6.2. Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlari va xususiy mulk huquqiga ega jamiyatlari
Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyati «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun bilan bir qatorda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq huquqiy tartibga solinadi. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari yopiq va ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida boshqa mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari bilan bir qatorda aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ular jumlasiga ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalarini, «Madad» sug‘urta agenligini, «Kapital sug‘urta» aksiyadorlik jamiyatlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – ular aksiyalarining fond bozorida erkin savdoga qo‘yilishidir. hozirgi kunda ushbu sug‘urta tashkilotlari tomonidan sotuvga chiqarilgan aksiyalar to‘liq investorlar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lsada, ular ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi ob’ektiga aylangani yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, aksiyadorlik shaklidagi jamiyatlarning, shu jumladan sug‘urta tashkilotlarining oliy boshqaruv organi – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi maxsus vakolatiga quyidagilar kiradi:
Sug‘urta tashkiloti nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;
Sug‘urta tashkilotini qayta tashkil etish;
Sug‘urta tashkilotini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy balansni tasdiqlash;
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining tarkibi va sonini aniqlash, uning a’zolari va raisini saylash;
E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
Sug‘urta tashkilotining ustav kapitalini ko‘paytirish;
Sug‘urta tashkilotining auditorini tasdiqlash;
SHunisi diqqatga sazovorki, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi unda qatnashayotgan aksiyadorlar yoki ularning vakillarining kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lsa, vakolatli deb hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi aksiyadorlar orasidan saylanib, ular umumiy yig‘ilish orlag‘ida aksiyadorlarning manfaatlarini himoya etadi.
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Sug‘urta tashkilotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini belgilaydi;
Obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtiradi;
Sug‘urta tashkiloti filiallari va vakolatxonalarini tashkil etadi va tugatadi.
Yirik kompaniyalar firma boshqarishida ishtirok etishni xohlamagan ko‘p kishilarning kaptalini jalb qiladi. Bu ishni kompaniyalarga o‘z mablag‘larini kiritishni hoxlagan shaxslar bajaradi. Bunday holatda ular aksiyalarni sotib oladi va aksiyadoralar sifatida komipanya egalari bo‘lib qoladi9.
Ular direktorlar kengashini sayladi. Direktorlar kengashi kompaniyani boshqaradi va aksiyalar egalari oldida hisobot beradi. Kompaniya – bu yuridik shaxs hisoblanib, qonuniy maqomga ega. Aksiyadorlarni kompaniya qarzlari uchun javobgarlikka tortish mumkin jemas. Agar ish baroridan kelmasa kompaniya inqiroozga uchrashishi mumkin va aksiyalar qiymati tushib ketadi. Bu esa aksiyadorlarning maksimal yo‘qotishi hisoblanadi. Ular cheklangan mas’uliyatga ega. Buyuk Britaniya iqtisodiyotinging xususiy sektoridaga aksariyat yirik kompaniyalar jamiyati cheklangan jeamiyat hisoblanadi. SHu bilan birga hayot sug‘urtasi bilan o‘zaro jamiyatlar ham shug‘ullanadi.
Keptiv sug‘urta - bu risklarni o‘tkazish usuli bo‘lib, keyingi yillarda yirik milliy va xalqaro sanoat kompaniyalarda qo‘llanilib kelinmoqda. Ta’sischi kompaniya o‘zining sug‘urta va ba’zida sug‘urtaga aloqasi bo‘lmagan risklarni o‘tkazish uchun shu’ba korxonani tashkil qiladi. Amalda esa juda ko‘p sanoat korxonalar uchun bunday firmalarni tashkil qilish uchun bir qator sabablar mavjud edi. CHunki sug‘urta bozori o‘ziga xos bo‘lmagan risklarni sug‘urtalashga yoki ularni to‘liq qoplashga (masalan, tovar ishlab chiqaruvchilarni maxsulot sifati uchun javobgarligini sug‘urtalash) tayyor emas edi.
Asosiy rag‘batlar:
o‘z tajribasiga asoslangan sug‘urta mukofotlarini qabul qilib, risk guruhlarini nazorat qilish ustuvorliklarini qo‘lga kiritish;
bevosita sug‘urtalovchining qo‘shimcha xarajatlarini to‘lamaslik;
qayta sug‘urtalash kabi sug‘urta shartnomalar sonini ko‘paytirish, sug‘urta mukofotlarining yanada past umumiy sathiga erishish. demak ularni oddiy yoki bevosita sug‘urtalovchi talab qilgandan ko‘ra ularni pastroq narxlarda ramiylashtirish;
soliqqa tortish rejimini qulay bo‘lgan hududlarda keptiv firmalarni tashkil qilish.
Barcha bevosita sug‘urtalovchilar o‘zlarida ko‘p risklarning ma’lum ulushini qoldirib, pul mablag‘lari etishmasligi sababli qoplash iloji bo‘lmagan qismini qayta sug‘urtalaydi. To‘g‘ri yoki tijorat bozorida faoliyat olib borib, sug‘urtalovchi vositachi xizmatlar va bozor kon’yukturasining tadqiq qilinishi bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi lozim. Qayta sug‘urtalash bilan bog‘liq sof xarajatlar bevosita sug‘urta xarajatlariga nisbatan ancha past. Arzonroq bozorga kirib borish imkoniyatiga ega bo‘lib, qayta sug‘urtalash risklarning ma’lum qismini ushlab turib, keptiv firma bir guruh kompaniya o‘z-o‘zini sug‘urtalashda foyda keltirish mumkin. Keptiv firmaga to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari korporativ soliq to‘langanda xarajatlar tarkibida odatda hisobga olinadi. Ammo AQSHda soliq ma’muriyat agar firma ta’sis kompaniyaning tashqarisida sug‘urtalashni olib bormasa sug‘urta mukofotini tan olmaydi.
Bu o‘zaro fondlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. unda shu’ba keptiv jamiyatlar o‘rtasida «risklar almashinadi».
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 16-bobi xususiy mulkka bag‘ishlangan bo‘lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko‘rsatilgan. Sug‘urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. SHuningdek sug‘urta tashkiloti mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham tashkil etiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Biz yuqorida sug‘urta tashkiloti qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi.
YUridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan sug‘urta tashkilotining ishtirokchilari bo‘ladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
|