|
1-Mavzu: Windows operatsion sistemasi. Zamonaviy Windows dasturlari muhitida ishlash
|
bet | 10/11 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #134992 |
Bog'liq 1-darsZakrepit panel zadach – masalalar panelini “qulflab” qo’yish;
Avtomaticheski skrыvat panel zadach – masalalar panelini berkitish;
Otobrajat panel zadach poverx ostalnыx okon – masalalar paneli boshqa oynalarning ustida ko’rinadi;
Gruppirovat sxodnыe knopki paneli zadach – bir hil dasturning tugmalarini guruhlaydi;
Otobrajat panel bыstrogo zapuska – dasturlarni tez ishga tushiruvchi panelni chiqarish;
Otobrajat chasы – qaydlar sohasida soatni ko’rsatish;
Skrыvat neispolzuemыe znachki – qaydlar sohasidagi ishlatilmayotgan belgilarni berkitish.
Nastroit – tugmasi esa qaydlar sohasida chiqishi mumkin bo’lgan belgilarni qanday chiqishi yoki chiqmasligini belgilab qo’yish mumkin (1.10 – rasm).
Shu bandlarning oldida belgi bo’lsa, shu band ishlayotgan bo’ladi. [A-1.129 p]
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar menyu bandi davomida uch nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
– agar menyu bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;
– agar menyu bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
– agar menyu bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– menyu bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin;
– agar menyu bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.
Mustahkamlash uchun savollar.
Kompyuter ishga tushganda ekran nimalarga bo’linadi? Ish stoli va masalalar panelidan nima maqsadda foydalaniladi?
Belgi va yarliklar nima?
Dasturni ishga tushirishning qanday usullarini bilasiz?
Dastur oynasini kattalashtirish va kichiklashtirish yo’llarini aytib bering.
Dasturning ishini tugatish uchun nimalar qilish kerak?
|
| |