|
-MAVZU: SUG’URTA TASHKILOTINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI VA KONTSEPTUAL MODELI
|
bet | 19/46 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 435,18 Kb. | | #99335 |
Bog'liq 1-mavzu risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza reja-fayllar.org6-MAVZU: SUG’URTA TASHKILOTINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI VA KONTSEPTUAL MODELI
Ma’ruza rejasi
6.1. Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi
Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlari va xususiy mulk huquqiga ega jamiyatlar
6.1.Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi
Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishi 1991 yil noyabr oyida “Mol-mulklarni davlat taassarufidan” chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga tegishli bo‘lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni uyg‘unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo‘lganligi tufayli, ularni har xil noxush hodisalardan sug‘urta qilishga ehtiyoj bo‘lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug‘urta hodisalari natijasida zarar etkazilsa, bu zararlar davlat mablag‘lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida sektorida o‘n minglab korxonalarni paydo bo‘lishi, o‘z-o‘zidan sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.
Yuqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug‘urta kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993 yilning 6 mayida O‘zbekiston Recpublikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) «Sug‘urta to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug‘urtaning mavqei va o‘rnini belgilab beradi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liqroq qondirilishini kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. SHunisi diqqatga sazovarki, mazkur qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi.
Sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Maxsus vakolatli organning sug‘urta tashkilotlariga nisbatan paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari o‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «Sug‘urta faoliyati» to‘g‘risidagi Qonunda o‘z aksini topgan. Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat bo‘lganda esa, sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish maqsadida undan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga ega.
Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta munosabati qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug‘urta faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni tartibga soladigan normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi.
|
| |