2. Umumiy sug‘urta tarmog‘i
Klass tartib raqami
|
Klassning nomi
|
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar
|
1-klass
|
Baxsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish
|
Quyidagi hollarda:
a) baxsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxsiz hodisa natijasida sog‘liqning qattiq shikastlanishi, yoxud;
b) baxsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;
v) kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2-klass va IV klass bo‘yicha sug‘urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug‘urta qilingan shaxsga sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
2-klass
|
Kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish
|
Sug‘urta ta’minotining belgilab qo‘yilgan pul summasi to‘lanishini yoki kasallik yoki sog‘liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug‘urta turlari jami, biroq hayotni sug‘urta qilish tarmoqlarining IV klassi bo‘yicha shartnomalarni istisno qilgan holda
|
3-klass
|
Er usti transport vositalarini sug‘urta qilish
|
Transport vositalari, o‘zi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi bundan mustasno, yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
4-klass
|
Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibini sug‘urta qilish
|
Harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami
|
5-klass
|
Aviatsiya sug‘urtasi
|
Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob-uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami
|
6-klass
|
Dengiz sug‘urtasi
|
Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami
|
7-klass
|
Yo‘ldagi mol-mulkni sug‘urta qilish
|
Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami
|
8-klass
|
Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish
|
YOng‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda ko‘rsatilganlar bundan mustasno) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami
|
9-klass
|
Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish
|
8-klassda ko‘rsatilmagan do‘l, qalin qor yog‘ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o‘g‘irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda ko‘rsatilgandan boshqa) yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urtaning turlari jami
|
10-klass
|
Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
|
Er usti transport vositalari va boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
11-klass
|
Aviatsiya sug‘urtasi doirasidagi javobgarlikni sug‘urta qilish
|
Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
12-klass
|
Dengiz sug‘urtasi doirasida javobgarlikni sug‘urta qilish
|
Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
13-klass
|
Umumiy fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
|
10, 11 va 12-klasslarda ko‘rsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lgan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
14-klass
|
Kreditlarni sug‘urta qilish
|
Sug‘urta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sug‘urta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
15-klass
|
Kafillikni (kafolatlarni) sug‘urta qilish
|
Sug‘urta qildiruvchining o‘ziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
16-klass
|
Boshqa moliyaviy tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish
|
Quyidagi hollarda:
a) sug‘urta qildiruvchining biznesi (xo‘jalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan biznes (xo‘jalik faoliyati) ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda;
b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda (17-klassda ko‘rsatilgandan tashqari);
v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida ko‘rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
17-klass
|
Huquqiy himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta qilish
|
Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami
|
Sug‘urtani turkumlash (klassifikatsiyalash) - 1) sug‘urta turlarini ierarxiya ko‘rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo‘linishi. Bunda har bir keyingi bo‘g‘in oldingi bo‘g‘inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug‘urta ob’ekti sug‘urtaning toifasi, sug‘urta javobgarligining hajmi va sug‘urta qismining shakli sug‘urtani turkumlashning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. 2) xorij amaliyotida sug‘urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda evropa Ittifoqi davlatlarida sug‘urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va hayotga joriy etilgan.13
Uzoq muddatli sug‘urta
|
Umumiy sug‘urta
|
I
|
Hayot va annuitetlar sug‘urtasi
|
I
|
Baxsiz hodisalardan sug‘urta
|
II
|
Bolalarni tug‘ilish va nikohini sug‘urtasi
|
II
|
Kasallik hodisasini sug‘urtasi
|
III
|
Bog‘langan uzoq muddatli sug‘urta
|
III
|
Avtomobillarni sug‘urtalash
|
IV
|
Sog‘likni uzluksiz sug‘urtalash
|
IV
|
Temir yo‘l sostavini sug‘urtasi
|
V
|
Tontinlar
|
V
|
Havo kemalarini sug‘urtasi
|
VI
|
Kapitallarni qoplashni sug‘urtalash
|
VI
|
Dengiz kemalarini sug‘urtasi
|
VII
|
Nafaqalarni sug‘urtasi
|
VII
|
Yo‘ldagi yuklarni sug‘urtasi
|
|
VIII
|
YOng‘indan va stixiyali hodisalardan sug‘urta
|
|
IX
|
Mulkni zarar etkazishdan sug‘urtasi
|
|
X
|
Avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish mas’uliyatini sug‘urtasi
|
|
XI
|
Havo kemalari egalarining 3g‘chi shaxsga zarar etkazish mas’uliyatini sug‘urtasi
|
|
XII
|
Kema egalarini fuqarolik javobgarligini sug‘urtasi
|
|
XIII
|
Umumiy javobgarlikni sug‘urtasi
|