|
1-Mavzu: Windows operatsion sistemasi. Zamonaviy Windows dasturlari muhitida ishlash
|
bet | 2/11 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #134992 |
Bog'liq 1-darsBajariladigan ish
|
Qanday bajariladi
|
Obekt (yarlik, fayl va hokazo)ni belgilash yoki tanlash
|
Sichqoncha obekt ustiga olib kelinib, bir marta asosiy tugmasi (odatda sichqonchaning chap tugmasi) bosiladi
|
Obektni ishga tushirish
|
Sichqoncha obekt ustiga olib kelinib, ikki marta tez asosiy tugmasi bosiladi
|
Obektning joyini o’zgartirish
|
Sichqonchani obekt ustiga olib kelib, asosiy tugma bosiladi va sichqoncha harakatlantiriladi. Kerakli joyga kelganda esa sichqonchaning asosiy tugmasi qo’yib yuboriladi
|
Obekt ustida bajarish mumkin bo’lgan buyruqlarni chiqarish (kontekst menyuni ishga ushirish)
|
Sichqoncha obekt ustiga olib kelinib, uning yordamchi tugmasi (odatda sichqonchaning o’ng tugmasi) bosiladi. Chiqqan kontekst menyudan kerakli buyruq sichqoncha bilan tanlanib, asosiy tugmasi bosiladi
|
|
Keling quyidagi mashqlarni bajarib, sichqoncha bilan ishlash malakamizni mustahkamlaymiz.
Sichqonchani Korzina belgisining ustiga olib keling;
Korzina belgisini belgilang, ya’ni sichqonchaning asosiy tugmasini bir marta bosing;
Korzina belgisini ekranning o’rtasiga olib keling, ya’ni sichqonchaning asosiy tugmasini bosib, uni harakatlantiring va ekranni o’rtasida sichqonchaning asosiy tugmasini qo’yib yuboring;
Korzina belgisini yana joyiga qaytaring;
Korzina belgisining ustiga sichqonchani olib boring va yordamchi tugmasini bosing. Natijada kontekst menyu ochiladi;
Kontekst menyudan Otkrыt bandini tanlang;
Ish stolining o’rtasida Korzina dasturining oynasi va masalalar panelida Korzina tugmasi paydo bo’ldi;
Klaviaturadan bir vaqtning o’zida Alt va F4 (Alt+F4) tugmalarini yoki oynaning yuqori o’ng qismidagi tugmani bosing. Dasturning ishi tugatildi;
|
| |