• Takrorlagichlar (repitor )
  • Marshrutlovchilar (router)
  • Shlyuzlar (gateway)
  • Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar .
  • 3.Internetga bog‘lanish turlari.
  • 1-Mavzu: Tarmoq uskunalarining turli ko‘rinishi. Simli va simsiz tarmoq uskunalari reja




    Download 223,97 Kb.
    bet1/4
    Sana03.02.2024
    Hajmi223,97 Kb.
    #151089
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Tarmoq yo‘naltirgichlari


    1-Mavzu: Tarmoq uskunalarining turli ko‘rinishi. Simli va simsiz tarmoq uskunalari
    REJA:

    1. Tarmoq uskunalari

    2. Simli va simsiz tarmoq uskunalari

    3. Uskunalarining ishlash prinsipi.

    Tarmoqlarni bir biri bilan o‘zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan takrorlagichlar, ko‘priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.


    Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir.
    Ko‘priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoklar urtasidagi grafikni rostlaydi.
    Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida tavsiflanadi va o‘zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‘lanmagan tarmoqlarning ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo‘lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo‘yicha axborotni uzatadi.
    Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi.
    Ko‘priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog‘ida bu, odatta, dastur ta’minotli va qo‘shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHM dir.

    Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo‘yiladigan talablar. Novell Net Ware LHT ning asosiy bo‘g‘ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi, ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi. Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‘lishi kerak, chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga bog‘liqdir.


    Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‘imi 16-32 Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuter bo‘lishi kerak.
    Fayl-server vinchesterining sig‘imi 1200-3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.
    Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo‘qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‘rish kerak.
    Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ishchi stansiya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 8-16 Mbayt sig‘imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‘imli vinchester to‘la qondiradi.

    Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday stansiyalardagi operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‘rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyati inkor qilinadi.


    Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli kit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
    Internet o‘zi nima? Internet – bu jaxon tarmoklari majmuidir. Uning juda ham ko‘p imkoniyatlari mavjud.
    Internet (Internatsional Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i) – butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir.
    3.Internetga bog‘lanish turlari.
    Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Ushbu bo‘limda internetga ulanish usullari ko‘riladi.
    Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‘p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yuli bor. Kommutatsiya qilinuvchi kanalga terminal kirish va internet qaydnomasiga kommutatsiya orqali kirish.
    Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go‘yoki terminaldek (ma’lumotni komputerga kirituvchi kurilma) bo‘lib, uzoqdagi kompyuter (internet orkali ulangan) bo‘lsa, sizning kompyuteringizday bo‘ladi. Internet qaydnomasiga qo‘shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internet ga ulanishning ikala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi.
    Terminal kirishda foydalanuvchi o‘z kompyuteridagi modem va kommunikatsiya dasturlari yordamida o‘z provayderiga uy telefonidan qo‘ngiroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‘ng u bilan ulanadi. Bu holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi komyuter bilan bog‘lanib, o‘z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so‘ng undan dunyo bo‘ylab sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha sayohat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.


    Download 223,97 Kb.
      1   2   3   4




    Download 223,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Tarmoq uskunalarining turli ko‘rinishi. Simli va simsiz tarmoq uskunalari reja

    Download 223,97 Kb.