XIZMAT QILUVCHI XODIMLARNING




Download 3,44 Mb.
bet38/121
Sana16.12.2023
Hajmi3,44 Mb.
#120026
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

XIZMAT QILUVCHI XODIMLARNING KIYIM SHAKLLARI


Odamlar mehmondorchilikka borganlarida mezbon yaxshi kiyingan holda, xushchaqchaqlik bilan kutib olsa, mehmonlar behad xursand bo‘ladi. Ofitsiant restoran zalining mezboni, uning yaxshi kiyinishi restoranda kayfiyatni ko‘taradi.
Hamma ham yaxshi kiyinishni yaxshi ko‘radi. Uyda, ko‘chada va ishda hamma vaqt toza, yarashadigan kiyim kiyish kerak. Ofitsiant restoran zalining sohibi, unga ham chiroyli, ham qulay shakldagi kiyim kerak. U kuni bilan ishlaydi, uning harakati kiyimiga mos tushishi kerak. Faqat bugina emas, ofitsiantning butun borlig‘i restoranni bezab turishi lozim.
Har bir restoranning o‘ziga xos kiyimi bo‘lishi lozim. Ular hamma uchun bir xilda, bir xil bichimda bo‘ladi. Ammo bosh ofitsiant kiyimi boshqa ofitsiantlarnikidan nimasi bilandir ajralib turishi kerak. Ba’zi bosh ofitsiant ko‘kragida vizit kartochkasi bo‘ladi. Ofitsiant kiyimlari mavsumga qarab yangilanib turishi mumkin. Restoran xodimlari kiyimlari korxonaning toifasiga bog‘liq. Lyuks va oliy toifadagi restoran xodimlari uchun kiyim sifati yuqori matolardan tikiladi. Boshqa restoranlar uchun arzon materiallardan tayyorlanadi.
Lyuks va oliy toifadagi restoran xodimlari uchun tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida quyidagilar beriladi:

  • erkak bosh ofitsiantlarga: jun kostyum, ko‘ylak, galstuk; ayollarga—jun kostyum, bluzka, galstuk.

  • erkak ofitsiantga—jun kostyum, ko‘ylak, galstuk; ayollarga—yarimjun ko‘ylak, yozgi ko‘ylak.

Restoranlarning boshqa toifadagi xodimlariga:

  • bosh ofitsiant, erkak—yarim jun kostyum, ko‘ylak,
    galstuk; ayollarga—yarim jun kostyum, oq bluzka, galstuk;

  • erkak ofitsiantga— yarim jun kostyum, oq ko‘ylak,
    galstuk; ayollarga—yarim jun ko‘ylak, yozgi ko‘ylak.




Kiyim va poyafzallar nomi

Soni, dona

Kiyilish muddati, oy

Erkaklar uchun

Jun kostyum

1

24


Ko‘ylak, oq

2

12


Galstuk




12


Kitel




24


Yarimbotinka, qora




12


Yarimbotinka, rangli




12

Ayollar uchun

Yarim jun ko‘ylak




12


Ko‘ylak, yozgi




12


Tufli, qora




12




Tufli, rangli




12



Bulardan tashqari yoz paytlari erkak bosh ofitsiantga bitta ofitsiantlarga ikkita yozlik kostyum bo‘lishi kerak. Bosh ofi
yana yasatadi, oshxona va bufetdan mahsulotlar olib kela-di, foydalanilgan idish-tovoq va anjomlarni o‘z vaqti-da yig‘ishtirib oladi, mijozlarga chek yozib beradi, ular bilan hisob-kitob qiladi, mehmonlar turib ketgach, idish-tovoq va boshqa narsalarning hammasini yig‘ishtirib oladi, yangi toza dasturxon solib, navbatdagi mijozlar-ni kutadi.
Biroq xizmat qilishning bu usuli qator kamchiliklardan holi emas. Ofitsiant muntazam ravishda zalni tashlab chiqib turadi, chek yozdiradi, buyurtma beradi, taom va ichimliklar olishga chiqib ketadi, idish-tovoqlar olishga boradi va hokazo. Mijozlarda ofitsiant go‘yo zalni tashlab, o‘z ishi bilan yuribdi, ularga e’tibori kam, degan fikr tug‘iladi. Ofitsiant mijozlarga tez-tez ko‘rinib turishi kerak, chunki ular biror narsa buyurishi, axborot olishi, tezroq hisob-kitob qilishni talab qilib qolishi mumkin. Mijozlar ofitsiantni chaqirtirib yoki o‘zlari orqasidan izlab borib yurmasligi kerak. Shuning uchun ofitsiant har doim zalda bo‘lishi lozim.

Download 3,44 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Download 3,44 Mb.