• 1.9-rasm. To‘rt taktli dvigatellarning ishlash sxemasi
  • 1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.73 Mb.
    #58864
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI

    O‘t oldirish tizimi – benzinli, gazli dvigatellarda silindr ichidagi ishchi 
    aralashmani yoqish uchun ishlatiladi.
    Yurgazib yuborish tizimi – dvigatel ishlamay (turg‘un holatda) turganda, 
    tirsakli valni aylantirish hisobiga silindrdagi ishchi siklni boshlanishini 
    ta’minlavchi tizimdir. 
     
    Dvigatellarning tasniflanishi 
    1. Ichki yonuv dvigatellari quyidagi turlarga bo‘linadi. 
    2. O‘rnatilishiga qarab - ko‘chma va muqim o‘rnatilgan; 
    3. Ishchi aralashmasini hosil qilishga qarab – aralashmani silindrdan 
    tashqarida (benzinli va gazli) va silindr ichida (dizelli) hosil qilish; 


    12 
    4. Ishchi aralashmani yoqish usuliga qarab – elektr uchquni yordamida 
    (benzinli, gazli) va havoni yuqori bosimda siqish (dizelli) yordamida; 
    5. Qo‘llanadigan yoqilg‘i turiga qarab – benzin, gaz va dizel yoqilg‘isi bilan 
    ishlaydigan; 
    6. Silindrlar soniga qarab - bir, ikki va hakozo silindrli;
    7. Silindrlarni joylashishiga qarab – vertikal (tik), gorizontal (yotiq) va 
    burchak ostida o‘rnatilgan; 
    8. Aralashmani silindrga to‘ldirish usuliga qarab - oddiy (porshen yordamida), 
    qo‘shimcha kuch ostida to‘ldirish (kompressor yordamida)
    9. Sovutish usuliga qarab - suyuqlik va havo yordamida sovutiladigan turlarga 
    bo‘linadi. 
    1.9-rasm. To‘rt taktli dvigatellarning ishlash sxemasi:  
    Yengil, kam va o‘rta yuk ko‘taradigan avtomobillarda ko‘p silindrli 
    karbyuratorli dvigatellar qo‘llaniladi. Bu dvigatellarda aralashma siliindr 
    tashqarisida (karbyuratorda) hosil etiladi va elektr uchquni bilan yondiriladi. Ish 
    sikli porshenning nechta yo‘lida bajarilishiga qarab to‘rt taktli va ikki taktli 
    dvigatellarga bo‘linadi. Dvigatellarda tirsakli val aylantirilsa, porshen silindr ichida 
    ilgarilanib qaytib to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Porshenning tirsakli val o‘qidan 
    eng uzoqlashgan nuqtasi yuqorigi chekka nuqta (YU. CH. N) deb ataladi. 
    Porshenning val o‘qiga eng yaqinlashgan nuqtasi pastgi chekka nuqta (P. CH. N) 
    deb ataladi.
    Chekka nuqtalar orasidagi masofa porshen yo‘li (S) deb ataladi. Porshenning 
    har yo‘li ichida bajariladigan jarayon takt deb ataladi. YU. CH. N. da turgan 
    porshenning tepasida hosil bo‘ladigan hajm siqish kamerasining hajmi (Vs) 
    deyiladi.
    Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. gacha harakat etib bo‘shatadigan hajmi 
    silindrning ish hajmi (V
    h
    ) deyiladi. V
    h = 
    (
    
    D
    2
    /4)

    (S/1000), (l) 
    bunda: D- silindr diametri (mm); S- porshen yo‘li (mm).
    Dvigatel silindrlari ish hajmini silindrlar soniga ko‘paytmasi dvigatelning 
    litraji (V
    l
    ) deb ataladi. V
    l = 
    (
    
    D
    2
    /4)

    (S/1000)

    i q V
    h

    i , (l) 


    13 
    P. CH. N da turgan porshen tubining tepasidagi hajmi silindrning to‘la hajmi 
    deb ataladi. V
    a =
    V
    h
    + V
    c
    Silindr to‘la hajmining siqish kamerasining hajmiga nisbati dvigatelning 
    siqish darajasi (E) deyiladi.
    E = V
    a
    /V
    c
    = (V
    h +
    V
    c
    )/V
    c
    = V
    h
    /V
    c
    = 1 ; E
    kar =
    6 . . . 10; E
    diz = 
    13 . . . 20 
    Dvigatellar ishlayotgan vaqtda uning silindrlarida doimiy takrorlanadigan 
    kompleks ketma-ket jarayonlar (kiritish, siqish, ish bajarish, chiqarish) sodir 
    bo‘ladi. Shu jarayonlar ma’lum tartibda takrorlana beradi. Silindrlarda 
    takrorlanadigan barcha jarayonlar dvigatelning ish jarayoni yoki ish sikli deb 
    ataladi.
    6
    I.Kiritish takti.Kiritish klapanlari ochiq, chiqarish klapanlari yopiq xolatda 
    bo‘ladi. Porshen YU. CH. N. dan P. CH. N. tomonga tirsakli valning xisobiga 
    harakatlanib, silindrlarda siyraklanish hosil qiladi. Silindrga toza havo(dizel 
    dvigatellarda) yoki xavo bilan yonilg‘i aralashmasi(karbyuratorli dvigatellarda) 
    to‘ldiriladi. Kiritish taktida bosim 0,08-0,09 mPa, harorat 300-340 K bo‘ladi. (K-
    kelvin). 
    II. Siqish takti.Ikkala klapan yopiq bo‘lganligi sababli silindrlarda havo 
    siqiladi. Bosim 3,5 . . . 4,0 MPa harorat 780-900 K gacha ko‘tariladi. Siqish 
    taktining oxirida forsunkadan yuqori bosim bilan yonilg‘i purkaladi. Aralashma 
    hosil bo‘lib, qizigan havo haroratidan alangalanadi. Gaz bosimi 5,5. . . 9,0 MPa
    gacha, harorat 1900. . . 2400 K gacha ko‘tariladi.
    III. Ish yo‘li takti.Dizellarda siqish taktida aralashma yonib tugamasdan ish 
    yo‘li taktida ham, yonishda bir oz davom etadi. Ish yo‘li taktining oxirida 
    silindrlardagi bosim 0,2. . . 0,3 MPa, harorat esa 900. . . 1200 K gacha pasayadi.
    IV. CHiqarish takti.Bu taktda yonib bo‘lgan ish aralashma silindrdan 
    chiqarib yuboriladi. CHiqarilgan gazlarning bosimi takt oxirida 0,11-0,12 MPa,
    harorat 650... 900 K atrofida bo‘ladi.

    Download 0.73 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari

    Download 0.73 Mb.
    Pdf ko'rish