishning qulayligi; - yong‘in va portlashga qarshi xavfsizligi; - tashish va uni ishlatishning qulayligi.
    Moyli bakli uzgichlar. Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyatsiyalash uchun xizmat qiladi. 1- kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo‘lgan ayrim uzgichlarning turlarida) uzgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari joylashtiriladi, kuchlanish katta bo‘lganda esa har bir faza alohida baklarda o‘rnatiladi. Unda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lmaganligi sababli uzish qobiliyati yuqori emas. Bunday uzgichlar 6-10 kVkuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun moyli bakli uzgichlarning tuzilishi soddaligi sababli ular hozirgi paytda ham yetarli darajada keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ularda maxsus o‘chirish kameralari ham mavjud. Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosimning hosil bo‘lishi yoyda ajraladigan energiya hisobiga ta’minlanadigan avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar; - yoy zonasiga moy maxsus gidravlik mexanizm yordamida yuboriluvchi majburiy puflash liniyasiga ega bo‘lgan yoy so‘ndiruvchi qurilmalar; - magnit maydoni ta’sirida yoy tor kanal tirqishlariga yo‘naltirilish orqali so‘ndiriluvchi magnitli yoy so‘ndiruvchi qurilmalar. Moyli bakli uzgichlarning asosiy afzalliklari: tuzilishining soddaligi; tashqi qurilmalar uchun ham yaroqliligi; joylashtirilgan tok transformatorlarining mavjudligi. Moyli bakli uzgichlarning kamchiliklari: portlash va yong‘in sodir bo‘lishi jihatidan xavfliligi; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va sathini davriy nazorat qilib turish zarurligi; ko‘p hajmdagi moyning talab etilishi; xonaning ichida o‘rnatish mumkin emasligi; tez ta’sir etuvchi AQUni ishlatish mumkin emasligi; metall sarfining ko‘pligi; massasi va gabaritining kattaligi sababli bir joydan ikkinchi joyga olib borish, montaj qilish va sozlashning noqulayligi. Kam moyli uzgichlar. Kam moyli uzgichlar hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlovchi qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Bu uzgichlarda moy asosan yoyni so‘ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolyatsiya muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlari birbiridan va yerga tutashtirilgan qismlardan chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi materiallar yordamida izolyatsiyalanadi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega bo‘ladi. 6-10 kV kuchlanishli osma tipdagi uzgichlar keng tarqalgan. Bu uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so‘ndiruvchi kamera nazarda tutiladi. a-rasmda VMG-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi ko‘rsatilgan. b-rasmda esa VMP tipdagi kam moyli osma uzgichninng konstruktiv sxemasi tasvirlangan. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ishchi va yoy so‘ndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun uzgichning tashqarisiga ham kontaktlar, metall bak ichiga esa yoy so‘ndiruvchi kontaktlar o‘rnatiladi Uziladigan tok katta bo‘lganda har bir qutbga ikkitadan yoy so‘ndiruvchi uzilish joyi mavjud bo‘ladi SHu sxema asosida MGG va MG seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli uzgichlar ishlab chiqariladi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (8. 20, drasm). 35, 110 kV uzgichlarda har bir qutbga bitta uzilish bo‘lib, katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish bo‘ladi. Kam moyli uzgichlarning afzalliklari: talab etiluvchi moy miqdorining kamligi; massasi va gabaritining kichikligi; yoy so‘ndiruvchi kontaktlarga borishning moyli bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha qulayligi; unifikatsiyalangan tugunlarni ishlatish orqali turli kuchlanishlarga uzgichlarni turli seriyalarini yaratish imkonining mavjudligi. Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: portlash va yong‘in xavfining mavjudligi (bakli uzgichlardagiga nisbatan ancha kam bo‘lishiga qaramasdan); tez ta’sir etuvchi AQU ni amalga oshirish mumkin emasligi; moyni davriy tarzda nazorat qilib, kamini quyib to‘ldirib turish va yoy so‘ndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez -tez almashtirib turish zarurligi; o‘rnatiluvchi tok transformatorlarini joylashtirishning noqulayligi; uzish qobiliyatining nisbatan pastligi. Kam moyli uzgichlarning qo‘llanilish sohasi – 6, 10, 20, 35 va 110 kV kuchlanishli stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari; 6, 10, va 35 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmalari; 35 va 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalari. Havoli uzgichlar. Havoli uzgichlarda yoy siqilgan havo yordamida so‘ndiriladi, tok o‘tkazuvchi qismlar yoy so‘ndiruvchi qurilmadan chinni yoki boshqa izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi. Havoli uzgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha bo‘lib, ular nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliqni hosil qilish va yoy so‘ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga ko‘ra farqlanadi. Katta nominal tokka mo‘ljallangan uzgichlarda (8. 21, a, b-rasm) kam moyli MG vaMGG tipidagi uzgichlarga o‘xshash bosh va yoy so‘ndiruvchi kontaktlar mavjud. Bunday uzgichlarda havoni purkash bo‘ylama yoki ko‘ndalang yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy so‘ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo‘li bilan yoki ochiq joylashgan maxsus ajratkich 5 yordamida hosil qilinadi. Ajratkich 5 uzilgandan so‘ng kameraga siqilgan havo haydalishi to‘xtatilib, yoy so‘ndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan uzgichlar ichki qurilmalar uchun 15 va 20 kV kuchlanish va 20000 A gacha toklarga mo‘ljallab (VVG seriyasi) ishlab chiqariladi. Ochiq qurilmalardagi uzgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashtirilib, ularda 35 kV kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish, 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish joyi mavjud bo‘ladi Nominal kuchlanish qancha yuqori va uziladigan quvvat qancha katta bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi kamerada va ajratkichda shuncha ko‘p uzilish joylari mavjud bo‘lishi kerak. Odatda, 330 kV ga – sakkizta; 500 kV ga – o‘nta uzilish joylari mavjud bo‘ladi. . Ko‘rilgan konstruksiyalarda uzgichlarning asosi oldida joylashgan idishdan havo yoy so‘ndiruvchi kameraga beriladi. Agar kontakt tizimi yerdan izolyatsiyalangan siqilgan havo idishiga joylatirilsa, u holda yoyni so‘ndirish tezligi ancha ortadi. Shunday prinsip VVB seriyali uzgichlarga asos qilib olingan. Bunday uzgichlarda ajratkich bo‘lmaydi, uzgich uzganda bir vaqtning o‘zida siqilgan havo idishi hisoblangan yoy so‘ndiruvchi kamera 2, purkash klapanlari orqali atmosfera bilan tutashadi, bunda yoyni so‘ndiruvchi purkash hosil bo‘ladi. Uzilgan holatda kontaktlar siqilgan havo muhitida bo‘ladi. Bunday konstruktiv sxema asosida 750 kV gacha kuchlanishga mo‘ljallangan uzgichlar yaratilgan. Yoy so‘ndiruvchi kameralar(modullar)ning soni kuchlanishga bog‘liq. Odatda 110 kV kuchlanishli uzgichda – bitta;220 kV da –ikkita; 330 kV da – to‘rtta; 500 kV da – oltita; 750 kV da – sakkizta kamera mavjud bo‘ladi. Uzilishlar bo‘yicha kuchlanishni bir xilda taqsimlash uchun aktiv qarshilikli 3 va kondensatorli 6 kuchlanish bo‘lgishlari ishlatiladi. 330 kV nominal kuchlanishli ochiq taqsimlovchi qurilmada o‘rnatiluvchi havoli uzgichlarning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Mavzu bo‘yicha savollar:
    1. Yuqori kuchlanish uzgichi nima?
    2. Yuqori kuchlanish uzgichlarining turlarini ayting?
    3. Yuqori kuchlanish uzgichlari qanday tanlanadi?


    Download 6,42 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




    Download 6,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja

    Download 6,42 Mb.