|
1-mavzu: risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza rejasi
|
bet | 31/46 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 435,18 Kb. | | #99335 |
Bog'liq 1-mavzu risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza reja-fayllar.orgSMQ = SS x YBS x STK / 100 (1)
Shartnoma 1 yildan kam muddatga tuzilganda:
SQM = SS x YBS x STK / 100 / 365 x K (2)
Bu erda:
SMQ – Sug‘urta mukofoti qiymati;
SS – Sug‘urta summasi;
YBS – Yillik bazaviy stavka;
STK – Sug‘urta tarifining mos koeffitsenti;
K – SHartnoma tuziladigan kunlar soni.
Majburiy sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha sug‘urta summasi quyidagicha belgilanadi:
- majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilayotgan sanaga kelib bir yildan ko‘p faoliyat olib borgan ish beruvchi uchun – ish beruvchining barcha xodimlarining ushbu shartnoma tuzilgunigacha o‘tgan o‘n ikki oyda olgan yillik ish haqi hajmida;
- o‘z faoliyatini yangitdan boshlayotgan ish beruvchi uchun – barcha xodimlarning majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgandan keyin keladigan o‘n ikki oy uchun oladigan ish haqi hajmida. Bunda yillik ish haqi miqdori birinchi oydagi ish haqini o‘n ikkiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi;
- o‘z faoliyatini kamida bir yil avval boshlagan ish beruvchi uchun ish beruvchining barcha xodimlari ish beruvchining ushbu faoliyatini amalga oshirish muddatida olgan ish haqi hajmida.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta tariflari asosida hisoblanadi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tarifi ikki tarkibiy qismdan shakllantiriladi: bazaviy stavka va ish beruvchi olib borayotgan faoliyatning xavflilik darajasiga qarab bazaviy stavkaga ko‘paytiriladigan koeffitsent.
Bazaviy stavka ish beruvchilar va sug‘urtalovchilar uchun yagona hisoblanadi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligi shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasining yillik 0,1% miqdorida belgilanadi.
Bazaviy stavkaga ko‘paytiriladigan koeffitsent ish beruvchi olib boradigan faoliyatning xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. Faoliyat xavflilik darajasi Klassifikatsiyaga muvofiq belgilanadi.
Ish beruvchining faoliyat turining xavflilik darajasi Klassifikatsiyasi Qoidalari asosida tasdiqlangan. Ushbu Klassifikatsiyaga binoan, iqtisodiyot sohalari kasbiy xatarlarning 20 ta sinfiga ajratilgan. har bir sinf bo‘yicha tegishli koeffitsentlar belgilangan. Agar ish beruvchi Klassifikatsiyada keltirilmagan faoliyat turi Bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, faoliyatning bu turiga nisbatan kasbiy xatarlar sinflari bo‘yicha o‘rtacha sug‘urta tariflariga teng 3,400 hajmidagi koeffitsent qo‘llaniladi.
Shuningdek, sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha sug‘urta tariflari tarkibi ham belgilangan bo‘lib, bunda sug‘urta mukofoti hajmidagi nettog‘stavka va sug‘urta mukofoti hajmida majburiy sug‘urtani amalga oshirish harajatlari ulushi belgilab beriladi. Sug‘urta tarifi tarkibiga muvofiq, tarif stavkasining 70% ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar va 30% ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash xarajatlari (shu jumladan, sug‘urta hodisalarining oldini olishga oid ogohlantirish tadbirlari zahirasiga chegirmalar tarifining 5% ni tashkil etadi) dan iborat.
Bundan tashqari, majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsentini qo‘llash tartibi 1 yildan kam muddatga shartnomalar tuzilishini ham hisobga oladi. Majburiy sug‘urta shartnomasi 1 yildan kam muddatga tuzilganda Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti hajmi sug‘urta summasining yillik bazaviy stavkaga, sug‘urta tarifining tegishli koeffitsenti va majburiy sug‘urta shartnomasi yilning necha kuniga tuzilayotganiga qarab kunlar soni ulushiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Shuningdek, Qoidalar Bilan quyidagi hujjatlarning namunalari tasdiqlangan:
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi va annuitetlar shartnomasi;
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasini tuzish va annuitetlar shartnomasi haqidagi arizalar;
- ish beruvchinin fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi blankalari;
- sug‘urta qoplamasini to‘lash haqidagi ariza;
- ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa va boquvchisini yo‘qotganlik bilan bog‘liq zararlarni qoplash haqidagi buyruqlar.
Yuqorida ta’kidlanganidek, ikkinchi bosqichda sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda boshlanadi. Qonunga muvofiq sug‘urta hodisasi bu – majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan vaqtda xodimning jarohat olishi, kasb ksalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan vaqtida salomatligiga etgan zararlarni qoplash bo‘yicha ish beruvchining javobgarligi yuzaga kelganini tasdiqlovchi holatdir.
Ikkinchi bosqichda majburiy sug‘urta munosabatlari tomonlariga jabrlanuvchi, naf oluvchi va annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi qo‘shiladi. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda jabrlanuvchi va naf oluvchi majburiy sug‘urta shartnomasiga asosan sug‘urta qoplamasini oluvchilarga aylanadilar.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta qoplamasi quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
- jabrlanuvchining mehnat jarayonida jarohat olguniga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga xodimning kasbiy layoqatini yo‘qotish yoki kasb kasalligi darajasiga nisbatan foizlar ko‘rinishidagi har oylik to‘lovlar;
- halok bo‘lgannning o‘rtacha oylik ish haqidan uning o‘ziga tegishli bo‘lgan hamda uning qaramog‘ida bo‘lib, mehnatga layoqatli bo‘lgan , lekin etkazilgan zararni qoplashga huquqi bo‘lmagan shaxslarga tegishli ulushi chegirib tashlangan har oylik to‘lovlar;
- jabrlanuvchi yoki manfaat ko‘ruvchiga qonunchilikda belgilangan hollarda bir martalik nafaqa to‘lovlari;
- majburiy sug‘urta shartnomasida belgilangan hajmda Dafn marosimlari xarajatlari;
- ish beruvchining qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha xarajatlari.
Shuni ta’kidlash zarurki, sug‘urta qoplamalarini to‘lash muddatiga qarab uni to‘lash tartibi belgilanadi. Agar etkazilgan zararni qoplash bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan to‘lovlarni ko‘zda tutsa, u holda sug‘urta to‘lovlari bevosita jabrlangan yoki naf oluvchiga to‘lanadi.
Agar etkazilgan zararni qoplash bir yildan ko‘p muddatga mo‘ljallangan to‘lovlarni ko‘zda tutsa, u holda sug‘urta to‘lovlari sug‘urtalovchi tomonidan ish beruvchiga to‘lanadi. Bunda ish beruvchi sug‘urtalovchi Bilan annuitetlar shartnomasini tuzishi shart va majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olgan sug‘urta to‘lovlarini faqat annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lashga sarf qilishi kerak. Bu holda sug‘urta munosabatlariga annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi ham qo‘shiladi. Sug‘urta to‘lovlari muntazam asosda va bir yildan ortiq muddatga to‘lanishi munosabati bilan ish beruvchi va hayot sug‘urtasiga ixtisoslashgan sug‘urtalovchi o‘rtasida annuitetlar shartnomasi tuziladi. SHu tariqa, keyinchalik jabrlanuvchi yoki manfaat ko‘ruvchi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha muntazam ravishda zararni qoplash hisobiga to‘lovlar oladi.
Anuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi jabrlanuvchi yoki manfaat ko‘ruvchiga etkazilgan zararning qonunchilikka muvofiq ravishda qoplab berilishi kerak bo‘lgan hajmda belgilanadi.
Anuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari ish beruvchi tomonidan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta muddatining hammasi uchun bir martada to‘lab beriladi.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda respublikada majburiy sug‘urtaning ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimi qurilmoqda. Bu tizim mamlakat iqtisodiyotining zamonaviy talablariga to‘la javob beradi. Majburiy sug‘urta turlarining manna shunday tizimlarining tatbiq etilishi yaqin yillar ichida mamlakat sug‘urta bozorini rivojlantirishga qudratli turtki beradi va majburiy sug‘urtaning aholini ijtimoiy himoyalashda ishtirokini kengaytiradi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ish beruvchining ishchi oldidagi ijtimoiy javobgarligi tobora kuchayib bormoqda. Ayni vaqtda milliy qonunchilik ish beruvchilarga o‘z xodimlarini ishonchli himoya qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda.
2015 yilning 26 martida O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 sentyabrdagi 266-son Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra sug‘urta qoplamasining umumiy summasi:
1. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli bitta yo‘lovchiga 11 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorda belgilansin, ulardan:
10 ming AQSH dollari — yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun;
1 ming AQSH dollari — yo‘lovchining mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lab beriladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli quyida ko‘rsatilgan formulaga muvofiq aniqlanadi:
|
| |