|
-MAVZU : SUG‘URTADA TARIF SIYOSATI
|
bet | 21/46 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 435,18 Kb. | | #99335 |
Bog'liq 1-mavzu risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza reja-fayllar.org7-MAVZU : SUG‘URTADA TARIF SIYOSATI
MA’RUZA REJASI:
1. Raqobat sharoitida sug‘urta xizmatlariga narx-navoni shakllanish xususiyatlari va sug‘urta tarifi tushunchasi.
2. Sug‘urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. Brutto va netto-stavkani hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari.
3.Aktuar hisoblarda ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish.
4.Vafot etish ehtimolligini hisoblashda foydalaniladigan jadvallar.
1. Raqobat sharoitida sug‘urta xizmatlariga narx-navoni shakllanish xususiyatlari va sug‘urta tarifi tushunchasi.
1. Risklar transferini funksional mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini tashkil etish hamda ularni ko‘rsatish sa’y-harakatlari majmuasi, deb ta’kidlash mumkin. Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi iqtisodiyot sub’ektlarining talablariga ko‘ra, ularni sug‘urta risklaridan himoyasini ta’minlashga qaratilgandir. Bu jarayonda risklar yuz berishi oqibatida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararlarni qoplashda sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning ahamiyati ortmoqda.
Shunga ko‘ra, risklar transferida tariflarni optimal darajada belgilash sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim omili sifatida qaralmoqda.
Risklar transferida tariflarni belgilash qator uslubiyatlarga, xususan, ehtimollik nazariyasiga binoan sug‘urtachilarda shakllantirilgan ma’lumotlar bazasiga asoslangandir.
Xususan, tariflarni belgilashda har bir shartnoma bo‘yicha quyidagi:
- sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli;
- sug‘urta mukofotining o‘rtacha kattaligi;
- to‘lanishi ehtimol bo‘lgan sug‘urta qoplamasining o‘rtacha summasi kabi omillar e’tiborga olinadi.
Risklar transferi bo‘yicha tariflarni aniqlash uslubiyatlarida ob’ektlarning o‘ziga xosligi to‘liq aks etmagan. SHuni ta’kidlash kerakki, tariflarni belgilashda unga ta’sir etuvchi qator omillar qat’iy e’tiborga olingan uslubiyatning samarasi kutilgan darajada bo‘lishi mumkin. Xususan, bunday uslubiyat:
- sug‘urta ob’ektlarini tasniflash (guruhlash);
- har bir guruhning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashtirish;
- o‘ziga xos xususiyatlarni son jihatdan baholash uslubiyatini ishlab chiqish;
- har bir guruh ob’ektlarining umumiy tomonlarini aks ettirgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
- tariflarini hisoblashning dasturiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator sa’y-harakatlarni amalga oshirishni talab etadi.
Sug‘urta faoliyatida zararlilik ko‘rsatkichilari o‘zgarishi sug‘urtachining sug‘urtalanuvchilardan undirgan mukofotlari summasi jamlashi va ularni investitsiyalar bozorida joylashtirishi jarayonidagi vositachi sifatidagi roli bilan ham izohlanadi.
Investitsion faoliyatdan olingan foyda summasi sug‘urta kompaniyasining tarif siyosatiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi. Qayd etish lozimki, sug‘urta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararni investitsiya faoliyatidan olingan foyda hisobidan subsidiya qilinishiga bo‘lgan munosabat ham turlichadir. Xususan, bunday faoliyat, bir tomondan, mablag‘lar taqchilligida raqobatga mos bo‘lgan tarif siyosatini yuritish uchun aynan investitsiyalar bozorida qulay kon’yunkturaning yuzaga kelishi hisobiga zaxirani talab darajasida shakllantirish imkoniyatini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan, aynan shunday faoliyatdan olingan daromad hisobiga texnik natijalarni tenglashtirish uchun sug‘urta fondidan jalb etiladigan mablag‘lar etarli darajada bo‘lishini ta’minlovchi omil sifatida qaralayotganligini ham qayd etib o‘tish lozimdir. Mazkur holat sug‘urtachining o‘z javobgarligiga qabul qilgan risk bo‘yicha nazorati sustlashuvining omili bo‘lmasligi lozim.
Hozirga qadar, sug‘urta amaliyotida majburiyatlar hajmi, erkin aktivlarning tuzilishi va bahosi, moliyaviy kafillik ta’minlanganligi, sug‘urta portfelining ratsional shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar taqsimoti, sug‘urta zaxiralari shakllantirilishi borasida yagona bir konsepsiya ishlab chiqilmagan. SHu bois sug‘urta tashkilotlari bu muammolarni empirik tarzda hal etishga majbur bo‘lmoqda.
Har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tariflar hisob-kitobi (aktuar hisob-kitoblar)da aniq sug‘urta ob’ektining qiymati hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar yordamida sug‘urta xizmatini hamda sug‘urtachi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatining qancha turishi aniqlanadi.
Sug‘urtani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash «aktuar kalkulyasiya» (actuary) deb ataladi. Uning yordamida shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hamda sug‘urtachining ish yuritish xarajatlari summasi, ya’ni mazkur xizmat tannarxi hisoblab chiqiladi. Sug‘urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
- baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo‘lishi;
- ayrim yillarda umumiy qonuniyatga zid turkum tasodifiy hodisalar yuz berishi, ularning ta’siri, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotidan talab etiladigan sug‘urta qoplamasi to‘lovi summasining sezilarli o‘zgarishini taqozo etishi;
- sug‘urtachi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat tannarxi sug‘urta munosabatlari yig‘indisidan keltirilib chiqarilishi;
- sug‘urtachi ixtiyorida bo‘ladigan maxsus zaxirani ajratish, uning optimal hajmini aniqlash talab etilishi;
- sug‘urta shartnomalari ko‘rsatkichlarini (inglizcha «storno») bashorat qilish hamda ular bo‘yicha ekspert bahosi talab etilishi;
- qarz (ssuda) foizlari me’yorlarini va aniq vaqt oralig‘ida ularning o‘zgarish an’analarini tadqiq etish taqozo etilishi;
- sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq holda to‘liq yoki qisman zararlar yuzaga kelishi hamda ular kattaligining kenglik va vaqtda taqsimlanishiga maxsus jadvallar yordamida o‘zgartirishlar kiritish talabi namoyon bo‘lishi;
- ekvivalentlik tamoyiliga amal qilish, ya’ni sug‘urta mukofotlari va sug‘urta tashkiloti tomonidan tarif davrida ko‘rsatilayotgan sug‘urta ta’minoti o‘rtasida o‘zaro tenglik o‘rnatilishi taqozo etilishi;
- umumiy sug‘urta doirasida risklarni aniqlashtirish va ularni guruhlash talab etilishi kabilar.
Sug‘urta to‘lovlari hajmining hisob-kitoblari aynan bir mamlakat, alohida bir hududning o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda, shuningdek risk yuz berishi ehtimolining vaqt va kenglikdagi xilma-xilligi asosida aniqlanadi. Masalan, sug‘urtalangan ob’ektlar soni 100 ta, har bir ob’ekt bo‘yicha sug‘urta summasi 2 mln. so‘m bo‘lsa, risk ehtimoli 2 foiz darajasida (0,02 x 100 x 2 mln. so‘m) hamda zarar sug‘urta summasiga teng yoki undan katta bo‘lganida, mazkur umumiy sug‘urta doirasidagi bu sug‘urta turi bo‘yicha yillik sug‘urta qoplamasi, ya’ni netto-stavka aynan 4 mln. so‘mni tashkil etadi.
Aniqlangan sug‘urta qoplamasini sug‘urtalangan ob’ektlar soniga bo‘lsak, umumiy sug‘urta zaxirasiga har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti 40 ming so‘m (0,02 x 2 mln. so‘m) ekanligi aniqlanadi. Har bir sug‘urtalanuvchi aynan shuncha sug‘urta mukofotini to‘lashi kerak. Sug‘urta summasining birligi sifatida 1000, 100 yoki 1 so‘m olinishi mumkin.
Tarif stavkasi yordamida har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi bo‘yicha to‘lashi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti aniqlanadi. Buning uchun shartnomada qayd etilgan sug‘urta summasi tarif stavkasiga ko‘paytiriladi. Masalan, tarif stavkasi har 100 so‘mdan 2 so‘m darajasida belgilangan bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi 5 mln. so‘mga teng bo‘lganda, sug‘urta mukofotining kattaligi quyidagicha aniqlanadi:
(2 so‘m x 5 mln. so‘m) : 100 so‘m = 100 000 so‘m.
Sug‘urta tarifi stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Uning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi muhimdir. Sug‘urtachi sug‘urta tarifi asosida undirilgan sug‘urta mukofotlari hisobidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xarajatlarini qoplaydi.
Sug‘urta risklari sezilarli darajada kam yuz bergan yoki sug‘urta hodisasi oqibatida ko‘rilgan zarar ko‘lami katta bo‘lmagan yillar hisobiga sug‘urtachining daromad (foyda) olish ehtimoli ortadi. SHuni ham nazarda tutish lozimki, aniq natijalar hisob-kitobida hisobot davri davomida xabar qilingan, ammo sug‘urta qoplamasi amalga oshirilmagan zarar sug‘urta tashkiloti faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham sezilarli ta’sir etadi.
Sug‘urta tarifining risk yuz berishi ehtimoliga nisbatan yuqori darajada ko‘rsatilishi bir tomondan, mijoz bilan sug‘urta shartnomasi tuzilmay qolishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sug‘urtachining sug‘urta bozoridagi raqobatbardoshligiga ham salbiy ta’sir etadi. Va, aksincha, tarif stavkasining past darajada belgilanishi sug‘urtachi mablag‘larining taqchilligini keltirib chiqarishi oqibatida, sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararning sug‘urta qoplamasi amalga oshirilmay qolinishiga olib kelishi mumkin, ammo, bunday holat amaliyotda deyarli uchramaydi.
|
| |