|
O’zbekiston turizmida xususiy sektorlarning roli
|
bet | 47/69 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 278,35 Kb. | | #152731 |
Bog'liq 1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni Reja5. O’zbekiston turizmida xususiy sektorlarning roli
Ma’lumki, O’zbekistonda 1994 yilga kelib xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Bu jarayon ancha kech boshlanganligi tufayli, hozirgi kunda O’zbekistonda boshqa mamlakatlarga qaraganda turizmni rivojlantirishda xususiy sektorning o’rni sezilarli darajada emas. SHuning uchun ham O’zbekiston hukumati yangi tashkil etilgan madaniyat, turizm va sport departamenti orqali turizm sanoatining har bir darajasidagi xususiy sektor korxonalarining rivojlanishini har jihatdan qo’llab-quvvatlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Jahon tajribasida kichik va o’rta korxonalarni rag’barlantirish va qo’llab-quvvatlash usullarining keng doirasi ishlab chiqilgan bo’lib, bunday yondashuvlarni O’zbekistonda ham faol ravishda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Harakatlar dasturi bu usullarni to’liq ifodalab bera oladi, biroq turizm infratuzilmasini jahon andozalariga mos ravishda qayta isloh etish uchun naqd kafolat, subsidiyalangan qarz va soliq imtiyozlari ko’rinishdagi hukumat tomonidan qo’llab-quvvatlanish talab qilinadi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin O’zbekistonda turizmni rivojlanishi va xususiy sektorning kengayishi natijasida xususiy sektor milliy turistik tashkilotlar tomonidan ko’ratilayotgan xizmatlarda o’z ulushiga ega bo’lishi mumkin. Ko’plab yevropa mamlakatlarida xususiy sektor milliy turistik tashkilotlarning operatsion byudjetga tushadigan naqd pul tushumlarini 20 foizdan 40 foizgacha bo’lgan miqdorini beradi. Xususiy sektor reklama kampaniyalari, seminarlar va ko’rgazmalarda ishtirok etish uchun, reklama va marketing ma’lumotlariga kiritilishi uchun, reklama broshyuralari uchun va boshqa shu kabilar uchun pul mablag’lari to’laydi. Masalan, Finlyandiya va Irlandiya kabi uncha katta bo’lmagan mamlakatlarda marketing byudjetidagi xususiy sektorning yillik ulushi 5 mln dollardan 10 mln dollargachani tashkil etadi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng O’zbekistonda ham rivojlangan xususiy turistik sektordan ma’lum tushumlarning kelishini ko’tish mumkin. O’zbekiston turizmida xususiy mulkchilikni rivojlantirish orqali raqobat kurashini qaror toptirish mamlakatda mavjud imkoniyatlardan to’laroq foydalanishni talab etadi. Ma’lumki, hozirgi kunda Respublikamizda talaygina xususiy turistik tashkilotlar faoliyat ko’rsatayapti. Ular faoliyatida marketingni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |