|
Sug‘urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish
|
bet | 16/46 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 435,18 Kb. | | #99335 |
Bog'liq 1-mavzu risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza reja-fayllar.org4.3. Sug‘urta faoliyatini qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish.
Qonun osti hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari kiradi.
Mustaqillik davrida sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bir qancha Prezident farmonlari qabul qilingan. Ulardan biri 1995 yilning 26 iyulida tashkil etilgan «Madad» sug‘urta agentligi faoliyati bilan bog‘liq Prezident farmonidir. Ushbu farmonga ko‘ra, agentlikning faoliyat yo‘nalishlari ko‘rsatilgan hamda uni 3 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilganligi ta’kidlangan. SHu erda qayd etish kerakki, «Madad» sug‘urta agentiligini tashkil etish bilan bog‘liq Prezident Farmonini ijrosini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgan.
SHu bilan bir qatorda 1997 yil 18 fevralda «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini, 1997 yilning 25 fevralida esa «O‘zagrosug‘urta» davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha Prezident farmonlari qabul qilingan. Bu farmonlarda qayd etilgan kompaniyalar 5 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yil 31 yanvarida «Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmon qabul qildi. Bu farmon sug‘urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada sug‘urta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, sug‘urta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini alohida ta’kidlash joiz. SHuningdek, farmonda 2002 yilning 1 fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinishi va buning natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar aniq maqsadni ko‘zlagan holda mazkur tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shaxobchalarini tashkil etishga, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilishi aniq belgilab qo‘yilgan.
SHunisi e’tiborliki, soliq olishdan bo‘shaydigan mablag‘larni tarkibida davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari ustav jamg‘armalarini ko‘paytirishga yo‘naltirish chog‘ida mazkur mablag‘lar davlatga tegishli ulush miqdoriga qo‘shib hisoblaydi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab to‘rt yil mobaynida sug‘urta tashkiloti tugatilgan yoki u sug‘urta faoliyatini to‘xtatgan hollarda daromad (foyda) solig‘ining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi.
Farmonda belgilab qo‘yildiki, yuridik shaxslarning ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) solig‘ini hisob-kitob qilish chog‘ida qonunchilikda belgilangan me’yorlar doirasida soliqqa tortiladigan baza hisobidan chegirib tashlanadi. 2002 yilning 1 fevralidan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xaridorlarga xizmat qiladigan banklarning kafolatlari yoki eksport shartnomalarining siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda oldindan haq olmasdan va akkreditiv ochmasdan erkin almashtiriladigan valyutaga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishlari mumkin.
|
| |