|
1-Mavzu: Windows operatsion sistemasi. Zamonaviy Windows dasturlari muhitida ishlash
|
bet | 9/11 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #134992 |
Bog'liq 1-darsPusk tugmasidan Moi dokumenы, Moi risunki, Moya muzыka papkalarini ishga tushiring;
Uchta dasturning tugmalari masalalar panelida hosil bo’ldi. Ularni har birini bosib, oynalarni faollashtiring;
Kalkulyator dasturini ishga tushiring;
Kalkulyatorni ish stolining o’rtasiga olib keling va Moya muzыka tugmasini masalalar panelidan bosing (e’tibor bergan bo’lsangiz, faollashgan oyna ko’rinyapti, qolganlari uning orqa tomoniga o’tib qoldi);
Masalalar paneli taxminan quyidagi ko’rinishda (1.8 – rasm):
Masalalar panelining ustiga sichqonchani olib keling va yordamchi tugmasini bosing;
Chiqqan menyudan Paneli instrumentov Bыstrыy zapusk bandlarini bosing;
Masalalar panelining chap tarafida, Pusk tugmasining yonida dasturlarni tez ishga tushiruvchi panel paydo bo’ldi. U yerdan Cvernut vse okna tugmasini bosing;
Ish stoli ko’rindi;
Masalalar panelidagi har bir dastur tugmasining ustiga sichqonchani olib keling va o’ng tugmasini bosib, Zakrыt bandini tanlang;
Masalalar panelining ustiga sichqonchani olib keling va asosiy tugmasini bosib turib, uni ekranning chap tomoniga olib boring;
Ekranning chap tarafida konturli chiziq paydo bo’lganda, sichqonchani qo’yib yuboring (Agar konturli chiziq paydo bo’lmayotgan bo’lsa, masalalar paneli “qulf”langan bo’ladi. “Qulfni ochish” uchun masalalar paneli ustida sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va u yerdan Zakrepit panel zadach bandini tanlang);
Masalalar paneli ekranning chap tarafiga o’tib qoldi. Endi sichqonchani masalalar panelining chegarasiga olib keling va uning ko’rinishi bo’lganda, sichqonchani bosib, ekranning yarimiga olib boring;
Masalalar panelini joyini va kattaligini o’zgartirishni o’rganib oldik hamda dasturlarni qanday qilib tez faollashtirishni ham bilib oldik. 13 va 14 bandlardan foydalanib, masalalar panelini asl holatiga qaytaring;
Masalalar panelini “qulflab” qo’ying. Buning uchun 13 banddan foydalaning;
Masalalar panelining ustida sichqonchaning yordamchi tugmasini bosing va chiqqan menyudan Svoystva bandini tanlang (1.9 – rasm). Ochilgan oynaning bandlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
|
| |