Sitologiyaning rivojlanish tarixi




Download 263.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.12.2022
Hajmi263.93 Kb.
#32759
1   2
Bog'liq
1.Maruza
Texnologiya fanida 6, конкурс, shox, Бозор учун кушимча шартнома, Илтимоснома, 8-9 маъруза вектор, Oddiy differensial tenglamalar, 03, Ekologiya mustaqil ishlar to\'plami, 1-amaliy mashgulot — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия, O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” fanidan 1-oraliq nazoratg, AZIZ ASRIMIZNG AZIZ ONLARI AZIZ ODAMLARDAN SURAYDI KADRIN FURSAT GANIMATDIR SHOX SATRLAR ILA BEZAMOK CHOGIDIR UMR DAFTARN XAYOT DA XAMA NARSA BULARKAN INSON ZOTI BORKI GUNOX KILARKAN GOXIDA XATOLAR KILARKAN UZI BILARKAN GOXO, ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КОНСТИТУЦИЯ ЛОЙИҲАСИ, Ilg
Sitologiyaning rivojlanish tarixi.
Hujayraviy tuzilish haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi Sitologiya mustaqil 
fan sifatida o‘tgan asrning oxirida paydo bo‘lsada, hujayra haqidagi ma’lumotlar 
XVII asrdan boshlangan. Sitologiyaning rivojlanishi mikroskopning kashf 
qilinishi,uni takomillanishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, sitologik tekshirishlarning 
material bazasi bo‘lib xizmat qilgan texnik muvaffaqiyatlarga to‘xtalish zarur.
Mikroskoplarning yaratilishi va takomillashuvi Yaqin vaqtlarga qadar 
birinchi mikroskop ko‘z oynak oynalarini silliqlovchi Gollandiyaning Middelburg 
shahridan bo‘lgan Gans va Zaxariy Yansenlar tomonidan yaratilgan deb kelingan 
edi. Bu juda ko‘p darsliklarga kiritildi. Ammo, bu ma’lumotlar, aftidan xato ekan.
Birinchi mikroskopni Galiley tomonidan 1609-1610 yillarda, avvalroq (1608) o‘zi 
yasagan “er durbini-teleskop” asosida ixtiro etildi. Bunday mikroskop uchun 
linzalarni Galileyning chizmasi asosida Batssi tomonidan silliqlandi. Bu murakkab 
mikroskop ob’ektni kattalashtirib teskari tasvirini beruvchi ob’ektivdan va 
okulyardan tashkil topgan edi. Galileyning birinchi mikroskopi uzun naychadan 
iborat bo‘lib, u bilan ishlash ancha noqulay edi. Bu mikroskop ilmiy ishlarda 
qo‘llanilmadi va yo‘qolib ketdi. Tez orada Gollandiyada shunga o‘xshash 
mikroskoplar ishlab chiqildi. 1617-1619 yillarda Angliyalik (millati golland) fizik 
va astrolog Kornelius Drebbel tomonidan mikroskopning yangi modeli ishlandi.
Drebbel mikroskopi Galileynikidan farq qilib, ob’ektiv va okulyarlarning linzalari 
qabariq edi. Bu mikroskop ham ilmiy ishlarda qo‘llanilmasada, keyinchalik xuddi 
shunday tipdagi mikroskoplar yaratilishiga yo‘l ochdi. Drebbel o‘zining kuyovi 
Kuffler bilan bu “Murakkab mikroskopni” ko‘p ishlab chiqara boshladilar va butun 
Yevropaga tarqaldi. 1624 yilda Galiley o‘zining mikroskopini ancha 
takomillashtirib qayta ishladi va u 30-40 marta kattalashtirish xususiyatiga ega 
bo‘lib qoldi. Italiyada Angliyadagiga nisbatan mikroskopga ko‘proq ahamiyat 
berildi. Galiley Rimdagi o‘zi a’zo bo‘lgan “O‘tkir zehnlilar akademiyasi”ga 1624 
yilda o‘z mikroskopini sovg‘a qildi. 1625 yilda akademiyaning a’zosi Stelluti 
mikroskopda qilingan asalarilar organlarining tuzilishi haqidagi kuzatishlarini e’lon 


qildi. Jumladan, u birinchi bo‘lib hasharotlarning ko‘zini fasetali tuzilishini ochdi.
Galileyning 
mikroskopini 
F.Chezi 
(1628) 
ishlatib 
paporotnik- 
larning 
sporangiylarini o‘rgandi. “Mikroskop” terminini birinchi bo‘lib Iogann Faber 1625 
yilda ishlatdi. Galileyning mayda predmetlarni ko‘rish uchun ishlatadigan asbobini 
"mikroskop" deb atadi. Bu termin hozirgi vaqtgacha saqlanib kelmoqda. XVIII asr 
oxiriga kelib mikroskopni faqat usta hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarila 
boshlandi. Mikroskoplar industriyasining markazi London (Djon Keff ustaxonasi) 
bo‘lib qoldi. Bu mikroskoplar yordamida hattoki 5 mk gacha ob’ektlarni ko‘rish 
imkoniyati tug`ildi. Bu mikroskoplarda chetki nurlarni kesib turadigan xalqali 
diafragmalar qo‘llanildi. XVIII asrdayoq juda ko‘p yirik olimlar mikroskopik 
ishlarning murakkablashishini tushungan edilar. Bu haqda Italiya tabiatshunosi 
Feliks Fontana shunday deydi: “Mikroskopda har kim ham ko‘rishi mumkin, ammo 
ko‘rgani haqida faqat ba’zilargina fikrlay oladi”. Bu ajoyib fikr hozirgi kungacha 
o‘zining aktualligini saqlab kelmoqda. Birinchi mikroskoplar Pyotr I tomonidan 
Rossiyaga keltirildi. U 1698 yilning may oyida Gollandiyaning Delfte shaxriga 
Levengukning oldiga boradi. Levenguk unga ilonbaliqning kapillyarlarida qonning 
aylanishini namoyish qildi. Pyotr I mikroskopik ishlarga shunday qiziqib qoldiki, u 
mikroskop sotib olish bilan birga, Gollandiyadan A. Shepper degan taniqli oyna 
silliqlovchi ustani ham Rossiyaga olib keldi. Peterburg Fanlar Akademiyasida 
maxsus ustaxona tashkil qilinib, deyarli 100 yil davomida kattalashtiradigan 
asboblar ishlab chiqarildi. Arxiv materiallarining ko‘rsatishicha rus ustalari ota-bola 
Belyaevlar, Matveev, Remezov, Kulibinlar mustaqil ravishda o‘zlari yangi 
takomillashgan mikroskoplarni 1726 yildan boshlab chiqara boshladilar. 
Keyinchalik mikroskoplarning yangi modellari ishlab chiqarildi va juda ko‘p 
mutaxassisliklardagi olimlarning ish quroli bo‘lib qoldi. XVII va XVIII asrlarda 
mikroskop ilmiy tekshirish ishlarida kam qo‘llanilgan. Birinchi bo‘lib mikroskopni 
ilmiy tekshirish ishlarida Londondagi Qirollik jamiyatining kotibi,ko‘p qirrali olim 
(fizik, astronom, geolog va biolog) Robert Guk ishladi. Fan tarixida uning 1665 
yilda bosilib chiqqan "Mikrofotografiya yoki mikroskopda tekshirilgan mayda 
tanachalarning fiziologik tasviri" asari ma’lum. Bu asarida Guk o‘zi yasagan


takomillashgan mikroskopning tasvirini va unda amalga oshirgan kuzatish 
natijalarini bayon qildi. Guk o‘z kuzatishlarini ma’lum bir maqsad va vazifa 
qo‘ymagan holda olib bordi. Guk boshqa predmetlar (kichkina igna uchi, yupqa 
batist, siydikdagi qum, sovuqda yerda hosil bo‘lgan shakllar, chumolilar va 
boshqalar) qatori o‘simliklarning yupqa kesmalarini ham o‘rgandi. U bu haqdagi 
kuzatishlarini “Po‘kakning sxematizmi yoki tuzilishi va boshqa shu kabi teshikli 
tanachalarning hujayra va teshiklari haqida” deb nomlangan bobda bayon qildi. Guk 
ko‘rsatdiki, “Po‘kakning moddalari havo bilan to‘lgan, bu havo esa bir-biridan 
ajralib turuvchi mayda qutichalar yoki katakchalarga butunlay qamalgandir”. Guk 
bu hujayralarni asalari katakchalari bilan solishtiradi. Bu bilan hujayra ochilgani 
yo‘q. Guk nomlagan “hujayra” termini ancha vaqtgacha o‘simlik va hayvonlarning 
mikroskopik tuzilishlarini solishtirishga to‘sqinlik qildi. Guk uchun po‘kakning 
mikroskopik tuzilishini tasvirlash, faqat uni mikroskopga bo‘lgan qiziqishini 
vaqtinchalik bir epizodi edi holos. Ammo, uning ikkita zamondoshi mikroskopni 
o‘simliklarning tuzilishini o‘rganishga sistemali qo‘lladilar. Ulardan biri M.Mal’pigi 
1671 yili “O‘simliklar anatomiyasi haqidagi tasavvurlar”, 1672-1675 yillarda 
“O‘simliklar anatomiyasi” asarlarini bostirib chiqardi. 1671 yilda N.Gryu o‘zining 
“O‘simliklar anatomiyasining boshlanishi” asarini London Qirollik jamiyatiga 
taqdim 
etdi.Malpigi 
va 
Gryular 
o‘simliklarning 
mikroskopik tuzilishini 
o‘rganib,ularning turli qismlari o‘z tarkibida “pufakchalar yoki xaltachalar” tutishini 
aniqladilar. Gryu botanikaga “to‘qima” atamasini kiritdi, ammo “hujayra” 
tushunchasi kabi bu ham hozirgi zamon ma’nosidan butunlay farqlanadi. A. 
Levenguk XVII asrning to‘rtinchi yirik mikroskopisti edi. Uning mutaxassisligi 
savdogar bo‘lib, umrining deyarli 50 yilini mikroskop ostida mayda organizmlarni 
kuzatishga bag‘ishladi va 1680 yilda London Qirollik jamiyati (Hozirgi fanlar 
akademiyasiga o‘xshaydi) ga a’zo qilib saylandi. Levenguk o‘z kuzatishlarini 1696 
yilda “Tabiat sirlari“ nomli asarida bayon qildi. U bir hujayrali organizmlarning 
boy olamini ochgan, hayvonlarning hujayralari – eritrotsitlar va spermatozoidlarni 
ko‘rgan birinchi olim bo‘lgan. Lekin, Levenguk bu kuzatishlirini yetarlicha baholay 
olmadi va hayvonlarning hujayraviy tuzilishlari haqida xulosa chiqarmadi. XVIII 


asrda hayvon va odamning jinsiy hujayralari tekshirildi va murtakning boshlang‘ich 
taraqqiyoti ozmi-ko‘pmi bayon etildi. Gametalarning jinsiy ko‘payishdagi ahamiyati 
umuman to‘g‘ri tushunilgan bo‘lsada, tuxum hujayralari va spermalarning otalanish 
jarayonidagi nisbiy roli ko‘p tomonlama noaniq, ularning nozik tuzilishlari esa 
noma’lum bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik olimlar, masalan, A.Levenguk, Svammerdam,
Malpigi, Galler va Bonnelar jinsiy ko‘payishning mohiyatini yaxshi tushunmadilar. 
Ular jinsiy hujayralarda bo‘lguvsi organizmning to‘la tashkil topgan murtagi 
joylashgan bo‘ladi deb, preformizm (preformareavvaldan shakllangan) nazariyasini 
ilgari surdilar. Preformistlar ikki guruhga bo‘linib, ulardan ba’zilari spermaning 
ichida (animalkulare-animalkulistlar), qolganlari esa tuxum hujayraning ichida 
(ovium-ovistlar) bo‘lg`usi organizmning uni hamma organlari bilan to‘la tashkil 
topgan mayda murtagi joylashgan deb hisobladilar, binobarin, bu bilan ular 
individual taraqqiyotni qism va organlar kattaligini ortib borishiga tenglashtirdilar.
XVIII asr o‘rtalarida preformistlar orasida “Joylab qo‘yish nazariyasi” tarqaldi. 
Bunga binoan eng birinchi urg‘ochining tuxumdoniga, u yaratilgan vaqtda, barcha 
keyingi avlodlarning murtaklari joylab qo‘yilgan bo‘ladi. Hatto Italiya olimi 
Antonio Vallisneri (1661-1730) Momo Havoning tuxumdonida o‘tgan, hozirgi 
yashayotgan va kelguvsi avlodlarning hammasini tayyor murtaklari joylab qo‘yilgan 
deb hisobladi. Bu nazariyaga qarshi o‘laroq epigenezning (epigenezis- keyin kelib 
chiqmoq) tarafdorlari fikricha butun qism va organlar embrional taraqqiyot 
jarayonida yangidan kelib chiqadilar. Epigenez nazariyasining asoschisi va yirik 
namoyondasi Peterburg Fanlar Akademiyasining a’zosi Kaspar Fridrix Volf edi. U 
1759 yilda 26 yoshida “ Kelib chiqish nazariyasi” nomli asar yozib, dissertatsiya 
yoqladi. Volfning hayvonlarning embrional taraqqiyoti ustidagi ishlari, turlarning 
o‘zgarmasligini ko‘rsatuvchi dalillardan biri sifatida foydalanilgan preformizm 
nazariyasining asossizligini ishonarli qilib ko‘rsatib berdi. Lekin, K.Volfning ilmiy 
epigenez nazariyasi o‘sha vaqtda rivojlanmay qolib ketdi. Taxminan, 50 yildan 
keyin 1828 yilda Peterburg Fanlar Akademiyasining akademigi Karl Ber o‘zining 
“Hayvonlar taraqqiyoti tarixi” asari bilan epigenezni yanada rivojlantirdi. Ber 
sutemizuvchilar va odamning tuxumini ko‘rgan, uning rivojlanishini o‘rgangan 


birinchi olim edi. Peterburg Fanlar Akademiyasi Berning 50 yillik ilmiy faoliyatini 
nishonlab, maxsus medal ta’sis etib, unga quyidagi so‘zlar yozib qo‘yildi: 
“tuxumdan boshlab, u odamga odamni ko‘rsatdi”. XIX asrning boshlaridan 
o‘simliklarning har xil organ va to‘qimalarining hujayraviy tuzilishlarini ko‘pchilik 
olimlar tasvirlashlari biologlarni hamma o‘simliklar hujayralardan tashkil topgan 
deb, asta-sekin ishonishiga olib keldi. Diqqatni “shilimshiq shira” deb ta’riflangan 
hujayraning 
ichidagi 
narsaga qaratila boshlandi.
Hujayraning 
muhim 
komponentlaridan biri bo‘lgan yadroni 1830 yilda birinchi bo‘lib chex olimi Yan 
Purkine tovuqning tuxum hujayrasida ochdi va uni “Murtak pufakcha” deb nomladi. 
Ancha keyinroq, 1831-1833 yillarda Shotlandiya sayyohi va fizigi Robert Broun 
(1773-1858) (“Broun harakati” ni ham shu olim ochgan edi.) tomonidan orxideya 
o‘simligining “hujayra shirasida” yadro kuzatildi. Broun buni “Nukleus” ya’ni,
“Yadro” deb nomladi. Gekkel elementar organizm-hujayra bilan noorganik 
materiya o‘rtasidagi o‘tish pog‘onalarini izladi. U organik mavjudotlar olamini 
hayvonlar, o‘simliklar va protistlar dunyosiga ajratdi. Protistlarni o‘z navbatida sitod 
(yoki monerlar) va hujayralarga bo‘ldi. Sitodlar deb protoplazmaning yadrosiz 
qismlarini xarakterlaydi. Gekkel xuddi shu qismlarni tirik bilan o‘lik o‘rtasidagi 
bog‘lovchi zveno deb hisoblaydi. Hujayra esa evolyutsiya jihatidan ancha yuqori 
turuvchi organizmdir. Chunki u protoplazma va yadrodan tashkil topadi.
Mikroskopning takomillashishi bilan parallel holda, biologik obe’ktlarni 
mikroskopik tekshirishlarga tayyorlashni optimal usullari ishlab chiqildi. Tirik 
to‘qimalar yoki o‘lim oldi o‘zgarishlarining boshlang‘ich bosqichlarida turgan 
to‘qimalarni kuzatish o‘rniga, o‘rganishlar faqat fiksatsiyalangan materiallarda olib 
borila boshlandi. Qo‘llanishga hozirgi vaqtda keng tarqalgan fiksatorlar: xrom 
kislotasi (1850), pikrin kislotasi(1865), formalin va boshqalar, shuningdek ikki yoki 
ko‘proq moddalardan tashkil topgan murakkab fiksatorlar kiritildi. Zamonaviy 
mikroskopik texnika Chex olimi Yan Purkine va uning shogirdlari ishlaridan 
boshlangan deyish o‘rinli. Birinchi bo‘lib Purkine to‘qimalarni bo‘yash (indigo 
v.b.), preparatlarni tiniqlashtiruvchi moddalarni qo‘llash (kanada balzami) ni 
boshlab berdi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki hayvonlar gistologiyasi Purkine va 


uning shogirdlari tomonidan yaratildi. Yetarli yupqa kesmalar olish uchun 
biologik ob’ektlarni parafinga, jelatinga, selloidinga va boshqalarga solish yo‘li 
bilan zichlash metodlari ishlab chiqildi va belgilangan aniq qalinlikda kesmalar 
olishga imkoniyat beradigan mikrotomlar yaratildi. Uni birinchi bo‘lib Oshats 
yaratdi, ammo “mikrotom” atamasini fanga Purkine kiritdi (1838). O‘tgan asrning 
o‘rtalaridan boshlab mikroskopiya qilinayotgan obe’ktlarni bo‘yash metodlari keng 
tarqaldi. Karmin, gematoksilin, har xil anilinli bo‘yoqlar ishlatila boshlandi. Butun 
mikroskopiya texnikasining tubdan yaxshilanishi XX asrning boshlarida, 
tekshiruvchilarga asosiy hujayra organoidlarini topishga, yadroning tuzilishini va 
hujayraning bo‘linishi qonuniyatlarini aniqlashga, otalanishning mexanizmlarini va 
jinsiy hujayralarning yetilishining ma’nosini ochib berishga imkon berdi. 1888 yilda 
hujayra markazi (Boveri), 1894 yilda mitoxondriya, 1898 yilda Goldji apparati 
ochildi. Bu organoidlarning ochilishi sitoplazmada hujayraning hayot faoliyati va 
funksional faolligi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim va turli-tuman jarayonlar bo‘lib 
turishini ko‘rsatdi. Hujayra yadrosida xromatinli struktura topildi (Flemming, 1880) 
va bayon etildi. Bu strukturalarni ko‘p hujayralilarda, ularning hujayralarini 
bo‘linishida yaxshi ko‘rinadigan xromosomalar bilan aloqasi topildi. Hujayralarda 
xromosomalar sonining doimiyligi va xromosomalarning individualligi isbotlandi.
Hujayraning mitotik bo‘linishini ochilishi va to‘la tekshirilishi (E. Strasburger; 
1878, V.Flemming, 1882) uning hamma bosqichlarini bayon qilishga, mitotik 
apparatni hosil bo‘lishini va xromosomalarning qiz hujayralar orasida tekis 
tarqalishini kuzatishga imkon berdi. Xuddi shu davrda jinsiy ko‘payishning 
sitologik asoslari to‘la tekshirilgan edi. Gomologik xromosomalarning tarqalishi va 
gametalarda xromosomalarning sonini 2 marta kamayishi bilan boradigan reduksion 
bo‘linish - meyozning, hayvonlarda (O.Gertvig) va o‘simliklarda (E.Strasburger) 
otalanishning ochilishi irsiyatda yadroning rolini tushinishga imkon berdi. Mendel 
qonunlarining ikkinchi marta ochilishidan keyin tez orada, 1901 yilda sitologiya va 
genetikaning qo‘shilishidan irsiyatning xromosoma nazariyasi va sitogenetika 
tug‘ildi. XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning boshida hujayra haqidagi 
ta’limotning rivojlanishiga sitologlar I.D.Chistyakov (mitotik bo‘linishning 


davrlarini bayon qilish), I.N.Gorojankin (o‘simliklarda otalanishning sitologik 
asoslarini o‘rganish) va ayniqsa, 1898 yilda o‘simliklarda ikkilanma otalanishni 
ochgan S.T.Navashinlar katta hissa qo‘shdilar. Sitologiya va gistologiya 
fanlarining rivojlanishida O‘zbekiston olimlari ham o‘zlarining munosib hissalarini 
qo‘shdilar. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Biokimyo institutida akademik 
J.X.Hamidov rahbarlik qilgan jamoa tomonidan radiatsiya ta’sirida endokrin bezlar 
va neyroendokrin sistemalar morfofiziologiyasida bo‘ladigan o‘zgarishlarga oid 
ilmiy ishlar zamonaviy usullar yordamida yoritib berildi. Hozirgi vaqtda bu jamoa 
neyronlarning o‘sishi, rivojlanishi va tabaqalanishida muhim vazifani 
bajaradigan,nerv o‘sishini ta’minlaydigan omillarni har xil to‘qima va organlardan 
ajratib olish kabi muammolar bilan shug‘ulanmoqda. So‘nggi yillarda jamoa 
tomonidan sog‘lom hayvon genini boshqa urug‘langan tuxum hujayraga kiritish, 
kelajakda irsiy kasalliklarni yo‘qotish, hamda zotli mollarni tanlab olish kabi 
irsiyat omillari va hujayra injeneriyasi, biotexnologiya va tashqi muhit ta’siriga 
biologik membranalarning reaksiyasi (1988) kabi muammolari yoritilib berilmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot Akademiyasi(sobiq institut)da esa akademik K.A.Zufarov 
rahbarligida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tibbiyot sohasida elektronmikroskopik,
avtoradiografik hamda sitokimyoviy usullari yo‘lga qo‘yildi. Buyrak, meda-ichak 
sistemasining sitologiyasi, sitokimyosi va elektron mikroskopiyasi K.A.Zufarov 
jamoasi ishida asosiy o‘rin egallaydi. Endilikda olimlar oldida hujayra biologiyasi, 
gistologiya va immunologiya hamda biotexnologiya sohasida olib borilishi lozim 
bo‘lgan ulkan tadqiqotlarni rivojlantirish, molekulyar biologiya, qiyosiy 
gistologiya, muammolarini yoritib berish turibdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
Fanlar Akademiyasining akademiklari Yo.X.To‘raqulov va Islombekovlar bo‘qoq 
bezi hujayralarida yod moddasi yetishmasligidan bo‘qoq kasalligining kelib 
chiqishini avtoradiografiya usulini qo‘llash orqali isbot qilib berdilar. Ular bu 
ishlari uchun xalqaro Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek,
Yo.X.To‘raqulov hujayralarning kimyoviy va biokimyoviy tuzilishlari ustida ham 
bir qancha ishlarni olib bordi (1968,1980). Hujayralarning shakli juda xilma-xil, 
ularning diametrlari bir necha mikrondan,bir necha santimetrgacha bo‘lishiga 


qaramasdan hujayra haqiqatdan ham tirik materiyaning elementar birligi bo‘lib 
qolmoqda. U o‘z ichiga mustaqil yashash qobiliyatiga ega bo‘lgan mayda birliklarni 
olmaydi va hujayrani maydalashga qilingan har xil urinishlar,oxiri hayotiy 
jarayonning to‘xtashiga va tirik materiyaning bo‘linib ketishiga olib keladi. 
Beistisno, hamma hujayralarning ko‘payishi bo‘linish yo‘li bilan bo‘ladi. Yangi 
hujayralar har qachon oldingi yashayotganlardan kelib chiqadi. Hujayrani 
o‘rganishdagi yutuqlar shunga olib keldiki, tirik organizmlarning asosiy tuzilish 
birligi sifatida hujayraga biologlarning diqqati ko‘proq qaratildi.
Hujayralarning tuzilish xususiyatlari va funksiyalarida biologiyaning ko‘p 
fundamental muammolarini yechishga kalit yotganligi tobora ayon bo‘la bordi. Shu 
bilan birga hujayralarni o‘rganish o‘zining ham metodik, ham nazariy, xususiy 
muammolarini tug‘dirdi. Shularning hammasi XIX asrning oxirida sitologiyani 
biologiyaning mustaqil bo‘limi bo‘lib ajralib chiqishiga olib keldi. II bob.Hujayra 
nazariyasi
Hujayra nazariyasi mikroskopik texnikaning hujayra haqidagi tasavvurlarni 
rivojlanishi natijasida paydo bo‘ldi. Hujayra nazariyasinining shakllanishining bir 
necha bosqichlarini keltirish mumkin. XIX asr boshlaridagi mikroskopik 
tekshirishlar hujayrani turli ob’ektlarda to‘liqroq o‘rganilishi bilan xarakterlanadi.
Olimlar elementar birlikni topishga uzoq vaqtlardan buyon harakat qilib keldi, 
ammo ularning ishlarida aniqliq bo‘lmadi. Nemis tabiatshunosi va naturfilosofi
Lorens Oken (1779-1881) bu birlikni hujayra deb bildi. U o‘zining
“Naturfilosofiya darsligi” (1809) va boshqa asarlarida hujayra haqidagi
tasarrurlarni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. U o‘simlik va hayvon to‘qimalari
katakchalari va pufakchalari va erkin yashovchi mikroskopik organizmlar – 
“infuzoriyalar” ni hujayra deb hisobladi. Uning asarlari nazariy fikrlarni 
rivojlanishiga va aniq tekshirishlar olib borilishiga katta ta’sir qildi. Oken fikricha 
murakkab organizmlar elementar organizmlar yig‘indisidan iborat, ular bir butun 
organizmning umumiy hayoti bilan yashaydi, shu bilan birga ular nisbatan mustaqil 
bo‘lib qoladilar. Bu elementar organizmlar ichida suyuq moddani ushlovchi zich 


qobiqga ega bo‘lgan pufakchalardir. Ularni mikroskop ostida turli organizmlar 
to‘qimalarida ko‘rish mumkin. Oken ularni “falsafiy nuqtai nazardan qarab 
infuzoriyalar ” deb atash mumkin deydi. Shunga yaqin fikrni fransuz tabiatshunosi 
J.L.Leklerk Byuffon (1707-1788) ham bergan edi. Oken juda ko‘p o‘simlik va 
hayvon to‘qimalarini mikroskop yordamida o‘rgandi. U o‘zining “Naturfilosofiya 
darsligi” da organizmlarning mikroskopik tuzilishi haqida quyidagi fikrlarni ilgari 
surdi: 1. Barcha organik dunyo shilimshiqdan kelib chiqgan va ular turli 
shakllardagi shilimshiqlardir. 2.Dastlabki shilimshiq dengiz shilimshig‘idir. 
3.Dastlabki organik boshlang‘ich shilimshiq nuqtadir. 4.Dastlabki organik tanalar 
pufakchalardir. 5.Dastlabki organik pufakcha filosofik nuqtai nazardan 
infuzoriyalardir. 6.Organik massa infuzoriyalardan tashkil topgan ekan, butun 
organik dunyo ham infuzoriyalardan kelib chiqishi kerak. O‘simlik va hayvonlar 
infuzoriyalarning metamorfozi – shakl o‘zgarganlaridir. Okenning o‘simlik va 
hayvonlar tuzilishi haqidagi fikrlarini juda soddaligi va ba’zan to‘g‘ri emasligi 
mikroskopik texnika va tekshirishlarni rivojlanmaganligidan deb qarash mumkin.
Shunday bo‘lsa ham, uning ishlari keyingi olimlarning bu masalani tabiiy-ilmiy 
asosda o‘rganishlariga zamin yaratdi, u aslida murakkab organizmlar (ko‘p 
hujayralilar) ni tuzilish prinsiplarini asoslab berdi. Oken 1833 yilda “Umumiy 
tabiiy tarix” asarini yozdi va bunda 1809 yilda ilgari surgan fikrlarini takrorladi. Bu 
kitobni Shvan yaxshi bilgan edi, ehtimol bu asar uning “Hujayra nazariyasi” ni 
yaratishiga turtki bo‘lgandir. Hujayra nazariyasining shakllanishiga hissa qo‘shgan 
olimlardan 
biri 
Peterburg 
tibbiy–jarrohlik 
akademiyasining 
professori 
P.F.Goryaninovdir. 18341847 yillar ichida u o‘zining bir nechta kitoblarini chop 
etib bu sohaga e’tiborni qaratdi. Goryaninov ko‘proq botanika sohasida ish olib 
bordi. U tirik organizmlarning ikki podsholikka bo‘ldi. Birinchisi-shaklsiz yoki 
molekulyar, ikkinchisi-organik yoki hujayraviy. U o‘zining “Tabiat sistemasi”
(1834) asarida “Organik tanalar hujayraviy tuzilishga ega bo‘lib, u hayotning 
yuqori bosqichi sifatida o‘simliklardan tortib, odamlargacha ko‘rinadi. Organik 
dunyo-bu avvalam bor hujayraviy podsholikdir” deydi. 1843 yilda u “Barcha 
hujayraviy tuzilishga ega bo‘lgan tanachalardir” degan fikrni aytadi. U hujayrani 


paydo bo‘lishini quyidagicha tasavvur qiladi. Dastlab kichkinagina birlamchi 
pufakchani o‘rab olgan shilimshiq donachasi yadroni yoki sitoblastni hosil qiladi, u 
keyinchalik hujayraga aylanadi. Shu yo‘l bilan sodda tuzilgan tanacha hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, Goryaninov hayotning paydo bo‘lishi muammosini hujayraning 
paydo bo‘lishi bilan bog‘lab, o‘z zamondoshlaridan ancha ilgari ketdi.
Goryaninovning qarashlarida Oken (hujayrani hosil bo‘lishi), Shleyden va 
Shvanlarning (sitogenezis) hujayra hosil bo‘lishi nazariyalarini birlashganini ko‘rish 
mumkin. U o‘z fikrini davom ettirib, hujayra paydo bo‘lgandan keyin o‘zini–o‘zi 
hosil qiladi deb hisoblaydi. 1847 yilda chiqqan asarida hujayra ko‘payishining ikki 
usulini bayon qildi. Birinchisi-to‘siq (peregorodka) hosil qilish bilan, ikkinchisi-
kurtaklanib ko‘payish. Goryaninov “barcha tiriklik tuxumdan” paydo bo‘lgani 
uchun, tuxumni ham hujayra deb bilmoq kerak, degan fikrni berdi. B.M.Kozo-
Polyanskiy (1947) va B.Ye.Raykov (1951) lar takidlaganidek Goryaninov nemis 
olimlaridan ancha ilgari hujayra nazariyasining ba’zi tomonlarini shakllantirdi. 
Aslida u hujayra nazariyasining asosiy prinsipi bo‘lgan “hujayra tirik 
mavjudodlarning tuzilishining universal modeli” ekanligini aniq bayon qildi. U 
“barcha tirik mavjudodlar hujayralardan tashkil topgan va hujayralar hujayralardan 
hosil bo‘ladi” deb takidladi. XIX asrning 20 yillarida o‘simlik va hayvon 
to‘qimalarining mikroskopik tuzilishini fransuz olimlaridan A. Dyutroshe (1776-
1847), P.J.Tyurpen (17751840) va F.Raspayl (1794-1878) lar o‘rgandilar. Bu 
olimlar o‘simlik va hayvonlarda ancha keng tarqalgan mikrostrukturalar 
hujayralardir, ulardan murakkabroq mikroorganlar (tomirlar, tolalar) kelib chiqadi, 
deb qaradilar. 1824 yilda Dyutroshe “hayvonlarning barcha to‘qimalari, organlari 
hujayraviy to‘qimalardir”, deb o‘z fikrlarini umumlashtirdi. Bu tezis aslida Shvann 
shakllantirgan 
hujayra 
nazariyasining 
asosiy 
tomonlaridan 
biri 
edi.
Organizmlarning hujayraviy tuzilishi haqida ko‘p olimlar o‘z fikrlarini bayon 
qilishgan, jumladan, 1806 – yilda taniqli botanik Lyudolf Treviranus o‘zining
“O‘simliklarning ichki tuzilishi va ularda shiraning harakati” asarida yetarlicha 
aniqlik bilan suv tashuvchi tomirlarni (naycha) hujayralardan rivojlanishini bayon 
qildi. Fransua Raspaylning fikrlari ham ancha qiziqarli. U o‘simlik hujayralari 


bilan hayvon to‘qimalarining pufakchalarini solishtirishga harakat qildi.
Z.S.Katsnelson (1963) barcha bu kuzatishlarni “soxta hujayra nazariyalari” deb 
atadi, ular hujayra nazariyasining shakllanishiga asos yaratdi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, hayvonlar gistologiyasi bu davrda mavjud edi. “Gistologiya” atamasini 
taniqli fransuz anatomi Mari Fransua Ksave Bisha (1771-1802) ning shogirdi 
K.Mayer tomonidan 1819 yilda fanga kiritilgan edi. Bisha (1801) mikroskopsiz ham
to‘qimalarni juda yaxshi bilgan va ularni klassifikatsiyalagan edi. U 21 xil to‘qimani 
farqlay olgan va hayvon organlari ularning turli kombinatsiyasidan hosil bo‘ladi, 
deb ta’kidlagan. Hayvonlar gistologiyasi chex olimi Yan Purkine va uning 
maktabi tomonidan yaratildi. 1837 va 1839 yillarda ilmiy jamiyatlarda u 
umumlashtiruvchi ma’ruzalar qildi. Unda o‘zining “donachalar nazariyasi” ni bayon 
qildi. Purkine donachalar deb hujayralarni nazarda tutdi, o‘simlik “hujayra”si bilan 
hayvonlar “donacha”larini analog (o‘xshash) ekanligi haqida yozdi. Uning faktik 
dalillari o‘zining aniqligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Hattoki, Shvanni 
dalillarini ham Purkine maktabiniki bilan bir qatorga qo‘yib bo‘lmaydi. Purkine
hujayra nazariyasini shakllantirishga juda yaqin keldi. U o‘simlik va hayvon 
hujayralarini taqqoslay olmagan bo‘lsada, uning hayvonlarning hujayraviy
strukturalari haqidagi faktik materiallari tengsiz edi. Purkine hayvon organizmini 
hujayralardan tuzilganligini asosladi. Purkine maktabi hujayra nazariyasini 
shakllantirishga juda yaqin kelgan bo‘lsada, uni I.Myuller maktabi amalga oshirdi.
Myullerning shogirdlari qatoriga Ya.Genle, T.Shvann, R.Remak, K. Lyudvig, 
A.Kyolliker, V.Valdeyer, R.Virxov, E.Bryukke, E.Dyubua-Reymon, V.Gelmgols
va boshqalarni qo‘shish mumkin. Myullerda I. Pirogov ham o‘qigan, 
ma’ruzalarida hayvonlarda har xil tajribalar va mikroskopik preparatlar ko‘rsatgani 
unda juda katta taasurot qoldirdi. Myuller to‘garak og‘izlilarning solishtirma 
anatomiyasi bilan shug‘ullanar ekan, u mikrostrukturasi jihatidan xorda va o‘simlik 
hujayralarini o‘xshashligi bor ekanligini aniqladi. T.Shvann Myullerning 
laboratoriyasida besh yil ishladi. U meda shirasi fermentini ochib, unga pepsin deb 
nom berdi. Shvanning xizmati shundan iborat bo‘ldiki, u hujayra haqidagi 
tasavvurlarni uning kelib chiqishi bilan bog‘ladi. “O‘simlik va hayvon hujayralari 


prinsipial jihatdan o‘zaro o‘xshash (gomolog), chunki ular bir xil kelib chiqishga 
ega ” degan tezisni berdi. Shvann 1837 yilda Matias Shleydenning ishi bilan 
tanishdi (hali bosilib chiqmagan), 1838 yilda esa uchta kichikroq maqolalarini e’lon 
qildi va ularda hujayra nazariyasining asoslarini bayon qildi. Shunday qilib, 
hujayralarning kelib chiqishini umumiyligi hujayra nazariyasiga qo‘yilgan 
fundament bo‘ldi va u biologiyaning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir o‘tkazdi.
Neyse shahrida T.Shvanga 1909 yilda haykal o‘rnatildi, shu kuni ilmiy 
maktabdoshi, do‘sti va yirik olim V.Valdeyer nutq so‘zlab “Biz “hujayra” deb 
atayotgan mikroskopik mayda strukturalarni Shvann ochgani yo‘q, u faqat bizni 
uning ahamiyatini tushunishimizni o‘rgatdi”, dedi. Shvangacha bu masala 20-30 yil 
davomida o‘rganildi, ammo faqat Shvann bu nazariyani ilmiy asoslangan 
nazariyaga aylantirdi. M.Shleyden(1804-1881) o‘simliklarning o‘sish jarayonida
hujayralarning hosil bo‘lishini o‘rgandi, ammo hujayra nazariyasi bilan 
shug‘ullanmadi. Shleydenning asosiy xizmati shundaki, u organizmda hujayraning 
paydo bo‘lish masalasini aniq qo‘ya olganligidadir. Shleydenning eng muhim 
tasavvurlaridan biri hujayrani organizm deb ataganidir. U “bu mayda o‘ziga xos 
organizm qanday bo‘ladi” degan savolga javob berishga harakat qilib, o‘zining 
“hujayra hosil bo‘lishi nazariyasi” (sitogenezis) ni yaratdi. Muhimi shundaki, 
Shleyden hujayra hosil bo‘lishini uning yadrosini hosil bo‘lishi bilan bog‘ladi.
Shunday qilib, olimlar e’tibori hujayra qobig‘idan uning ichidagi strukturalarga, 
birinchi navbatda yadroga qaratildi. Shleyden nazariyasiga ko‘ra hujayraning paydo 
bo‘lishi quyidagicha amalga oshadi. Tirik massani tashkil qilgan shilimshiqda 
kichkina yumaloq tanacha hosil bo‘ladi. Uning atrofiga sferik quyuqlashgan 
donachalar to‘planadi. Bu qism membrana-qobiq bilan o‘raladi, hujayra yadrosi deb 
ataluvchi yumaloq tanacha hosil bo‘ladi. Buning atrofida o‘z navbatida studenistik 
donachali massa yig‘iladi va u ham qobiq bilan o‘raladi. Shu bilan hujayraning 
paydo bo‘lishi yakunlanadi. Shleyden hujayrani sitoblastemadan hosil bo‘lishini 
umumiy prinsip deb bildi, bu nazariyaning hato ekanligi keyinchalik isbotlandi. 
Shunga qaramay u katta ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki, bu hujayraning 
paydo bo‘lishi, hujayralarning gomologik ekanligi problemasiga olib keldi.


T.Shvann sitogenez nazariyasida, birinchi bo‘lib to‘qima va organlar hujayralarining 
o‘xshashligini tasdiqlovchi barcha organizmlarning mikroskopik strukturalari 
rivojlanishining umumiy prinsipi topildi, deb hisobladi. Yuqorida ko‘rdikki, 
hujayra strukturalarining umumiylik g‘oyasi bir necha olimlar tomonidan ilgari 
surilgan edi. Lekin, bu fikr aniq shakllanmagan va dalillarga asoslanmagan edi. Bu 
masala Shvann tomonidan a’lo darajada hal kilindi. U 1839 yilda “Hayvon va 
o‘simlik strukturalari va o‘sishining mosligi ustidagi mikroskopik tekshirishlar” 
nomli asarida o‘z nazariyasini bayon qildi. Shvanning hujayra nazariyasining asosiy 
tomonlari quyidagilardan iborat: 1) barcha to‘qimalar hujayralardan tashkil topgan; 
2) ularni paydo bo‘lishi umumiy prinsipda bo‘ladi. Ammo, Shvann Shleydenning 
sitogenezis nazariyasini qabul qildi. Faqat Shvann hujayraning hosil bo‘lishi 
avvaldan mavjud hujayra ichidagina emas, oraliq moddadan ham hosil bo‘lishi 
mumkin deb hisobladi. Shvanning hujayra nazariyasining 3- qoidasi har bir alohida 
hujayraning mustaqil hayot kechira olishidan iborat. Shvann organizmning umumiy 
hayot faoliyati alohida hujayralarning hayot faoliyatining umumiy yig‘indisidan 
iborat, organizmdan ajratib olingan hujayra yashay olmaydi, deb bildi. Shunday 
qilib, Shvanning hujayra nazariyasining uchinchi qoidasini qisqacha “organizmning 
xossalari alohida hujayralar xossalarining arifmetik yig‘indisidan iborat”, deb 
aytish mumkin. Shvann nazariyasi o‘z davrida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi, 
chunki u organizm tuzilishi g‘oyasini asoslangan holda qo‘yabildi va fanga 
“hujayra nazariyasi” atamasini kiritdi. Tez orada, “Hujayra nazariyasi” eng ilg‘or 
g‘oya sifatida ko‘pchilik tomonidan qabul qilindi va yangi izlanishlarga yo‘l ochdi.
Shvanning organizmlarning mikroskopik tuzilishi haqidagi nazariyasini tan olgan 
holda, biologiyaning keyingi rivojiga to‘sqinlik qilgan tomonlari borligini ham 
ko‘rsatish kerak. Birinchidan, Shvann tasavvurida hujayra qobiq bilan o‘ralgan 
pufakcha yoki bo‘shliqligicha qoldi. U hujayra strukturalariga tavsif berar ekan 
asosiy e’tiborni hujayra qobig‘iga qaratdi. Bu bilan Shvann o‘zidan oldingi Meyen, 
Dyutroshe va boshqalarni fikriga qo‘shilgan holda qoldi. Shleydenning sitogenez 
nazariyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgani ham hujayra hosil bo‘lish mexanizmini
to‘g‘ri ochib bermasligiga sabab bo‘ldi. Shvanning organizm hujayralarning o‘ziga 


xos “Davlati” degan fikri ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Hujayraning hosil bo‘lishi va 
sitogenez nazariyasi haqidagi Purkinening shogirdi Gabriel Valentin (1810-1883) 
ishlariga qisqacha to‘xtalamiz. U o‘zining “Odam va hayvon hujayrasi” (1842) 
maqolasida barcha tirik mavjudodlarni, birinchi navbatda o‘simliklar tuzilishining 
asosiy morfologik elementi hujayra ekanligini tan oldi. U hujayra hosil bo‘lishini 
to‘rt xilini farqlaydi. Ulardan uchtasi sitogenez nazariyasining har xil variantlari 
bo‘lib, to‘rtinchisi hujayraning bo‘linish yo‘li bilan hosil bo‘lishidir. Sitogenez 
nazariyasiga oxirgi zarbani mashhur patolog Rudolf Virxov (18211902) berdi. 
Qaerda yangi hujayra paydo bo‘lsa, u yerda albatta hujayraviy to‘qima bo‘ladi. 
Virxov hujayra nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir qildi. U o‘zining 
patologiyaga oid ishlarida hujayra faqat bo‘linish yo‘li bilan ko‘payishini isbotladi.
Uning asosiy asari “Sellyulyar patologiya”(1858), hujayra nazariyasini ko‘rib 
chiqishga bag‘ishlangan. U hujayra eng tuban morfologik element va ularning 
to‘plamidan barcha tirik mavjudodlar hosil bo‘ladi, hujayradan tashqarida haqiqiy 
hayot bo‘lmaydi, deydi. Shunday qilib, Virxov hujayra uchun bir butunlik xos va 
uning hayot faoliyati o‘ziga xos deb, alohida ta’kidlaydi. Virxov fikriga ko‘ra 
hujayrada sodir bo‘ladigan har qanday jarayon fizikkimyoviydir. Hujayra tirik 
birlik bo‘lib, u bir butun bo‘lgandagina shunday bo‘lib qoladi. Bu qarash tubdan 
yangi fikr edi. Hujayra morfologiyasini bayon qilishda hech qanday yangilik 
kiritmadi. Hayvon hujayralari o‘simlik hujayralaridan sellyulozali qobig‘i yo‘qligi 
bilan farqlanishini ko‘rsatib berdi. Virxov hujayralar doimiy strukturalar bo‘lib, 
ular faqat bo‘linish yo‘li bilan hosil bo‘ladi, degan fikrni quyidagicha ifodaladi: “har 
qanday hujayra hujayradan” (Omnis cellula e cellula). Virxov hujayra bo‘linayotgan 
vaqtda yadroni kuzatib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Virxov sitogenez nazariyasini 
yo‘qqa chiqarib, uning o‘rniga hujayraning bo‘linishi, uning yagona ko‘payish usuli 
ekanini isbotlab “Hujayra nazariyasi ” ni mustahkam asosga qo‘ydi. U har bir 
individni o‘ziga xos “jamoaviy tuzilish”dan iborat, u organizmda o‘ziga xos ijtimoiy 
(sotsial) tabiatni shakllantiradi. Organizm hayot faoliyati bir –biriga yaqindan 
bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sonli mustaqil birliklardan iborat. Bunday birliklar 
(hujayralar) mustaqil hayotiy faollikka ega, deb yozadi. Shvanning hujayra 


nazariyasining keyingi rivojlanishi sifatida ko‘ringan Virxovning tasavvurlari 
“hujayralar jamoasi” yoki “hujayra davlati” nazariyasi,degan nomni oldi. Virxov 
shunday qilib, tirikni tuzilishining elementar birligi hujayra ekanini isbotlab berdi. 
Shuning uchun ham hujayra nazariyasini, ba’zan Shvann-Virxov nazariyasi deb 
ham ataladi, bu albatta, haqiqat. Hujayra haqidagi yangi talqinni protsistolog va 
neyrogistolog Maks Shulse (1861) berdi va hayvonlarning barcha organlarini 
hujayraviy tuzilishini umumiy ekanligini asoslashga harakat qildi. Shu yili Venali 
fiziolog va gistolog Ernst Bryukke ham shunga o‘xshash fikrni berdi. Bu ikki 
olimning ishlari fanning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. Shulsening “Muskul 
tanachalari haqida va nimani hujayra deb atamoq kerak” (1864) degan asarida 
hujayraning tuzilishini ta’riflab berdi. Bunga qadarli hujayraning tuzilishini 
muhim xususiyati uning qobig‘ini borligi degan fikr hukum surar edi. Masalan, 
Remak maydalanayotgan tuxum blastomerlarini ham qobig‘i borligini isbotlagan 
edi. Ammo, Shulse e’tiborni ko‘proq yadroga qaratdi. Yadro cho‘ziluvchan, 
yarimsuyuq protoplazma bilan o‘ralgan, uning eng chetki qismi gomogen bo‘lib, 
“hujayra ichida yadro joylashgan protoplazmadan iborat. Barcha hayotiy 
jarayonlarning substrati (joyi) protoplazmadir. Yadro ham hozircha ma’lum 
bo‘lmagan ahamiyatga ega” degan fikrni berdi. Shunday qilib, hujayraga berilgan 
bunday ta’rifdan so‘ng hujayra qobig‘i haqidagi fikrlar orqaga surildi. Shulse 
hujayra qobig‘ining bo‘lishi shart emas, chunki protoplazma yetarli darajada quyuq 
va ilashimli bo‘lgani uchun o‘zini morfologik shaklini saqlay oladi, dedi. Bu bilan u
juda katta hatoga yo‘l qo‘ydi. E.Bryukke o‘zining “Elementar organizm” (1861) 
nomli asarida hujayra murakkab tuzilgan bo‘ladi, u tirik bilan, o‘likni bir-biridan 
farqlantiradi, degan fikrni berdi. Bu uning katta xizmatidir. Bryukke hujayrani 
“elementar organizm” deb atagan bo‘lsa ham, uni hujayra atamasi bilan 
almashtirishni maqsad qilib qo‘ymadi. Uning fikricha protoplazma faqat gomogenga 
o‘xshaydi xolos. Tirik mavjudotda juda ko‘p jarayonlar kuzatiladi. Murakkab 
organizmda turli vazifalarni turli organlar bajargani kabi hujayradagi turli 
strukturalar ham turli vazifalarni bajaradi, hujayra-bu kichkinagina tirik mavjudotdir 
deydi. Bryukkeni protoplazmaning tarkibida mikroskopik strukturalarning bo‘lishi 


haqidagi g‘oyasi keyingi olimlarning 30-40 yil izlanishlari natijasida tasdig‘ini 
topdi. Hozirgi zamon elektronmikroskopik va gistologik texnikani qo‘llanilishi 
protoplazmani Bryukke o‘ylagandan ham murakkab tuzilishga egaligini ko‘rsatdi.
Hujayraning murakkab tuzilgan murakkab organizmga tenglashtirish nuqtai nazar, 
uning o‘rganishga bo‘lgan umumiy qarashni ham o‘zgartirib yubordi. 
Gistologiyaning ma’nosi shu vaqtdan e’tiboran elementar organizm (hujayra)larning 
shakli va vazifasini, shuningdek ularning to‘qima va organlar tarkibida o‘zaro 
aloqalarini o‘rganishga qaratildi. Bu fikr ayniqsa, fransuz gistologi Jan Batist 
Karnua (1836-1899) tomonidan aniq shakllandi. U fanga “hujayra biologiyasi” 
tushunchasini kiritdi va 1884 yilda bosilib chiqqan kitobini ham “hujayra 
biologiyasi” deb atadi. U G.Treviaratus (1802) va J.B. Lamark tomonidan fanga 
kiritilgan “biologiya” so‘zi hayotni o‘rganish ma’nosini beradi, chunki hujayra tirik 
elementar organizm bo‘lgani uchun uning biologiyasini o‘rganish kerak, deb 
ko‘rsatdi. Karnua o‘sha zamonda to‘plangan faktik materiallarga asoslanib, 
hujayra biologiyasining uch yo‘nalishini aniqlab berdi: 1) umumiy qonuniyatlarni 
aniqlab beruvchi-umumiy hujayra biologiyasi; 2) biror guruh organizm hujayralarini 
qiyosiy o‘rganuvchi-qiyosiy hujayra biologiyasi; 3) birorta organizm to‘qima va 
organlari tarkibiga kiruvchi hujayralarni o‘rganuvchi-xususiy hujayra biologiyasi. 
Shunday qilib, har qanday fanning xarakterlaydigan uchta asosiy belgitekshirish 
ob’ekti, vazifasi va uslubiga ega bo‘lgan sitologiya mustaqil fan bo‘lib shakllandi.
Hujayra nazariyasining hozirgi holati Hujayra nazariyasining asosiy tomonlari 
quyidagilardan iborat: 1) hujayra tirik materiya taraqqiyotining muhim bosqichidir; 
2) hujayra barcha tirik organizmlar tuzilishining elementar birligi, aniqrog‘i, to‘liq 
qimmatli elementar tirik sistemadir; 3) hujayra faqat morfologik emas, balki 
fiziologik tuzilish birlik hamdir; 4) barcha hujayralar gomologikdir; 5) ko‘p 
hujayralilarni filogenetik,shuningdek ontogenetik kelib chiqishi hujayralarning 
fiziologik faolligi va genetik imkoniyatlarini chegaralash bilan yuz beradi. 
Boshqacha qilib aytganda, hujayralar gomologik strukturalar bo‘lib qolgan holda, 
ular bir-birlariga analog bo‘lmay qoladilar. Ko‘p hujayrali organizmning tanasini 
shakllanishi albatta, uning tashkil qiluvchi hujayralarning determinatsiyalanuvi, 


ixtisoslashuvi va mutaxasislashuvi bilan yuz beradi, bu esa ularning xossalarida ham 
o‘z aksini topadi; 6) har qanday hujayra o‘ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega va 
ma’lum doiradagi vazifalarni bajara oladi. Muhimi shuki, ixtisoslanish oxiri to‘liq 
hayotiy xususiyatlarni chegaralanishiga olib keladi;
7) ontogenezni birin-ketin keladigan ixtisoslashuv va differensiatsiya jarayonlari, 
deb qarash kerak, bunda hujayra elementlarining soni ortib borib gistosistemani 
hosil qiladi; 8) hech bir hujayrani u yashayotgan muhitdan ajralgan holda qarash 
mumkin emas. Bu astalik bilan shakllanayotgan ma’lum arxitektonikaga
(strukturaga) ega bo‘lgan hujayra sistemasidir. Bu hujayra nazariyasining eng 
muhim tomonlaridan biridir; 9) bu sistemalilik avvalom bor, uni tashkil qilgan 
hujayra elementlarining xossalarida ko‘rinadi. Ular, ham morfologik, ham fiziologik
jihatdan o‘zlarining individualligini sezilarli darajada yo‘qotadi, ya’ni hujayralar 
mustaqil hayot faoliyatga qobiliyatini yo‘qotadi. Bu hodisa hujayra integratsiyasi 
deyiladi; 10) tizimlilik (sistemalilik) tushunchasisiz organizm haqida tasavvur
hosil qilish mumkin emas. Har bir tizim hosil bo‘lish bosqichi yangi sifat hosil 
qilish ehtiyoji bilan yuzaga keladi. Ko‘p hujayrali organizm xususiyati shu bilan 
xarakterlanadi. Organizm tarkibida tizimlilik tushunchasisiz bir butun organizmning 
mustaqil tuzilish birligi bo‘lgan hujayra haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib 
bo‘lmaydi. Binobarin, hujayraning barcha hayotiy faoliyati o‘zining shaxsiy 
xususiyatlari va o‘zidan yuqori turgan tizim xususiyatlari bilan belgilanadi.
Shunday qilib, organizm bir-biriga bog‘liq tizimlarning o‘ziga xos majmuasidan 
iboratdir. Birinchi elementar biologik sistema-hujayradir, oxirgisi eng oliy 
sistemaorganizmdir. Hayot muammosi-bu tashkil bo‘lish muammosidir. U turli 
murakkablikdagi sistemalar bilan xarakterlandi.

Download 263.93 Kb.
1   2




Download 263.93 Kb.
Pdf ko'rish