• Birinchi omil
  • Ikkinchi omil
  • 3.Ta’minotchilar va iste’molchilar bilan hamkorlik munosabatlari tizimini shakllantirish
  • 1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




    Download 1,19 Mb.
    bet35/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Xarid haqida qaror. Baholash bosqichida iste’molchida tanlov yakunida ma’lum markani afzal ko‘rish shakllanadi va eng yoqqan variantni sotib olishga ishtiyoq tug‘iladi. Shu bilan birga tovarni sotib olish ishtiyoqi va xarid haqida qaror o‘rtasida yana ikki omilning ta’siri paydo bo‘lishi mumkin.
    Birinchi omil – boshqa odamlarning xaridga nisbatan munosabatlari. Boshqa odam fikrining salmoqliligi, birinchidan, iste’molchi tomonidan tanlangan markaga nisbatan uning salbiy munosabatining jadalligiga, ikkinchidan, potensial sotib oluvchining boshqalarning ishonchini qozonishiga.
    Ikkinchi omil – xaridorining fikrini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan, avvaldan ko‘zda tutilmagan vaziyatlar. Tasavvur qiling, bizning potensial xaridorimiz ishidan ajralib qoldi yoki boshqa yirik xarid qilishiga to‘g‘ri kelib qoldi yoxud unga sotuvchi yoqmadi. Shuning uchun xaridorning afzal ko‘rishi yoki niyatiga ko‘pincha ishonavermaslik kerak.
    Xaridor istagining o‘zgarishiga xarid haqidagi niyatini keyinga qoldirishiga u anglab yetgan risk (xavf, tavakkalchilik) ko‘proq ta’sir etadi. Risk miqdoriga quyidagilar kiradi:
    -xarid uchun talab qilinadigan pul miqdori
    -variantlar bahosi
    -tovar sotib olish niyati
    -boshqa odamlar munosabati
    -oldindan ko‘zda tutilmagan holatlar omillari
    -xarid haqida qaror

    Xaridorning tovarning xususiyatlariga nisbatan gumonlariga va individning ishonganlik darajasiga ta’sir etadi. Xarid bilan bog‘liq risklarni kamaytirish uchun iste’molchilar sotib olishni keyinga qoldiradi, shu bilan birga ishlab chiqaruvchi mamlakat va beriladigan kafolatlarga tayanib, yangi axborotlar yig‘adi. Marketologlar xaridorlarning xarid bilan kuzatiladigan muammolar haqidagi fikrlarni yig‘ish omillarini e’tiborga olishlari va iste’molchini ular tomonidan anglashiladigan xatarni kamaytiruvchi axborotlar bilan avvalroq tanishtirishlari lozim.




    3.Ta’minotchilar va iste’molchilar bilan hamkorlik munosabatlari tizimini shakllantirish
    Korxona mahsulot ishlab chiqarishni iste’molchi talabi bilan moslashtirmasa, ishlab chiqarish bankrotga uchraydi. Xomashyo resurslarini yetkazib beruvchilar ham shunday. Ishlab chiqariladigan mahsulot qanday bo‘lsa uning uchun shunday resurs kerak bo‘ladi. Yetkazib beruvchilar mehnat va moddiy resurslar hisobiga maksimal foyda olishlari uchun bozor tizimi talablariga bo‘ysunib iste’mol talablaridan kelib chiqib resurslarni tanlashi lozim. Chunki faqat foyda ko‘radigan
    firmalargina shu xildagi resurslarga o‘z talablarini qo‘yadilar, ularni xarid qiladilar. Demak, iste’molni qondiradigan mahsulotlar uchun resurs yetkazib beruvchilar o‘zlari istagan xildagi va sifatdagi resurslarni yetkazib berishda «Erkin» emaslar.
    Kishilarning talabalari cheksizdir, lekin ularni qondirish uchun zarur bo‘lgan resurslar cheklangan. Shuning uchun kishilar o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlariga yarasha eng ko‘p qoniqtiradigan tovarlarni tanlab oladilar. Talab – xarid qilish qobiliyati bilan belgilanadigan iste’moldir. Iste’molchilar kichik, o‘rtacha va katta tipda bo‘lishi mumkin. Ular korxonalar, kompaniyalar va turli xildagi xo‘jaliklardir.
    Lekin talablar o‘zgarib turuvchi ko‘rsatkichdir. Kishilar xilma-xil, yangidan yangi narsalarni qidirib topishga harakat qiladigan, hamma har doim ishlatadigan, foydalanadigan bir xil tovarlarni yoqtirmay qoladilar, me’dalariga tegadi. Tovar tanlashdagi harakat mahsulot bahosining pasayishi yoki kishilar daromadining ko‘payib borishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Xaridorlar o‘z pullariga eng ko‘p qoniqish hosil qiladiganlarini tanlab oladilar. Masalan, «Volkswagen» avtomobili transport vositalarining barcha qulayliklarini o‘zida jamlagan, narxi ham nisbatan past, yoqilg‘ini tejaydigan, Yevropa transport vositalaridagi elementar talablar standartiga mos bo‘lgan mashinadir. Lekin «Cadillac» avtomobili yuqori darajadagi qulaylik va afzalliklarga ega. Shu pulga shu mashinani xarid qilgan kishi bu xususiyatlardan ko‘proq qoniqish hosil qiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

    Download 1,19 Mb.