1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana12.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#58864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI



1-mavzu. TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY 
QISMLARI. ICHKI YONUV DVIGATELLARI. DVIGATEL MEXANIZM VA 
TIZIMLARI
 
Reja: 
1. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning ahamiyati va rivojlantirish 
istiqbollari. Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash 
jarayoni; 
2. Traktorlarning tasniflanishi va texnik ko‘rsatkichlari; Traktorlarni qishlq 
xo‘jaligida qo‘llanishi. 
3. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni; 
4. Dvigatelning asosiy mexanizm va tizimlari; Dvigatellarning tasniflanishi. 
 
 
Tayanch iboralar: 
traktor, ichki yonuv dvigateli, transmissiya, yurish qismi, 
boshqarish mexanizmi, ishchi jihozlari, g’ildirakli va zanjirli traktor, traktor turlari, 
krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, dvigatel tizimlari, ish 
jarayoni, dvigatel turlari. 
 
1.Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning ahamiyati va rivojlantirish 
istiqbollari. Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi, tuzilishi va 
ishlash jarayoni 
 
Qishloq xo’jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga sanoat uchun ham xom-
ashyo ishlab chiqaradi. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va yig’ishtirib olishda 
bir nechta texnologik jarayonlar (ishlar) qo’l mehnati, mashina va mexanizmlar 
hamda avtomatik vositalar yordamida bajarilishi mumkin. 
Qo’l mehnati bu dehqonchilikda bajariladigan ishlarning kishilar mehnati orqali 
bajarilishidir.
Mexanizatsiyalashgan ishlar bu dehqonchilikda bajariladigan ishlar mashina va 
mexanizmlar yordamida bajarilishidir. Bunda inson mehnatidan texnikalarni 
boshqarishda foydalaniladi. 
Avtomatlashtirilgan ishlar bu dehqonchilikda bajariladigan ishlar avtomatik 
qurilmalar yordamida nazorat qilinishi va bajarilishidir.
Bugungi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo’l 
mehnatidan voz kechilishiga o’tilmoqda. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va 
yig’ishtirib olishda qo’l mehnatidan mexanizatsiyalashgan ishlarga o’tishda kishilar 
mehnatidan texnikalarni boshqarishda foydalanilgan. 1 kishi juda qattiq harakat qilsa
1 kunda 10 sotixgacha maydonni ag’darishi mumkin. Agarda yuqori unumli traktorga 
plugni agregatlab ishlatilsa 1 nafar mexanizator lalmikor maydonlarda 20…30 gektar 
yerni shudgor qilishi mumkin. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda 
mexanizatsiya vositalaridan foydalanish texnologik jarayonlarni (agrotexnik 
tadbirlarni) qisqa muddatlarda sifatli bajarish imkoniyatini beradi. Natijada ma’lum 
ekin maydonlaridan yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi. Dala sharoitlarida 


hamma vaqt ham insonning qo’l mehnati qilishi uchun sharoit yetarli bo’lmaydi. 
Dunyoda aholi sonining ko’payishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini 
oshishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun yer tabiiy resurslaridan, yangi tejamkor 
texnologiyalardan va serunum zamonaviy traktor va qishloq xo’jalik texnikalaridan 
foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligi masalasini yechish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish istiqbollari. Qishloq xo’jaligi rivojlangan 
mamlakatlarda barcha texnologik jarayonlarni nafaqat mexanizasiyalashtirish, balki 
avtomatlashtirish ham amalga oshirilmoqda. Hattoki, sanoatlashgan va to’liq 
avtomatlashgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish tizimi yo’lga 
qo’yilmoqda.
Respublikamizda ham paxta yetishtirish va yig’ishtirib olishda ayrim paxta 
to’qimachilik klasterlarida mexanizatsiya vositalaridan foydalanish 85-90% gacha 
chiqmoqda. Hattoki ayrim issiqxonalarda qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va 
yig’ishtirib olish jarayonlari 100% mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. 
Demak, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va yetishtiriladigan mahsulotlar 
tannarxini kamaytirish mexanizasiyalash va avtomatlashtirish tizimini yanada 
rivojlantirishni taqoza etadi. 

Download 0.73 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari

Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish