-og„irlik markazi qaerda joylashganini
-ishqalanish
-joylashish, tezligi, tana tezlanishi
-Nyuton qonunlari
-inersiya
-materiallar xususiyatlari
Mexanikadan bilimlar robotni muvozanatda saqlash jarayonini amalga oshirishda
yordam beradi. YAna bir mexanik bidimlar talab qilinadigan bo„lim bu
robotlarning o„qlari hisoblanadi. Masalan katta bo„lmagan robotni
konstruksiyalashda g„ildirakni bevosita dvigatelning chiqish valiga maxkamlash
mumkin. Biroq bu katt arobotlar uchun ishlamaydi, chunki bunda dvigatelning
ichki qismiga katta bosim zo„riqishni hosil qiladi. Eng yaxshi usul – bu
g„ildirakni o„qqa mahkamlab dvigatelni o„qqa qo„shish uchun shesternyalardan
foydalanishdir. Mexnikani bilish bunday konstruksiyalarni yaratishga imkon
beradi. Agar robot katta o„lchamda bo„lmasas uni tyyorlash uchun har qanday
materialdan foydalanish mumkin. Agar robot bir necha kilogram kelsa , unda
mustaxkam materiallardan foydalangan ma‟qul. Agar robot inson o„lchamida
bo„lsa , unda loyihalashda metall yoki kompozit konstruksiyani qo„llash zarur..
Elektronika. (yunoncha –“elektron”) so„zidan olingan- ishlari zaryadlangan
zarrachalarni (elektronlarni) vakuumdagi, gazdagi yoki qattiq kristalik jismlardagi
va boshqa fizik hodislardagi konsentratsiyasini va harakat qilishini o„zgarishga
asoslangan har xil qurilma va asboblarni yaratish va amaliyotda qo„llash bilan
shug„ullanadigan texnika va fan sohasi hisoblanadi.Robototexnikada
eletronikadan bilimlar
eletron kompoentlarni
anolog sxemalarni
sonli mantiqni
mikrokontrollerlarni ishlashini tushunish uchun zarur hisoblanadi.
Elektronika bilimlari – bugungi zamonaviy dunyoda busiz amalda yutuqqa
erishib bo„lmaydi. Robotlar to„liq mexanik bo„lib uni pnevmatik ishlatish orqali
boshqarishgina bundan mustasno hisoblanadi.