• Apparat ta’minoti
  • Kompyuterning apparat va dasturiy
  • Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin ─ sistemaviy dasturiy ta’minot; ─ amaliy dasturiy ta’minot;
  • Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─
  • 1-mavzu. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti,dasturiy ta’minot




    Download 120,32 Kb.
    bet3/4
    Sana17.01.2024
    Hajmi120,32 Kb.
    #139549
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-mavzu. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Da

    Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.
    Kompyuterning dasturiy ta’minoti
    Sistemaviy dasturiy ta’minot.
    Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
    Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
    Dasturiy ta’minot – kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
    Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim.
    Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.
    Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin
    ─ sistemaviy dasturiy ta’minot;
    ─ amaliy dasturiy ta’minot;
    ─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalar
    Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─
    Kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
    Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─
    Bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari 
    Yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
    Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.

    Download 120,32 Kb.
    1   2   3   4




    Download 120,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti,dasturiy ta’minot

    Download 120,32 Kb.