Silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 1




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana12.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#58864
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1 mavzu TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNING TASNIFI VA ASOSIY QISMLARI ICHKI

Silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 1 
silindrli 2 taktli karbyuratorli dvigatelining ishlash prinsipi 
Karbyuratorli, injektorli va dizel dvigatellarning ish jarayonida porshen ish 
yo‘li taktida gazlar bosimi ta’siridan siljib tirsakli valni aylantiradi. Kiritish, siqish 
va chiqarish taktlarida esa porshenni maxovikning kinetik energiyasi hisobiga 
aylanuvchi tirsakli val harakatlantiradi.
Ikki taktli dvigatelda kiritish va chiqarish klapanlari yo‘q. YOnuvchi 
aralashmani kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchta teshik orqali porshen 
yordamida bajariladi.
Porshen silindr ichida yuqoriga harakatlanganda krivoshipli kamerada 
siyraklik hosil bo‘ladi. Porshen karbyuratorga tutashtirilgan kiritish tuynugini 
ochganda krivoshipli kameraga yonuvchi aralashma kiradi.
6
Farm Power and Machinery Management” eleventh edition, Donnel Hunt, David Wilson . USA, 2016, University 
of Illinois, Urbana-Champaign. 


14 
Porshen pastga harakatlanganda yonuvchi aralashma dastlab qisiladi. 
Porshen pastgi qo‘zg‘almas nuqtaga yaqinlashganda puflash kanalining tuynugini 
ochib, krivoship kamerani krivoship ichidagi (porshen ustidagi) bo‘shliqga 
tutashtiradi.
Oldindan siqilgan yonuvchi aralashma krivoship kamerasidan puflash kanali 
orqali silindrga kiradi va porshen yuqoriga qo‘zg‘almas nuqtaga harakatlanganda 
siqiladi.
Porshen yuqoriga qo‘zg‘almas nuqtaga yaqinlashganda o‘t oldirish 
svechasining yordamida ish aralashmasi alangalanadi. Porshen kengayuvchi gazlar 
bosimi ta’sirida pastga harakatlanib, ish yo‘lini bajaradi va ayni vaqtda krivoship 
kameradagi yonuvchi aralashmani siqadi. Bu vaqtda ishlatilgan gazlar bosim ostida 
chiqarish trubasi orqali tashqariga chiqariladi. Krivoship kamerada siqilgan 
aralashmaning bosimi silindrdagi gazlar bosimidan ortiq bo‘lgani uchun ishlatilgan 
gazlar puflab chiqariladi va silindr aralashma bilan to‘ldiriladi so‘ngra porshen 
YU. CH. N ga harakat etib jarayon takrorlanadi.
Bir silindrli dvigatel katta quvvat hosil qilmaydi. Bunda katta quvvat hosil 
etish uchun silindr diametrini oshirish, muvozanatlashtirish mexanizmi o‘rnatilishi 
zarur. YUqorida qayd qilingan kamchiliklari tufayli 1 silindrli dvigatellar juda kam 
qo‘llaniladi. Silindrlar soni ko‘payishi bilan dvigatel barqaror va puxta ishlaydi. 
SHu sababli zamonaviy traktor va avtomobillarga 4, 6, 8 va 12 silindrli dvigatellar 
o‘rnatiladi.

Download 0.73 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Silindrli 4 taktli karbyurator va dizel dvigatellarining ishlash prinsipi. 1

Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish