Sug‘urta vositachilarining sug‘urta munosabatlaridagi o‘rni




Download 435,18 Kb.
bet18/46
Sana15.11.2023
Hajmi435,18 Kb.
#99335
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bog'liq
1-mavzu risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza reja-fayllar.org

5.2. Sug‘urta vositachilarining sug‘urta munosabatlaridagi o‘rni.

Bugungi kunda mamlakatimiz sug‘urta bozorida 42 ta sug‘urta tashkilotlari o‘zlarining keng ko‘lamdagi mahsulotlarini bozorda namoyon qilgan holda sug‘urtalanuvchilarning ehtiyojlarini sifatli va tezkor qondirish yuzasidan tinmay mehnat qilib kelmoqda. Bunday deyilishiga sabab, mamlakatimizda tobora sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi jahon standartlariga yetmagan bo‘lsa ham, yil sayin o‘sish tendensiyasini bajarayotganligini kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa, sug‘urtalovchilar tomonidan muntazam ravishda yangidan-yangi sug‘urta xizmatlarining amaliyotga joriy etilayotgani va ular mijozlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilayotgani sug‘urta bozori taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda. Muntazam ravishda o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilib kelinayotgani kabi hisobot davrida ham sohaga oid juda ko‘p yutuqlarning guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bularning barchasi zamirida avvalo sug‘urta kompaniyalarini xizmat ko‘rsatish tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganligi va sug‘urtalovchilar bilan mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani yotadi.

Sug‘urtalovchi va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi bo‘lishi har ikki tomonga bog‘liq hisoblanadi, sug‘urtalanuvchi o‘z vaqtida va belgilangan tartibda o‘z majburiyatlarini bajarsa, xuddi shunday sug‘urta kompaniyasi ham o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarsa hech qanday noroziliklarga o‘rin qolmaydi. Aynan bugungi kunda har ikki tomon o‘rtasida kelib chiqayotgan nizolarning aksariyat qismi sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish, ularni hal etish va to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Sug‘urta majburiyatlari hajmining oldingi yilga nisbatan umumiy hisobda 150%ga ortganligini juda ko‘p omillar bilan bog‘lash mumkin, jumladan, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchning oshayotganligi, o‘tgan yillarda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mijozlarning da’volari qondirilayotgani, sug‘urta bozorida faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta majburiyatlarining taqsimlanayotgani (chet davlatlar sug‘urtalovchilarini jalb qilmagan holda) va hokazo. Avvalo shuni yodda tutish kerakki, sug‘urta majburiyatlar sug‘urta kompaniyalari uchun juda jiddiy masala hisoblanadi, sababi ular o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarish natijasida hatto o‘z faoliyatlarini to‘xtatishga to‘g‘ri kelish holatlari ham uchrab turadi, demak, sug‘urtalovchilar shunday noqulay vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun muntazam ravishda o‘zlari qabul qilgan majburiyat ustida nazorat ishlarini olib bolrishlari zarur hisoblanadi, ya’ni qabub qilingan ob’ekt hamisha sug‘urtalovchilar diqqat-e’tiborida turishi zarur, buning uchun ular ogohlantirish tadbirlarini amalga oshiradilar, bu esa ularni bankrotlikdan, sug‘urta bozoridagi mavqening tushib ketishidan va eng asosiysi, mijozlar oldidagi ishonchsizlik tamg‘asidan saqlab qoladi.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sug‘urta kompaniyalarining faoliyat natijalari bilan tanishar ekanmiz, aytish mumkinki, sug‘urta bozori rivojlanish tendensiyalarini bajarmoqda. Sug‘urtalovchi va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish amaliyoti esa muntazam takomillashtirilmoda.



Download 435,18 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Download 435,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urta vositachilarining sug‘urta munosabatlaridagi o‘rni

Download 435,18 Kb.